D
|
Burilish koordinatasi (rezervdagi)
|
E
|
Burilish koordinatasi (rezervdagi)
|
Cv
|
Vertikal shpindelni aylanishi
|
Ch
|
Gorizontal shpindelni aylanishi
|
Ξ
|
Strukturaviy texnologik formula (STF)
|
F
|
To’g’ri chiziqli harakat qiluvchi blokning tezligi (surishi)
|
Fb
|
To’g’ri chiziqli harakat qiluvchi blokning tez harakati
|
F2
|
Oddiy shakllanish: “nuqtadan nuqtagacha”
|
F3
|
Murakkab shakllanish, ikki yoki uch koordinatalar bo’yicha bir vaqtda boshqarish
|
F4
|
Universal shakllanish
|
α
|
Gorizontal tekislikka koordinatani qiyaligi (tegishli koordinataning indeksi ko’rinishida yoziladi)
|
β
|
Vertikal tekislikka koordinatani qiyaligi
|
Rzb
|
Rezba (rezba qadamining indeksi ko’rinishida yoziladi)
|
Fbt
|
Ohirida sekinlashadigan chiziqli tez harakatining tezligi
|
/
|
Qiyalik chiziqcha (ajratuvchi)
|
(
|
Kichik qavs (ochadigan)
|
)
|
Kichik qavs (yopadigan)
|
<>
|
Burchakli qavslar, masalan, < A > ̶ o’zgaruvchan qiymat
|
$
|
Keyingi satrga ko’chirish belgisi
|
[]
|
To’g’ri qavslar
|
. -
|
Moslik belgisi
|
: =
|
Metalingvistik belgi: “bu teng” yoki “ta’rif bo’yicha teng” ma’noni bildiradi
|
%
|
Boshlanish belgisi (masalan, stanokning yuklash/bo’shatish pozitsiyasi)
|
'
|
Apostrof (detalni tashuvchi blokni bildirish mumkin)
|
>̶
|
Keyin oldiga
|
̶<
|
Keyin orqaga
|
|
“Bizdan” harakat yo’nalishi
|
ʘ
|
“Biz tomon” harakat yo’nalishi
|
↑
|
Tepaga ko’chish
|
↓
|
Pastga ko’chish
|
Shartli grafika belgilari va sxemalari standartlashgan kinematikaviy, gidravlik va boshqa sxemalaridan tashkil topgan. Koordinataviy texnologik sxemalarida qo’llaniladigan ayrim shartli belgilar rasm 51 va 52 berilgan. Belgilar to’rt guruxga bo’lingan: 1) Np - qo’zgalmas bloklar (stanina, ustunlar, tumbalar va boshqalar); 2) Fb - frezerli bloklar (boshqa qo’zgalmas va harakat qiladigan bloklar birgalikda); 3) PB - boshqa qo’zg’aluvchi bloklar; 4) VB - yordamchi qo’zg’aluvchi bloklar.
Har qaysi qo’zgalmas blok o’ziga dastgohning barcha qo’zg’almas qismlarini birlashtirib, sxemada ularga tutashganqo’zg’aluvchi bloklar yo’naltirgichlarining shartli belgisini ifodaluvchi chiziq bilan ko’rsatiladi (rasm 51):
Np.1 - konsolsiz vertikal-frezalash dastgohining staninasi (frezalash kallakining yo’naltirgichlari bilan);
Np.2 - qo’zgalmas frezalash kallakli konsolsiz vertikal-frezalash dastgohining staninasi (frezaning surilishi pinol ko’chishi bilan amalga oshiriladi);
Np.3 - konsolli vertikal-frezalash dastgohining staninasi (chapda - konsolning stoli va salazkalari uchun yo’naltirgich, o’ngda - frezalash kallakni burish uchun graduslarga bo’lingan staninaning flanetsi);
Np.4 - maxsus vertikal frezalash dastgohi staninasining shartli belgilanishi, bunday dastgohda bo’ylama harakatni stol bajaradi, ko’ndalang harakatni esa frezalash kallak bilan polzun (sirpang’ich) amalga oshiradi;
Np.5 - vertikal parmalash dastgohining staninasi, yuqoridagi yo’naltirgichlar - support va revolver kallak uchun, pastdagi - salazkalar uchun;
Np.6 - tokarlik dastgohning staninasi.
Frezalash bloklarni boshqa qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi bloklar bilan tutashgan holda shartli belgilash printsipini quyidagi misollarda ko’rib chiqish mumkin:
FB.1 - frezelash kallak qo’zg’almas, surish harakatini shpindel pinoli bajaradi; S -shpindelni freza bilan aylanishi;
FB.2 - frezalash kallaki qo’zg’aluvchi, Z o’qi bo’yicha surish harakatini amalga oshiradi;
FB.3 - frezalash kallaki qo’zg’aluvchi, Z o’qi bo’yicha surish harakatini amalga oshiradi; shpindel gilzasi sozlovchi (qo’l bilan) w harakatiga ega;
FB.4 - frezalash kallakiY o’ki atrofida buriladi, surishni shpindel gilzasi bajaradi.
Boshqa PB va VB qo’zg’aluvchan bloklarining shartli belgilari 52-rasmda ko’rsatilgan va quyidagilarni bildiradi.
PB.1 - vertikal frezalash dastgohi Y1salazkalar va X1stolni tutalishi;
PB.2 - tokarlik dastgohi supportida bo’ylama Zva ko’ndalang Xsalazkalarini tutalishi;
PB.3 - konsolli frezalash dastgohining Y1salazkalari va r konsolni tutalishi;
PB.4 - o’zaro ko’ndalang stolli vertikal parmalash (yoki konsolsiz frezalash) dastgohining Y1salazkalari va Xstolini tutalishi;
PB.5 - qo’zgaluvchan Xblokiga o’rnatilgan wqo’zg’aluvchan blok bo’lish doirasi bilan tutalishi (wblokiningX o’qi bo’yicha burilishi qo’l bilan bajariladi, maksimal burilish burchagi ye ga teng);
PB.6 - salazkalar vertikal 1 va gorizontal 2 yo’naltirgichlari bilan, masalan, MS12-250 rusumli ko’p operatsiyali dastgohining supporti;
PB.7 - to’g’ri burchakli stol 2ga qurilgan buraladigan doiraviy stol 3 (1 - to’g’ri burchali stolning yo’naltirgichlari);
PB.8 - gorizontal shpindel kallakni koordinataviy texnologik sxemasida chap, o’ng yoki tepadadan ko’rinish bo’yicha belgilanishi;
PB.9 - prizmasimon yo’naltirgichli gorizontal shpindel kallakni koordinataviy texnologik sxemasida tepadadan ko’rinish bo’yicha belgilanishi;
PB.10 - shpindel kallak uchun prizmasimon yopiq yo’naltirgichli ko’zg’aluvchan kolonna 1;
PB.11 - gorizontal shpindel kallak 1 qo’zgaluvchan kolonna 2 bilan (3- stanina yo’naltirgichlari);
PB.12 - supportni ko’ndalang 3 yo’naltirgichlariga o’rnatilgan to’rt holatli avtomatik buriladigan keskich tutqichi 1 ketingi keskich tutqichi 2 bilan;
PB.13 - supportni ko’ndalang 2 yo’naltirgichlariga o’rnatilgan to’rt holatli V strelkasi bo’yicha avtomatik uzlukli buriladigan keskich tutqichi 1;
PB.14 - revolver kallakli 2 vertikal parmalash dastgohining shpindel bloki 1 asboblar 3 bilan;
Dostları ilə paylaş: |