Chizma geometriya va chizmachilik terminlar etimologiyasi bilan ularga mos
tushunchalarning ta’riflari orasidagi bog‘lanish.
Chizma geometriya va chizmachilik terminlarining tarixiy rivojlanishi bevosita
mazkur fanlarning va bu fanlarga oid adabiyotlarning shakllanishi, rivojlanishi va
taraqqiyoti bilan bogdiq. Fanning dastlabki shakllanish bosqichi albatta, chizmalarning
paydo bodish tarixiga borib taqaladi. Chizmalarning paydo bodishi va taraqqiy etishi
esa, insonlarning moddiy extiyojining oshishi va ho‘jalik ishlab chiqarishining o‘sishi
bilan uzviy bogdiqdir. Buyumlarni tekislikda tasvirlash ilmining paydo bodishi va
rivojlanish tarixi er. avv. yillarga borib taqladi. Biroq chizma geometriya fan sifatida
faqat XVIII asrning oxirlarida fransuz muhandisi, olimi va siyosat arbobi Gospar Monj
(1746-1818) tomonidan rasmiylashtirildi va chizma geometriya faniga asos solindi. U
dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proeksiyalar bo‘yicha orttirilgan ayrim
qoida va usullarni ilmiy tizimga solib, har tomonlama ishlab chiqdi va 1799 yilda
«Chizma geometriya» asarini yozdi. Shu davrdan chizma geometriya va chizmachilik
fani terminologiyasining rasmiy rivojlanishi boshlandi.
Bilamizki, dastlab Yevropa, keyinchalik Rossiya va O‘zbekistonda rivoj topgan
chizma geometriya va chizmachilik fanlari taraqqiyoti jarayonida ko‘plab olimlarning
qimmatli nazariy ishlari va mumtoz darslik adabiyotlari yaratildi. Bu fanlarning o‘zbek
tilida o‘qitilish ishlari XX asr o‘rtalarida professor R.Xorunov tomonidan boshlandi. U
kishi tomonidan V.S.Rozovning «Kurs chercheniya» kitobi va boshqa adabiyotlarning
rus tilidan o‘zbek tilidagi tarjimasi yaratildi. Bu tarjimalar asosida fanning o‘zbek tilida
qabul qilingan atama va terminlarining shakllanishi desak mubolag‘a bodmaydi.
R.Xorunov va Yu.Qirgdzboevlar chizma geometriya va chizmachilikka doir
terminologik tizimni yaratish, chegaralash va o‘zbek tili fondining alohida soha
terminlari doirasini boyitishga ham hissa qo‘shdi. Endilikda, sohaga oid terminlar qatori
o‘zbek tili bag‘rida o‘z o‘mim topdi. Biroq uning terminologik tizimdagi ilmiy asoslari,
amaliy va ta’limiy masalalari, muammolari o‘z yechimini kutmoqda.
Hamma tillarda bodgani kabi o‘zbek tilida ham o‘z va o‘zlashgan terminlar
qatori mavjud. Ularning ayrimlari etimologik tahlilga muhtoj. Shu o‘rinda, chizma
geometriya va chizmachilik fani terminlarini ta’lim jarayonida to‘g‘ri qodlash va
lug‘aviy ma’nosini, ularning etimologiyasini to‘g‘ri va todiq ochib berishga erishish
lozim.
Shaxs kasbiy ta’lim jarayonida chinakam mutaxassis bodib shakllanishi, avvalo,
uning tegishli sohalarga oid bilimni qanchalik mustahkam egallashiga bogdiqdir. Turli
fan yo‘nahshlari bo‘yicha o‘zlashtiriladigan kasbiy bilimning muhim qismi kasbiy
terminlar haqidagi bilimlardan iborat [1].
Albatta, o‘qituvchi, bodajak yosh mutaxassislar o‘z kasbiy sohasiga oid
terminlarning mazmunini turli lug‘atlar [3], o‘quv-uslubiy qodlanmalar [2] yordamida
odganilishini tashkil etishi mumkin. Ammo bunday an’anaviy yondashuv ko‘pincha
ta’lim oluvchilarni motivlashtirish va qiziqtirish, ularni ijodiy faollikka undash nuqtai
nazaridan o‘zini oqlamaydi. Bu yerda o‘qitishning o‘ziga xos innovatsion usullarini
qodlash talab etiladi. Mazkur ma’ruza tezisida bir qator chizmachilik terminlari
misolida shunday usullarning biri xususida mulohaza yuritiladi.
Ma’lumki, “termin’’ deganda fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos
muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bodgan so‘z yoki so‘z birikma
tushuniladi [8,73-b.]. Har qanday boshqa so‘z kabi terminlarning ham, albatta, o‘z
etimologiyasi, ya’ni til birligi sifatida kelib chiqish tarixi mavjud. Bizningcha, ushbu
holatdan terminlar mazmuni bilan tanishishda foydalanish va bu bilan o‘qitish
samaradorligini oshirishi mumkin. Buni texnologik jihatdan tashkil etishning
usullaridan biri sifatida biz quyidagicha tasavvur qilamiz:
1) ta’lim oluvchilarga muayyan terminning o‘zi va uning ma’nosi alohida
tarqatma materialda taqdim etiladi [3];
2) tarqatma material asosini tashkil etuvchi maxsus jadvalning alohida ustunida
o‘rganilayotgan terminlarning etimologik asosi bodgan birliklar [4,5,6,7] aralash
tartibda keltiriladi va ta’lim oluvchiga tegishli termin ma’nosidan kelib chiqqan holda
ularni tartiblash vazifasi beriladi;
3) ta’lim oluvchidan tegishli etimologik asosning muayyan terminga taalluqli,
deb hisoblanishi qanday izohlanishini tushuntirib berish so‘raladi.
Keltirilgan algoritm asosida pedagogik ish uchun tarqatma material
vazifasini bajaruvchi jadval quyidagicha ko‘rinishda boTishi mumkin:
Termin Terminning lug‘aviy
mazmuni
Terminning
etimologik
asosi
Javob
Sirkul
Tush yoki qalam bilan
aylana, doira, yoylar chizishga,
chiziqlar, kesmalar uzunligini
oTchashga xizmat qiladigan
chizmachilik asbobi
“aj
ra
ti
sh
, k
es
is
h”
“
do
ira”
“
nu
r”
“
sk
el
et
”
“p
armal
an
ga
n
ti
rq
is
h
,
te
sh
ik
”
“t
ux
ums
im
on
”
“d
ara
ja,
po
g‘o
na”
Detal
mashina, mexanizm,
asbob va, shuningdek,
umuman, biror buyumning
qismi, boTagi
Oval
3-yassi, qavariq yopiq
egri chiziq
Radius
aylana yoki sharning
biror nuqtasini uning markazi
bilan tutashtiruvchi to‘g‘ri
chiziq kesmasi
Trafaret gul, naqsh, bezakli xat
yozish va shu kabilar uchun
belgilangan o‘yma andaza
Gradus
aylananing 360° dan bir
boTagiga teng burchak yoki
yoy oTchov birligi
Karks
qurilmaning metal yoki yog‘och sinchlari
Biz taklif etayotgan yondashuv qator ustun tomonlarga egadir. Avvalo, ta’lim
oluvchining o‘quv jarayoni va materialiga bodgan qiziqishi ortadi, uning ilmiy
dunyoqarishi yanada kengayadi; ikkinchidan, bunda terminlarning mazmunini
chuqurroq tushunish, tegishli narsa-hodisalarni nomlash uchun nima sababdan aynan
shunday so‘zdan foydalanish qabul qilinganini anglash imkoniyati ortadi; uchinchidan,
ta’lim oluvchilarda o‘z kasb sohasining tarixiy asoslariga bodgan qiziqishi yanada
kuchayadi. Ushbu ijobiy o‘zgarishlar, shubhasiz, ta’lim samaradorligini oshirishga
yordam beradi. Zero, bunda har qanday faoliyat samarasining asosiy sharti bodgan
shaxsiy faollik ortishi uchun sharoit yaratiladi.
Adabiyotlar
1.
В.Б. Изучение специалной терминологии как средство формированиya
профессионалной компетентности//Современные направлениya теоретических и прикладных
исследований, 2013-Научнаya конференциya[Электронный
ресурс].
http ://www. sworld. com.ua/ index.php/ru/conference/the-content-of- conferences/archives-of-
individual-conferences/march-2013.
2.
Методические
указаниya
длya
практических
и
самостоyaтелных
занyaтий«Черчение. Введение в предмет и yaзык предмета» по дисциплине «Черчение»
длyaиностранных
учащихсya
подготовителного
отделениya
инженерно-технических
иинженерно-экономических специалностей / А.М.Горбенко, В.Н.Горбенко, И.В.Валченко;
Харк. нац. акад. город.хоз-ва - Х.: ХНАГХ, 2011. - 57 с.
3.
Словар-справочник по черчени^:
Кн. длya учащихсya
/В.Н.Виноградов, Е.А.Василенко, А.А.Алхименок и др.-М.: Просвещение, 1993.159с.
4.
Фасмер М. Этимологический словар русского уазыка. В 4 т. Т.2 (Е- Муж): пер. с. нем.
и доп. О.Н.Трубачева. - 2-е изд., стер. М.: Прогресс, 1986. 672 с.
5.
Фасмер М. Этимологический словар русского уазыка. В 4 т. Т.3 (Муза-Суат): пер. с.
нем. и доп. О.Н.Трубачева. - 2-е изд., стер. М.:Прогресс, 1987. 832 с.
6.
Фасмер М. Этимологический словар русского уазыка. В 4 т. Т.4 (Т- Уащур): пер. с.
нем. и доп. О.Н.Трубачева. - 2-е изд., стер. М.: Прогресс, 1987. 864 с.
7.
Фасмер М. Этимологический словар русского уазыка. В. 4 т. Т.1 (АД): пер. с. нем. и
доп. О.Н.Трубачева/ под ред. и с. предисл. Б.А.Ларина. - 2-е изд., стер. М.:Прогресс, 1986. 576 с.
8.0‘збек тилининг изоИли луg‘ати: 80000 дан ортиq со‘з ва со‘з бирикмаси. Ж.4. Тартибот-
Шукр/ТаИрир Иай’ати: Т.Мирзаев (раИбар) ва бошq.; 0‘збек тили ва адабиёти институти. - Т.:
“0‘збекистон миллий энциклопедиуаси” давлат илмий нашриёти, 2008. 608 б.
Dostları ilə paylaş: |