2.13-rasm. Skanerlar.
Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi:
Dastaki skanerlar
Planshetli skanerlar
Rolikli skanerlar.
Dastaki skanerlarning
tuzulishi juda oddiydir: ular qo`l
bilan tasvir
bo`ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o`tishda tasvir satrlarining ozgina
miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki
skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo`lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi
oshganligini operatorga bildirib turadi.
Planshetli skanerlar
еng ko`p tarqalgan; ularda
skanerlovchi kallak asl
nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan hujjatlarni
(kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4
o`lchamli) 2-10 sekund.
Rolikli skanerlar
еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi
kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko`pincha
hujjatlar avtomatik beriladi, lekin
skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Modem
(Modulyator-Demodulyator)
—
telefon tarmog`i
orqali boshqa
komp`yuterlar bilan axborot almashishni ta`minlaydi (2.14-rasm).
Modem - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni
to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish qurilmasidir.
Modem – axborotni uzatishda raqamli signalni analogli signalga, axborotni
qabul qilishda esa analogli signalni raqamli signalga o`zgartiradi.
Ko`pgina modemlar ma`lumotlarni uzatish jarayonini ta`minlashdan
tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham
bajaradi, jumladan:
tovushni
raqamlash
va
raqamlangan
tovushni
qayta
tiklash
operatsiyalari;
faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.
2.14-rasm. Modem.
Dostları ilə paylaş: