Global tarmoqlar
Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan
kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area
Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan
telefon tarmoqlaridan ko‟p xususiyatlarga ega edi. Katta masofalarga yuqori sifatli
aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global
tarmoqlarda ko‟pincha avval boshqa maqsadlar uchun qurilgan aloqa kanallaridan
foydalanilgan. Masalan, ko‟p yillar davomida global tarmoqlar vaqtning har
momentida faqat bitta analog shakldagi so‟zlashuvchi uzatishga qodir bo‟lgan
tonal chastota kanallari asosida qurilgan. Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi
ko‟p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog‟liq bo‟ldi. 60-yillar oxiridan
telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko‟rinishda uzatish keyinchalik ATS va
foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o‟nlab va yuzlab so‟zlashuvlarni uzata
oluvchi yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo‟lishiga olib kelgan. Birlamchi,
ya‟ni asos tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital
Hierarchy, PDH), ishlab chiqildi. Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda
ishlagan. Lekin 80-yillarda sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital
Hierarchy, SDH) paydo bo‟ldi va raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s
tezlikkacha kengaytirdi, spectral multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave
Division Multiplexing, DWDM) esa – yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha
terabitgacha.
Hozirda global tarmoqlar ko‟rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati
bo‟yicha ancha keyin yaralgan bo‟lsada bu borada uzoq vaqt peshqadam bo‟lgan
lokal tarmoqlar bilan raqobalasha oladilar.
Lokal tarmoqlar
Lokal tarmoqlar (Local Area Networks, LAN) – katta bo‟lmagan hududda,
odatda 1-2 km radius atrofida, joylashgan kompyuterlar birlashmasidir. Umumiy
olganda lokal tarmoq bir tashkilotga tegishli bo‟lgan kommunikatsiya tizimidir.
Hisoblash texnikasi foydalanuvchilarining ehtiyojlari ortib bordi. Ularni endi
o‟z kompyuterlarida boshqalardan uzilgan holda ishlash qoniqtirmay qoldi, ular
boshqa bo‟limdagi foydalanuvchilar bilan avtomat rejimda kompyuter
ma‟lumotlarini almashishni istashardi. Shunday qilib tashkilotning ichki lokal
tarmoqlari vujudga keldi.
Avvaliga kompyuterlar bir-biri bilan standart bo‟lmagan dasturiy-apparat
vositalari yordamida ulangan. Aloqa liniyasida o‟z ma‟lumotni taqdim etish usuli,
o‟ziga xos kabeldan foydalaniluvchi turli xildagi ulash qurilmalari faqatgina qaysi
modeldagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan bo‟lsa, shu turdagi
kompyuterlarni ulashi mumkin bo‟lgan, masalan PDP-11 mini-kompyuterini IBM
360 meynfreymi bilan yoki "NAIRI" kompyuterlarini "DNEPR"kompyuterlari
bilan.
80-yillar o‟rtalarida lokal tarmoqlardagi holat keskin o‟zgara boshladi.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirishning standart texnologiyalari tasdiqlandi -
Ethernet, Arcnet, Token Ring, Token Bus, biroz keyinroq esa - FDDI. Ularning
paydo bo‟lishiga shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi katta turtki bo‟ldi. ShK lokal
tarmoqlarda nafaqat mijoz kompyuterlar sifatida, balki ma‟lumotlarni saqlash va
qayta ishlash markazlari, ya‟ni tarmoq serverlari sifatda avvalgi mini-kompyuterlar
va meynfreymlarni siqib chiqara boshladi.
90-yillar oxirida klassik Ethernet 10 Mbit/s, Fast Ethernet 100 Mbit/s va
Gigabit Ethernet 1000 Mbit/s ni o‟z ichiga olgan Ethernet oilasi lokal
texnologiyalarining lideri ekani yaqqol namoyon bo‟ldi.
