2- МАЪРУЗА. Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari. Simli va
simsiz tarmoq texnologiyalari, IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16)
standartlari
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu aloqa kanallari
orqali yagona tizimga
bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir.
Kompyuter tarmoqlarini ko‟pgina belgilar, xususan xududiy ta`minlanishi
jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‟ra global, mintakaviy va lokal (mahalliy)
tarmoqlar farqlanadi.
Qo‟llaniladigan dasturiy ta`minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki
xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta`minoti ko‟pgina
foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo‟lgan bosh komp`yuter resurslarini
taqdim etishga mo‟ljallangan. U „fayl-server‟ deb yuritiladi. Bosh komp`yuterning
asosiy resursi fayllar bo‟lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki
ma`lumotlarga ega fayllar bo‟lishi mumkin. Fayl-server
- bu serverning eng
umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi komp`yuterdagidan ko‟p bo‟lishi
kerak, chunki undan ko‟pgina komp`yuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir
qancha fayl - serverlar bo‟lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning
birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini
sanab o‟tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma.
Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko‟pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun
ruxsat beruvchi dasturiy ta`minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning
asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server
orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig‟idagi interfeys rolini bajaruvchi
uncha katta bo‟lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy
ta`minoti resurslardan jamoa bo‟lib foydalanishgagina mo‟ljallanib qolmay, ularni
qaytaishlash va foydalanuvchi talabiga kura
resurslarni joylashtirishga
mo‟ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo‟linmadan
iborat: Serverning dasturiy ta`minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy
ta`minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar
foydalanuvchining komp`yuterida bajariladi va umumiy kirish komp`yuterida
ishlaydigan dastur - serverga so‟rov jo‟natiladi. Ma`lumotlarning asosiy kismini
qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi,
foydalanuvchi
komp`yuteriga faqat bajarilgan so‟rov natijalari yuboriladi. Ma`lumotlar bazasi
serverlari katta xajmdagi ma`lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko‟p) bilan
ishlashga mo‟ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi
(ma`lum ma`noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta
ishlashni ta`minlovchi mashxur Web-serverlari,
FTD-serverlari, elektron pochta
serverlari va boshqalar ma`lum. Sanab o‟tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari
ushbu serverlar tomonidan xizmatni qabul qilib olish va ulardan javob olish uchun
so‟rash imkonini beradi.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob‟yektlar
tarmoq ob‟yektlari deyiladi. Tarmoq ob‟yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar
kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni
territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish
mumkin:
global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy)
tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda
joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar
orasida aloqa bunday
tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida
amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda
joylashgan abonentlarni
birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan,
biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan
cheklanishi mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli
ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i
keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga
erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar
orasida» ma‟nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan.
Shuning
uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning
ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi
kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten
muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa
ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin.
Internetning asosiy tarkibini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Bunday
tamoyillar
asosida
kompyuter
tarmoqlarining
standart
texnologiyalarini tavsiflash mumkin (2.1.-rasm).
2.1.-rasm. Tarmoqlar texnologiyalari tavsifi