9-rasm
10-rasm
Fiksatsiya issiq yordamida (flambirlash) yoki kimyoviy usulda olib boriladi.
Birinchi usulda preparat uch marta surtmasini alangaga qaratgan holda gorelka
alangasidan o‗tkaziladi. Fiksatsiya qilinganda hujayralar o‗ladi
va shishaga yaxshi
yopishadi, tirik hujayraga qaraganda bo‗yalishi engillashadi.
Preparat nordon yoki ishqoriy anilin bo‗yoqlari bilan bo‗yaladi. Nordon
bo‗yoqlarda xromofor (rang beruvchi ion) - anion, ishqoriylarda esa kation bo‗ladi.
Ishqoriy bo‗yoqlarga quyidagilar kiradi: moviy rang metilen,
ishqoriy fuksin, siyoh
rang gensian va boshqalar. Agar bo‗yoq filtr qog‗ozga avvaldan shimdirilgan va
quritilgan bo‗lsa bo‗yash osonlashadi. Bir ikki minut davomida bo‗yalgandan so‗ng,
bo‗yoq
vodoprod suvi bilan yuviladi, filtr qog‗ozi bilan qoldiq suvlar shimdiriladi,
so‗ngra mikroskopda ko‗riladi.
Dostları ilə paylaş: