2. 3-§ «andijondonmaxsulot» aksiyadorlik jamiyatida mehnat unumdorligini oshirilganlik holati tahlili
*jadvalni Tuzishda jamiyatning 1t va 2 t mehnat hisobotlaridan foydalanildiYuqoridagi jadvallarni umumlashtirib bir xulosaga kelish mumkin, “Andijondonmahsulot” AJ ning kadrlarni rejalashtirishda va ulardan foydalanishda ularni qayta o‘qitish va tayyorlash tizimi ham bir qator islohotlarni talab qiladi. Lyekin shuni ta’kidlab o‘tish kerakki malaka oshirayotganlarning sonini yildan yilga o‘sishi va korxonada yangiliklarga bo‘layotgan intilishni ko‘rsatadi. Bu korxonani kelajakdagi yangi yutuqlarga erishishida yordam beradi. Malakali kadr doim korxona uchun eng qimmatli boylik hisoblanadi. Korxonadagi malakali kadrlardan foydalanish va korxonada mehnat unumdorligini oshirishda xodimlarni rag‘batlantirish va jazolash (motivasiya) tizimini qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq bo‘ladi.Inson resurslari eng qimmatbaho va sermahsul resurs hisoblanadi. Mehnat unumdorligi – korxona faoliyati samaradorligini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Mehnat unumdorligini tahlil qilishning asosiy maqsadi – uning o‘sish imkoniyatlarini, ya’ni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tahlil jarayonida quyidagilar aniqlanadi: Mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari; Mehnat unumdorligini o‘sishi bo‘yicha ichki ishlab chiqarish rejalarini bajarilish darajasini; Turli omillarning mehnat unumdorligiga ta’sir darajasini; Mehnat unumdorligini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga ta’siri. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib biz «ANDIJONDONMAXSULOT» ochiq aksiyadorlik jamiyatining so‘ngi uch yil mobaynida mehnat unumdorligini o‘zgarishini tahlil qilamiz. Mehnat resurslari tahlili mehnat unumdorligi tahlilini amalga oshirish bilan davom ettiriladi. Mehnat unumdorligi vaqt birligi (soat, smena, oy, chorak, yil) ichida bitta xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan o‘lchanadi, ya’ni mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda vaqt birligi davomida hosil qilingan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi. Mehnat unumdorligining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lib, aniq vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori va hajmi hisoblanadi va ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ishlab chiqarish xodimlarining soniga nisbati bilan aniqlanadi. Yüklə 55,23 Kb. Dostları ilə paylaş: |