2- mavzu: Bir ho‘jayralilar (Protozoa). Reja


Bir ho‘jayralilar (Protozoa) sistematikasi



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə3/10
tarix12.05.2023
ölçüsü29,93 Kb.
#112646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Protozoa-ma\'ruza

3. Bir ho‘jayralilar (Protozoa) sistematikasi.
Hozirgi sistematikaga ko‘ra bu tipga 215000 dan ortiq tur kirib bir nechta taksonlarga bo‘linadi.
1. Xivchinlilar(Euglenozoa) tipi.
1.1.Evglenasimonlar(Euglenoidea) sinfi.
1.2.Kinetoplastida (geterotrof xivchinlilar) sinfi.
2. Yashil suv o‘tlari(Chlorophyta) tipi.
2.1. Volvokslar (Volvocida) turkumi.
3. Yoqali xivchinlilar (Shoanoflagellata) tipi.
4.Retortamonada tipi.
5. Axostylata tipi.
6.Alveolata tipi.
6.1.Dinoflagellata kenja tipi.
6.2.Infuzoriyalar (Ciliophora) kenja tipi.
6.3.Sporalilar (Apicomplexa) kenja tipi.
6.3.1. Gregarinea sinfi.
6.3.2. Soccidia sinfi.
6.3.3. Hematozoa sinfi.
7. Amyobasimonlar(Sarcodina) tipi.
7. 1. Foraminiferea sinfi.
7. 2. Actinopoda sinfi.
7. 3. Radiolaria sinfi.
7. 4. Acantharea sinfi.
7. 5. Heliozoa sinfi.


4. Xivchinlilar(Euglenozoa) tipi.Evglenasimonlar(Euglenoidea)
sinfi.


Euglenozoa tipi, 2 ta sinfga bo‘linadi.
1. Euglenoidea sinfi.
2. Kinetoplastida sinfi.
Euglenoidea sinfining harakterli vakillari Euglena viridis, Euglena gracilis ko‘pincha to‘xtab qolgan ko‘lmak suvlarda ba’zi bir ifloslangan hovuzlar hamda vaqtli suv havzalarida ko‘plab uchrab, suvning ko‘karishi (“gullashi”)ga sabab bo‘ladi. Yashil evglena tanasining oldingi qismida joylashgan ancha uzun xivchinining buralib- eshilganligidan bir tekisda harakatlanadi. U bir necha nihoyatda nozik tolalardan tarkib topgan.
Evglena endoplazmasida yashil xromotafora donachalari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Evglena bu donachalar yordamida quyosh nuri energiyasini o‘zlashtirib suv va CO2 dan glyukoza sintezlab autotrof tipda ovqatlanadi.
Evglenalar yashash muhitining o‘zgarishiga qarab oziqlanish usulini o‘zgartira oladi. Agar evglenani qarong‘uda saqlansa, u tezda xromotofora tanachalarini yo’qotib, suvda erigan organik moddalarni shilib oziqlanishga ko‘chadi. Bu saprofit (Suvda erigan moddalarni shilib oziqlanishga) oziqlanish deyiladi. Evglenalar ikki xil tipda oziqlana oladi:
a) autotrof – o‘simliksimon
b) geterotrof – hayvonsimon.
Bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.

Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin