Ishlab chiqarish shakllardagi ishlab chiqarish rejalari muayyan hududdagi transport korxona va ulardagi transport vositalar soni, ishlab chiqarish shaklining xususiyati va uning mukammalligi bilan belgilanadi. Bunda birinchi navbatda ishlab chiqarish shaklining texnologik imkoniyatlari muhim rol o‘ynaydi.
Hududdagi transport korxonalar soni va undagi transport vositalar tarkibi, hamda ushbu tarkibni eskirish va yangilanish ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish shaklining tashkiliy ko‘rinishlarini belgilaydi.
Har qanday ta’mirning tashkiliy ko‘rinishi o‘zining optimal ishlab chiqarish rejasiga ega. Bunday holatda ishlab chiqarish rejasini optimallashtirish har qanday ishlab chiqarish shakllardagi ishlab chiqarish fondini etarli bo‘lmasligi sababli ushbu shakllarning iqtisodiy yo‘qotishlarni minimallashtirish yo‘li bilan erishiladi.
Optimal reja mavjud cheklovlarni, ya’ni muayyan shakldagi ishlab chiqarish tizimidagi texnologik imkoniyat va ishchilarning malakasini inobatga olgan holda ishlab chiqarish tizimini to‘liq yuklanishini ta’minlaydi.