2. Amir Temur buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat


Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniy hayot



Yüklə 137 Kb.
səhifə5/10
tarix27.04.2023
ölçüsü137 Kb.
#103629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
maaaatn

4. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniy hayot. Amir Temur va temuriylar davrida (XIV asr ikkinchi yarmi-XV asr) Movarounnahr va Xuroson-O‘rta Osiyo madaniy hayotida juda katta yuksalish ro‘y berdi. Bu davr o‘z mohiyati bilan Sharq renessansining, uyg‘onish davrining o‘ziga xos bosqichi bo‘ldi. Bu davrda madaniy hayotning kuchayish darajasi IX-XII asrlar orasidaga ilk musulmon renessansidan qolishmaydi.
Moddiy madaniyat. Amir Temur va temuriylar mamlakat mustaqilligi, el-yurt osoyishtaligi, uni obod etishda bunyodkorlik ishlariga katta ahamiyat berdilar. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham me‘morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat bo‘lgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari 72

mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Bu davrda Chingizxon hujumi va mo‘g‘ullarning beto‘xtov bosqinlari oqibatida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv, Banokat (Shohruxiya) kabi qadimgi shaharlar, qal‘a va istehkomlar qayta tiklandi, ya‘ni shaharlar va qishloqlar qad ko‘tardi. Sohibqironning buyrug‘iga asosan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda Kesh shaharlari atrofida mudofaa devorlari barpo etiladi.


Amir Temur zabt etgan mamlakatlarida ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib bir qator shaharlari (1258 yil mo‘g‘ullar tomonini vayron qilgan Iroq poytaxti Bag‘dodni, Dog‘iston Respublikasidagi Darbandni, 1221 yilda mo‘g‘ullar istilosi davrida vayron qilingan Arake va Kura daryolari birlashadigan yerga yaqin bo‘lgan shahar-Baylaqonni (1403 yil))ni qayta tikladi. Amir Temur tomonidan Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, 1389-1395 yillarda Turkistonda mashhur Shayx Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirilgan bo‘lsa-da, lekin asosiy e‘tiborini ona shahri Kesh (Shahrisabz) va poytaxti Samarqandga qaratdi.
Keshda otasining qabri ustiga maqbara, o‘g‘li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida bo‘lib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar «Qubbat ul-ilm val adab», ya‘ni «Ilm va ta‘lim gumbazi» degan sifat bilan shuhrat topgan. Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabzda ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarining yozga qarorgohiga aylantirilgan. Shahar atrofi qal‘a devori bilan o‘rab olingan.
Shahrisabzda Amir Temur tomonidan «Dor us-Siyodat» («Sayyidlar uyi») maqbarasi va Oqsaroy qurilgan.

Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin