Parazit infuzariyalar. Bir qancha xil umurtqali va umurtqasiz hayvonlarda hamda insonda parazitlik bilan hayot kechiruvchi infuzariyalarning turlari nihoyatda ko‘p bo‘lib, bular har xil turkum va guruhlarga bo‘linadi.
Balantidiy (Balantidiu coli) odamning yo‘g‘on va ingichka ichagida parazitlik qiladi. Kattaligi 30-150 mk keladi. Tanasi loviyasimon. Odamning ingichka ichagi devorlarini yallig‘lab, qonli ichburug‘ kasalini keltirib chiqaradi va qizil qon tanachalarini yutib ovqatlanadi. Lekin yo‘g‘on ichakda zarar keltirmasligi mumkin, biroq bunday odam “sista” tarqatadi.
Balantidiy cho‘chqa, sichqon, kalamush va odamsimon maymunlarda ham uchraydi. Ot, eshak va qoramollarning ichagida 100 ga yaqin turdagi parazit infuzariyalar uchraydi. Ko‘pincha otlarning yo‘g‘on, ko‘richak ingichka ichagida ko‘payib ketib ot ichagidan olingan 1sm3 suyuqlikda 3 mln.tagacha infuzariya uchraydi.
Ixtioftirius– karp, sazan va boshqa baliqlarning terisida, suzgichlari yoki jabralarida parazitlik qiluvchi yirik (0,5-1mm) infuzariyalar bo‘lib baliqchilik xo‘jaligida katta zarar yetkazadi. Baliq tanasida (5 sutkada) voyaga yetadi va yetilgan parazit maxsus sistalanib ko‘payadi ya’ni sistalangan 1 ta parazit suv tubiga cho‘kadi va sista ichida minglarcha mayda “kezuvchi” individlar bo‘ladi. Bu kezuvchi parazitlar sog‘lom baliqlar terisiga yopishib oladi.
So‘ruvchi infuzariyalar. Bu infuzoriyalar uchun voyaga etgan davrda kiprikchalar bo‘lmasligi, bularning o‘rniga bir nechta maxsus o‘simtalar – suruvchi o‘simtalar – paypaslovchilari bo‘lishi xarakterlidir. Poyachasi yordamida o‘troq hayot kechiradi.
So‘ruvchi paypaslagichlar – ovqatni ushlab olish, surish vazifalarini bajaradi. Bularga vakil suktoriya infuzoriyasidir. Agarda suktoriyaning oldidan birorta tufel’ka, yoki boshqa infuzoriya o‘tgudek bo‘lsa so‘ruvchi paypaslagichlar darrov uni ushlab oladi va uning butun tanasidagi hamma qismini so‘rib uni endoplazmasiga o‘tkazadi. Suktoriya o‘troq hayot kechiradi.