2- ma’ruza: Atom emissiya spektrometriyasi. Atomlanish va qo'zg'alish manbalari. Sifat va miqdoriy tahlil



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/10
tarix15.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#84460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-маъруза АОУ.

Elektr yoyi. AES da o’zgaruvchan va doimiy tokning yoy razryadi ishlatiladi. Yuqori zichlikka ega bo’lgan tok kuchi va va past kuchlanish orqali ikkita elektrod orasida yoy razryadi hosil qilish mumkin. Bu holda elektrodlar orasidagi kuchlanish 50 V gacha, tok kuchi esa 2-30 A gacha boradi. Elektrodlarning biri namuna ikkinchisi esa ko’pincha toza grafit bo’ladi. Pastki elektrodning o’rtasi o’yilib unga namuna joylashtiriladi. Shuning uchun, yoy razryadi qattiq namunalarni analiz qilish uchun juda qulaydir. Eritmalarni analiz qilish uchun odatda, eritma kukunsimon modda bilan birga bug’lantirilib namuna tayyorlanadi va pastki elektrodning chuqurcha qilib o’yilgan joyiga qo’yiladi. Agar, analiz qilinadigan namuna metall (qotishma) bo’lsa, uning o’zi pastki elektrod rolini bajaradi

Yoy razryadining temperaturasi 3000 - 7000 0S gacha bo’ladi. Bunday temperaturalar ko’pchilik elementlarni samarali atomlash va qo’zg’atish uchun yetarlidir (galogenlar kabi qiyin qo’zg’atiladigan metallmaslardan tashqari). Ko’pchilik elementlar uchun yoy razryadi orqali aniqlash chegarasi 10-4 - 10-2 % mass.ni tashkil qiladi. O’zgaruvchan tok yoyida temperatura doimiy tok yoyinikiga qaraganda balandroq bo’ladi.


Yoy atomizatorlari (ayniqsa doimiy tokniki) ish maromining turg’unligi, alanganikiga qaraganda past bo’ladi. Shuning uchun, tajriba natijalarining takrorlanishi katta emas ( ). Lekin, yarim miqdoriy aniqlashlar uchun bunday takrorlanish yetarlidir. Yoy atomizatorlari qo’llaniladigan muhim sohalardan biri ko’rish uchun imkon beradigan spektr asosida sifat analizi o’tkazishdir. Bu ish uchun, yoy atomizatori eng yaxshi xarakteristikalarga ega.
Elektr uchquni. Uchqun atomizatorlari xuddi yoy atomizatorlari kabi tuzilgan. Uchqun razryadi elektrodlar orasida yuqori kuchlanish hosil qilib olinadi. Odatda, spektr asboblarida, uchqun va yoy razryadlarini hosil qilish uchun bitta qurilma (generator) ishlatiladi, u yoki bu razryadni yoqish elektr zanjiri ulanishini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Uchqun atomizatori ham xuddi yoynikidek, birinchi navbatda qattiq jismlarni qo’zg’atish uchun mo’ljallangan. Uchqun atomizatorining xarakterli tomoni shuki, undagi zarrachalar orasida termodinamik turg’unlik bo’lmaydi. Shuning uchun, uchqun razryadining aniq temperaturasi haqida gapirish qiyinroqdir. Odatda, atomlarning effektiv temperaturasi 10000 0S gacha boradi. Bunday temperaturalar hatto, eng qiyin qo’zg’atiladigan elementlarni (galogenlarni) qo’zg’atish uchun uchun ham yetarlidir.
Uchqun razryadi bilan ishlaganda elektrodlarning biri analiz qilinayotgan namuna ikkinchisi esa odatda volframdan tayyorlanadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin