Mavzu: Tekis devor va silindrik devor issiqlik о‘tkazuvchanligi issiqlik о‘tkazuvchanligi.
Ishdan maqsad:Bir qatlamli devorni,va ko’p qatlamli devorni issiqlik o’tkazuvchanligini aniqlashni o’ganish.
Nazariy ma’lumotlar. Bir jinsli materialdan ishlangan qalinligi bo’lgan yassi bir qatlamli devorni tashqi sirtlarida temperaturalar o’zgarmas holda saqlab turiladi. Temperatura faqat devor sirtiga tik bo’lgan o’q X yo’nalishidagina o’zgaradi. 1-rasmda yassi bir qatlamli devorning sxemasi keltirilgan.
Yassi bir qatlamli devorning sxemasi.
Elementar qatlam uchun Fure tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
1-masala. Qalinligi δ=50 mm, issiqlik о‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti λ=40 Vt/(m°S), λ=1.1 Vt/(m°S)? λ=0.11 Vt/(m°S) bо‘lgan bir qatlamli (pо‘lat, betonli, diatomit g‘ishtli) devor orqali yо‘qotilayotgan issiqlik oqim zichligini aniqlang? Haroratlari t1=100 °S va t2=90 °S
Yechish. Issiqlik oqim zichligini xisoblaymiz.
Issiqlik miqdori uchun formulani yozamiz.
Oqim zichligi ifodasidagi issiqlik miqdorini qo’yamiz va soddalashtiramiz.
Xar devor materiali uchun alohida issiqlik oqim zichligiin xisoblaymiz.
2-masala. Qalinligi δ=250 mm bo’lgan qizil g’ishtli devorning uzunligi l=5m va balandligi h=4m ga teng. Devorning ichki sirtidagi harorati t1=110 °S va tashqi sirtidagi harorati t2=40 °S teng. Qizil g’ishtning issiqik o’tkazuvchanlik koeffisienti λ=0.70 Vt/(m°S) teng bo’lsa, devor orqali issiqlik yo’qotilishini hisoblang. Vt/m2 3-masala. Qalinligi δ=40 mm bo’lgan devor orqali haroratlar farqi ∆t=20°S bo’lganda q=145 Vt/m2 teng issiqlik yo’qolmoqda. Devor materialining issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisienti (λ-Vt/(m°S))ni aniqlang? 4-masala. Balandligi 5 m, eni 4 mva qalinligi 250 mm bo’lgan g’isht devor orqali o’tadigan issiqlik oqimi nimaga teng. Devor sirtining haroratlari tS1 = 27 0S va tS2 = - 23 0S . G’ishtning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti = 0,77 ga teng.