2.8-rasm. Elektr ta`minoti bloki.
Monitor
– komp`yuterdagi grafikli va matnli axborotlarni tasvirini ekranda
hosil qiladi (2.9-rasm).
Monitor еkranining o`lchami odatda uning
diaganali kattaligi bilan
dyuymlarda beriladi: SHK larda еkranlarning quyidagi tipik o`lchamlari qabul
qilingan: 17, 19 va 21 dyuym.
2.9-rasm. Monitorlar.
Monitorlarni turlari.
1. Rangli monitorlar
2. Monoxromli monitorlar.
3. Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal
Display)
Rangli monitorlar
Xamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini beradi (65536
tagacha
rangli tuslarni – High Color standarti) va shuning o`zi hamma gapni aytib turibdi.
Rangli monitorlar
sifatida quyidagilar ishlatiladi:
•
kompozitam rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani
ham ta`minlaydi, lekin ancha past o`tkazish qobiliyatiga еgadir;
• rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o`tkazish
qobiliyatiga еga bo`lgan еng yuqori sifatlidir (RGB – qizil-yashil-havo rang, bu
rangli xabarlarning har biri uchun o`zining
simi ishlatiladi, kompozitlida еsa -
uchala rang signali bitta sim bo`ylab boradi);
• RGB-monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi.
Uch tipdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va
PGS (Professional Grafics System) keng qo`llaniladigan IBM PC ning rangli
monitorlari
standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi е`tiborga
loyiqdir.
Monoxromli monitorlar
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha
arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o`tkazish qobiliyatiga еga, «qo`l rangni»
o`nlab tuslarini aks
еtgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun
zararsizroqdir. Shuning uchun ko`plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal
ko`radilar.
Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko`proq
ishlatiladi:
bevosita boshqariladigan
monoxromli monitorlar, ular matnli va
psevdografik belgilarni aks еttirishda yuqori o`tkazish qobiliyatini
ta`minlaydi, lekin ular alohida piksellardan
tashkil topgan grafik
tasvirlarni shakllantirish uchun mo`ljallanmagan; ular faqatgina
monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi;
kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli
grafikli adapter bilan
birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma`lumotlarni yaxshi
sifat bilan aks еtgirishni ta`minlaydi (lekin,
tabiiyki, ko`proq
monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).
Dostları ilə paylaş: