joylashtiriladi. SHuning uchun ko‗riladigan ob‘ektlar quruq bo‗lishi kerak. Aks xolda
ob‘ektdagi suv vakuumda qaynab ketadi va buyum emiriladi.
Elektronlar oqimi
tekshiriladigan ob‘ektga tushganda, termik va radiatsion o‗zgarishlar sodir bo‗ladi, bu
esa buyumning strukturasini buzib yuborishi mumkin. Ikki nuqta orasidagi masofa 10
A (angstrem)ga teng bo‗ladi, bunda buyum 100000 marta kattalashgan bo‗ladi (3-
rasm).
Tekshiriladigan buyumlar, odatda, 10000 - 30000 marta kattalashtirib ko‗riladi.
Elektron mikroskoplarda ko‗riladigan buyumlar nihoyatda yupqa bo‗lishi qerak.
SHvetsiyalik olim SHestrand elektron mikroskoplar uchun yupqa kesmalar
tayyorlaydigan mikrotom yaratdi. Bu mikrotom
yordamida tayyorlanadigan
kesmalarning qalinligi 100 - 150 A ga teng bo‗ladi. Ko‗riladigan buyumning suvi
quritilib, so‗ngra u fiksatsiya qilinadi va qotirish uchun metakril smolasi
bilan ishlov
beriladi. SHundan keyin mikrotomda 100 - 150 A qalinlikda kesmalar tayyorlanib,
maxsus ishlov berilgandan so‗ng elektron mikroskopda ko‗riladi.
Dostları ilə paylaş: