2-Amaliy ishi: Microsoft Access ma'lumotlar bazasida sql so’rovlari bilan ishlash


SELECT Ism, MID(Ism, 3, 3) AS MID_Ism FROM Talabalar



Yüklə 388,21 Kb.
səhifə6/8
tarix18.09.2023
ölçüsü388,21 Kb.
#145124
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Amaliy ishi Microsoft Access ma\'lumotlar bazasida sql so’rovl

SELECT Ism, MID(Ism, 3, 3) AS MID_Ism FROM Talabalar



LEN funksiyasi yordamida Ism maydonidagi yozuvlar uzunliklarini aniqlash


SELECT Ism, LEN (Ism) AS LEN_Ism FROM Talabalar

Natijaga e’tibor bersak Alimardon va Javlon yozulari uzunliklari bittadan ortiqcha, Toxir va Jasur yozulari uzunliklari ikkitadan ortiqcha chiqayapti buning sababi bu yozuvlar qiymatlari oldidadagi probellar ham hisobga olinayapti.
Shuning uchun quyidagi misolda Ism maydonidagi yozuvlarning oldidan kelgan probellarni o’chirib keyin uzunligini hisoblaymiz:
SELECT Ism, LEN (Ism) AS LEN_Ism, LTrim (Ism) AS LTrim_Ism, LEN (LTrim_Ism) AS LEN_LTrim FROM Talabalar

2. Sonlarni qayta ishlash uchun SQL funktsiyalari
Sonlarni qayta ishlash funksiyalari sonli ma'lumotlar ustida matematik operatsiyalarni bajarishga mo'ljallangan. Ushbu funksiyalar algebraik va geometrik hisob-kitoblar uchun mo'ljallangan, shuning uchun ular sana va vaqt funksiyalariga qaraganda kamroq qo'llaniladi. Biroq, sonli funksiyalar SQLning barcha versiyalari uchun eng standartlashgan. Sonli funksiyalarini ko'rib chiqamiz:
SQR () – ko‘rsatilgan sonning kvadrat ildizini qaytaradi
ABS ()– ko‘rsatilgan sonning absolyut qiymatini qaytaradi
EXP ()– ko‘rsatilgan sonning ex ko'rsatkichini qaytaradi
SIN ()– ko‘rsatilgan burchakning sinusini qaytaradi
COS ()– ko‘rsatilgan burchak kosinusini qaytaradi
TAN ()– ko‘rsatilgan burchakning tangensini qaytaradi
Masalan, SQR () funktsiyasidan foydalanib, Guruh ustunidagi sonlarning kvadrat ildizini olish uchun so'rovi:
SELECT ID, Familiya, Ism, Guruh, SQR (Guruh) AS ILDIZ_G
FROM Talabalar

3. Sana va vaqtni qayta ishlash SQL funktsiyalari


Sana va vaqtni qayta ishlash funktsiyalari eng muhim va ko‘p ishlatiladigan SQL funktsiyalaridan biridir. Ma'lumotlar bazalarida sana va vaqt qiymatlari maxsus formatda saqlanadi, shuning uchun ularni qo'shimcha ishlovsiz to'g'ridan-to'g'ri ishlatish mumkin emas. Har bir MBBT sanalarni ko'rib chiqish uchun o'ziga xos funksiyalar to'plamiga ega, afsuski, ularni boshqa platformalar va SQL dasturlariga ko'chirishga imkon bermaydi.
Access -da sana va vaqtni qayta ishlash uchun ba'zi funksiyalar ro'yxati:


Yüklə 388,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin