2-amaliy mashgʻulot. Refleks yoyi, vaqti va maydonini aniqlash. Odamda tizza refleksini oʻrganish nazariy qism: Orqa miyaning fiziologik xususiyatlarini o`rganish



Yüklə 129,42 Kb.
səhifə3/4
tarix11.05.2023
ölçüsü129,42 Kb.
#111259
1   2   3   4
2-amaliy mashg ulot. Refleks yoyi, vaqti va maydonini aniqlash

Refleks vaqti deb, refleksning yuzaga chiqishi uchun, ta‘sirotning yoydan o’tishi uchun ketgan vaqtiga aytiladi.
Refleks maydoni deb, refleks hosil bo’lishi uchun tasirlanishi kerak bo’lgan retseptorlar joylashgan joyga aytiladi.
Refleks yoyi besh qismdan iborat:
1.Retseptorlar.
2.Markazga intiluvchi (afferent) nerv.
3.Nerv markazi.
4.Markazdan qochuvchi (efferent) nerv.
5.Ishchi organlar.
Agarda refleks yoyidagi 5 qismdan birortasi faoliyat ko’rsatmasa refleks hosil bo’lmaydi.
Organizmdagi barcha organlar ishi, organ sistemalarining bir-biri bilan aloqasi, faoliyatlarining o’zaro moslashuvi, uyg’unlashishi, organizmdagi barcha vazifalarni bir butunligi reflekslar asosida yuzaga keladi.
Refleks to’g’risidagi ta’limot fransuz olimi Rene Dekart (1595-1650) tomonidan asoslangan bo’lib, u fanga aks etish, inikos degan iborani kiritadi. U ta‘sirot sezgi organlari orqali qabul qilinib tegishli nervlar orqali miyaga borib aks etib, nervlarga qaytariladi deydi. Refleks to’g’risidagi ta’limotni chex olimi Proxasko rivojlantirdi. Bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’ining reflektor faoliyatini I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlar kuzatishlar asosida to’liq va atroflicha ochib berganlar.


Darsning maqsadi: Refleks, refleks yoyi, refleks vaqti, refleks maydoni hamda reflekslarning fiziologik ahamiyati to’g’risida tushunchalarga ega bo’lish va tajribada o’rganish. Organizm hayotiylik davrida refleks va refleks yoyining ahamiyatli ekanligini hamda tashqi ta‘surotlardan himoyalanishda asosiy ahamiyatga ega ekanligini bilish.
Kerakli hayvonlar va jihozlar: Baqalar, stakan, qaychi, pintset, shtativ, suv, sulfat kislotasining turli xil eritmalari (0,1%, 0,3%, 0,5% va 1,0% li).



  1. ish. Refleks yoyini aniqlash.



Ishning bajarilishi. Refleks yoyini aniqlash uchun baqani bosh miyasini kesib shtativga osamiz va baqa tinchlanganidan keyin bir oyog’ini 0.5% li sulfat kislotasi eritmasiga botiramiz, baqa oyoqlarini bukib, oyog’ini tortib oladi, himoyalanish refleksi hosil bo’ladi. Agar son sohasidan o’tirg’ich nervini ko’tarib, ip bilan bog’lab, shu bog’langan joyning pastrog’idan nervni kesib, 0,5% li sulfat kislotasiga baqa oyog’ini botirsak bukish refleksi kuzatilmaydi, ya’ni markazga intiluvchi nerv tolasi uzulganligi uchun refleks yoyi hosil bo’lmaydi, yoki son sohasidagi oyoq terisini aylantirib kessak retseptor, ya’ni qabul qiluvchi qism bo’lmaganligi uchun tasirotni sezish qobilyati yuqolganligi sababli bukish refleksi hosil bo’lmaydi. Xuddi shunday orqa miyani jarohatlasak yana tasirotga javob ishlab chiqarilmay reflektor akt ro’yobga chiqmaydi. Demak, refleks yoyidagi birorta qism jarohatlansa reflektor jarayonlar yuzaga chiqmas ekan.




Yüklə 129,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin