1.Akademik matnlar. Siz veb sayt yoki jurnal maqolalari kabi matn turlarini o`qishingiz kerak . Demak, eng mos matnlarni aniqlash va ularning qiymatini baholashga yordam beradigan xususiyatlari bilan tanishish muhim sanaladi
2.Adabiyotlardan foydalanish. Sizning o`qituvchinigiz qog`ozda chiqarilgan ro`yxatni berishi mumkin yoki u kutubxona veb sayti orqali onlaynda mavjud bo`lishi mumkin. Ro`yxat odatda darslik, jurnal maqolalari va veb saytlardan tashkil topadi. Agar ro`yxat elektron bo`lsa, materialning mavjudligini tekshirish uchun kutubxona katalogiga ishora beriladi. Agar ro`yxat qog`ozda chiqarilgan bo`lsa, siz matnni topish uchun kutubxona katalogidan foydalanishingizga to`g`ri keladi. Siz kitobning barcha so`zini o`qishingiz shart emas, chunki o`qiydigan joyingiz ro`yxatda berilgan. O`qituvchingiz qaysi betni o`qishingizni va qaysi qism muhimligini aytar. Adabiyotlar ro`yxatida quyidagi formatlarni ko`rasiz:
Kitoblar Miles T.R.Dyslexia: a hundred yearson /T. R. Miles and Elaine Miles, 2nded. Open University Press, 1999.
-Jurnal maqolalari Paulesu E. etal.Dyslexia: madaniy xilma-xillik va biologic birlik. Science, 2001, 291, betlar 2165–2167.
Vebsaytlar:www.well.ox.ac.uk/monaco/dyslexia.shtml
3.Kutubxona katalogidan foydalanish. Universitet va kollej kutubxonalarida odatda onlayn kataloglar bo‘ladi. Bular talabalarga istalgan materallarni qidirishga imkon yaratadi. Agar siz kitobning nomi va muallifini bilsangiz kitobning mavjudligini tekshirish oson bo‘ladi, agar siz alohida mavzuda material qidirsangiz, siz turli xil qidiruv natijalariga ega bo‘lasiz.
O‘qish usullari. Talabalar uchun o‘qish qobiliyatining muhimligini chamalash oson. Asosiy kurs uchun talab qilingan miqdorda akademik matnlarni o‘qish katta kuch va g‘ayrat talab qiladigan vazifa. Talabalarga faqat ma’ruza va seminarlarga qatnashish kifoya qilmaydi, asosiysi yozish vazifalari ko`p o‘qishni talab qiladi.
Akademik matnlar ko‘pincha yangi so‘z va frazalarni o‘z ichiga oladi. Matn rasmiy uslubda yozilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, siz boshqa tilda o‘qiyotganingizda muhim bo‘lgan, talab qilingan matn miqdorini uddalashda maxsus usullarni o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Qisqa qilib aytganda, mavzuda bayon etilgan har bir so‘zni o‘qishga sizning vaqtingiz kam, shuning uchun siz birinchi nimani o‘qishingizni diqqat bilan tanlashingiz kerak, so`ng, uni to‘laligicha tahlil qiling.