Ma‟lumotlar jo„natish usullaridagi yaqinlashuv, optik-tola aloqa liniyalari
bo„yicha ma‟lumot jo„natishning raqamli platformasida o„tkaziladi. Raqamli
kanallarning yuqori sifati, global kompyuter tarmoqlari protokollariga bo„lgan
talablarni o„zgartirdi. Global tarmoqlarning frame relay va ATM kabi yangi
texnologiyalari paydo bo„ldi. Bu tarmoqlarda bitlarning yedirilishi shunchalik
kamligi uchraydiki, hatto xato paketni yo„qotish va uni yo„qotish bilan bog„liq
barcha muammolarni esa, frame relay va ATM tarmoqlari tarkibiga bevosita
kirmaydigan yuqori darajadagi dasturiy ta‟minotga qayta topshirish samaraliroqligi
tahmin qilinyapti.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga, IP protokolining ustuvorligi
katta hissa qo„shdi. Bu protokol bugungi kunda lokal va global tarmoqlar
texnologiyalaridan ustun bo‟lib Ethernet, Token Ring, ATM, frame relay- turli
quyi tarmoqlardan bitta tarkibiy tarmoq yaratish uchun ishlatilib kelinmoqda.
Tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan 90-yillar kompyuter global tarmoqlari,
o„z xizmat to„plamlarini kengaytirdi va bu borada lokal tarmoqlarga yetib oldilar.
Multimediya nomini olgan barcha ma‟lumotlar – surat, videofilm, ovoz va
boshqalar kabi real vaqtda foydalanuvchiga katta hajmdagi ma‟lumotlarni yetkazib
berish bilan bog„liq ishlarni bajaruvchi xizmatlarni yaratish imkoni tug„ildi.
Yaqqol misol - bu asosan Internetga ma‟lumotlarni jo„natuvchi bo„lib qolgan
World Wide Web gipertekst ma‟lumot xizmatidir. Lokal va global tarmoqlar
yaqinlashuvi ko„rinishlaridan biri, lokal va global tarmoqlar orasidagi oraliq
holatni egallovchi katta shahar masshtabidagi tarmoqlarning paydo bo„lishi
hisoblanadi. Shahar tarmoqlari yoki megapolislar tarmog„i (Metropolitan Area
NetWorks, MAN) yirik shahar hududiga xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan.
MAN turidagi zamonaviy tarmoqlar, o„z mijozlariga har xil turdagi
kommunikatsiya vositalari, shu jumladan ofis ATSlarini birlashtirish imkonini
beruvchi xizmatlar xilma xilligi bilan ajralib turadi.
2.2-rasmda lokal hisoblash tarmoqlari (LAN), shahar (MAN) va global
tarmoqlar (WAN) uchun ishlatiladigan alternativ kirish texnologiyalari orasidagi
raqobatning asosiy qismlari ko„rsatilgan.
2.2.-rasm. Simsiz va mobil texnologiyalari konvergensiyasi
Kabel tarmoqlari bo„yicha Internetga kengpolosali kirish va Wi-Fi birikmasi,
hamda PSTN mis simlari bazasida DSLdan foydalanish, infratuzilmani- uyda,
ofisda, jamoat xotspotlari aeroport, vokzal, mehmonxona, restoran, kafe va boshqa
joylarda Internetga simsiz ulanish bilan ta‟minladi.
3-avlod tarmoqlari (3G) Internetga xohlagan joydan ulanish uchun, Wide
Area Networks(WAN) tarmoqlarini yaratish imkonini beradi va an‟anaviy ovoz
xizmatlari takliflarini kengaytiradi. Mobil va o„tkazish tarmoqlari konvergensiyasi
jarayoni, yuqori hisoblash quvvati bo„lgan va o„rtacha narxda Internetga chiqish
uchun simsiz texnologiyalar to„plamiga ega bo„lgan mobil telefonlar va KPK,
noutbuk kabi boshlang„ich iste‟molchilar uchun portative vositalarni rivojlantirish
bilan kuzatildi. Internet orqali ovozli telefoniya (VoIP) an‟anaviy telefoniya bilan
raqobatlasha boshladi. Internetga kengpolosali ulanish, qayd etilgan an‟anaviy
telefon aloqasiga raqobatchi xizmat hisoblanadi. Simsiz kengpolosali ulanish
(WBA) texnologiyalari mobil tarmoqlari bilan xususiy va jamoat binolarida,
hamda, shahar tarmoqlari darajasida raqobatlashadilar.
Dostları ilə paylaş: |