2-Amaliy ishi: Microsoft Access ma'lumotlar bazasida sql so’rovlari bilan ishlash


Odatda, MBBT standart funksiya turlarini qo'llab-quvvatlaydi, ya'ni



Yüklə 388,21 Kb.
səhifə5/8
tarix18.09.2023
ölçüsü388,21 Kb.
#145124
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Amaliy ishi Microsoft Access ma\'lumotlar bazasida sql so’rovl

Odatda, MBBT standart funksiya turlarini qo'llab-quvvatlaydi, ya'ni:
- matnni qayta ishlash uchun ishlatiladigan matn funksiyalari (matndagi belgilarning bir qismini ajratib olish, uzunligini aniqlash, belgilarni katta yoki kichik harflarga o'tkazish ...)
- Sonli funksiyalar. Sonli qiymatlar ustida matematik operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladi
- Sana va vaqt funksiyalari (sana va vaqtni manipulyatsiya qilish, sanalar orasidagi davrni hisoblash, sana to'g'riligini tekshirish va boshqalar).
- Statistik funksiyalar (maksimal / minimal qiymatlarni, o'rtacha qiymatlarni hisoblash, miqdorlarni va yig'indilarni hisoblash uchun ...)
- Tizim funksiyalari (MBBT, foydalanuvchi va boshqalar haqida har xil turdagi xizmat ma'lumotlarini taqim etadi).

1. Matnni qayta ishlash SQL funksiyalari
Access-da SQL ning matnni qayta ishlashning quyidagi funktsiyalar mavjud:
LEFT () - matndagi belgilarni chapdan qirqib olish;
RIGHT () - matndagi belgilarni o'ngdan qirqib olish;
MID () - matn o'rtasidan belgilarni qirqib olish;
LEN () – matndagi belgilar sonini olish;
UCase () - belgilarni katta harfga o'zgartiradi
LCase () - belgilarni kichik harfga o'zgartiradi
LTrim () - matnning chap qismidagi barcha bo'sh belgilarni olib tashlaydi
RTrim () - matnning o'ng tomonidagi barcha bo'sh belgilarni olib tashlaydi
Trim () - matnning ikkala tomonidagi barcha bo'sh belgilarni olib tashlaydi

UCase() funksiyasi yordamida Talabalar ismlarini katta harflarga o'tkazamiz:


SELECT Ism, UCase(Ism) AS UCase_Ism FROM Talabalar
SELECT  Ism, UCase(Ism) AS UCase_Ism FROM Talabalar

LEFT () funksiyasi yordamida matndagi dastlabki uchta belgini qirqib olish;:
SELECT Ism, LEFT(Ism, 3) AS LEFT_Ism FROM Talabalar

MID() funksiyasining sintaksisi:
MID (maydon_nomi, boshlanuvchi_belgi_o’rni, olinadigan_belgilar_soni)

Yüklə 388,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin