11
Inqirozni yengish dasturlari. (Platon, Isokrat, Aristotel). Buyuk Yunoniston va qora dengiz sohillaridagi yunon
shaharlari va davlatlari. Makedoniyaning yuksalishi. Yunonistonda Makedoniya hukmronligining o„rnatilishi.
Miloddan avvalgi VIII-II asrlarda qadimgi Yunoniston madaniyati.
Yunoniston madaniyati rivojlanishining asosiy shart-sharoitlari. Arxitektura, haykaltaroshlik. Yunon
adabiyoti va teatr. Janrlar. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yunon she'riyati. Miloddan avvalgi V asrda Yunon
tragediyasi. Esxil, Sofokl, Evripid, Aristofan ijodi. Teatr va uning jamiyatdagi o„rni. Yunon teatri. Yunon
falsafasi. Yunon madaniyatining ahamiyati va uning jahon madaniyatida tutgan o„rni.
Ellinistik davrda Yunoniston va Old Osiyo. Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlari. Uning
saltanatining vujudga kelishi va parchalanishi.
Sharqqa yurishning boshlanishi. Asosiy janglar. Bosib olingan yerlarda siyosat. Markaziy Osiyoga
harbiy yurish. Aleksandr Makedonskiyga qarshi milliy ozodlik kurash. Hindistonga harbiy yurish. Aleksandr
Makedonskiy saltanatining tashkil topishi. Saltanatning parchalanishi. Ellinistik davlatlar. Salavkiylar. Markaziy
Osiyo Salavkiylar davlati safida Misr, Yunon-Baqtriya. Makedoniya va Yunoniston. Ellinistik davlatlarning
xillari. Ellinizm mohiyati. Yunon va Sharq elementlari. Ellinistik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimining
xususiyatlari.Ellinizmning davrlanishi.
Dostları ilə paylaş: