2. Berilgan rdb dastgoh haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə7/9
tarix13.04.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#97511
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SHamsiddin yozuv

Rasm 4. Qo’zgaluvchan (PB) va yordamchi qo’zg’aluvchan bloklarning shartli belgilari
Yordamchiqo’zgaluvchan VB bloklarning shartli belgilari asboblarni avtomatik almashuvi qurilmalarini ta’riflashda qo’llaniladi (VB.1 - ikki tutgichli qo’l manipulyator bilan; VB.2 - disksimon asbob magazini; VB.3 - asbobiy revolver kallak).
STMni ta’riflovchi til tarkibiga quyidagilar kiradi:

Bulardan tashqari STMni ta’riflash hamda xizmat ko’rsatish qurilmalarining ishlashini ta’riflash uchun tsiklograflardan foydalaniladi. TSiklograf - bu xizmat ko’rsatish qurilmalari ishlashining davriy ta’rifidir. Xizmat ko’rsatish qurilmalari asboblar va detallar avtomatik almashuvi qurilmalari, avtomatik manipulyatorlar, sanoat robotlari va boshqalardan tashkil topgan.
Koordinataviy texnologik sxema (KTS) - bu dastgohning texnologik vazifasi, tarkibi, koordinat tizimi hamda harakatlanuvchi va qo’zg’almas organlarning o’zaro aloqadoligini ifodaluvchi shartli yassi tasvirdir. Eng avval KTS - bu ishlov berish texnologik sxemasining tasviri. Unda ishlov berilayotgan detal, kesish asbobi, ishchi organlarining shakl beruvchi va yordamchi harakatlari ko’rsatilishi lozim.
KTSda shartli belgilar yordamida ko’p o’lchovli ob’ektlar yassi ko’rinishda tasvirlanadi. Shu belgilar tufayli ko’p (3 va undan yuqori) koordinatali dastgohlar oddiy chizma yordamida tasvirlanadi.
KTS dastgohning oldi, tepa, chap yoki o’ng tomoni (qaysi biri tushunish uchun qulay, va maksimal darajada axborotga ega bo’lsa) ko’rinishida qurilishi mumkin.
Tokarlik dastgohlarning KTSi asosan tepa ko’rinishida, parmalash va frezalash dastgohlarining KTS oldi, chap yoki o’ng ko’rinishida qurilishi mumkin.
KTSda asbob tashuvchi harakatlanuvchi organlarining musbat koordinataviy yo’nalishlari ISO 841 standartiga ko’ra katta X, Y, Z, U, V, W, P, Q, R harflar, detalni tashuvchi organlarining musbat koordinataviy yo’nalishlari esa o’sha, faqat shtrixli (X1, Y1, Z1, U1va hokazo)harflar bilan belgilanadi.
Yordamchi harakatlarning koordinat o’qlari kichik (x, y, z, u, v, w …….) harflar bilan yoziladi.
X, Y, Z koordi nat o’qlari atrofidagi burilishlar A, B, C harflari, yordamchi harakatlar uchun esa kichik a, b, charfladi bilan belgilanadi.
Dastgohlarning KTSni tuzishdan avval quyidagilarni bilish lozim:

  1. Dastgohning texnologik vazifasi va komponovkasi (tuzilishi) bilan tanishib olish;

  2. Barcha shakl beruvchi va yordamchi harakatlarni aniqlash va ularni o’ng koordinat tizimiga bog’lab qo’yish;

  3. Ishchi va ijro etuvchi organlar harakatlarining musbat yo’nalishlarini aniqlash.

KTSni qurilishi ko’rinish turini belgilashdan boshlanadi:

  • KTSyu- tepadan ko’rinish;

  • KTSch - chapdan ko’rinish;

  • KTSo’ - o’ngdan ko’rinish;

  • KTSb - oldindan (bosh) ko’rinish.

Keyin detal va asbob ishlov berish jarayonidagi ko’rinishda tasvirlanadilar. Bunda detal shartli ravishda (“x” belgisi bilan) detalni tashuvchi organga, asbob esa shpindel yoki asboblarni tashuvchi organlarga (revolver kallak, asbob tutqichlari va hokazo) biriktiriladi. Shundan keyin asbob va detalni tashuvchi organlar ketma-ketlik tartibda boshqa organlar va stanina (qo’zgalmas blok) bilan tutashtiriladi. Koordinat o’qlarning (harakatlanuvchi bloklar) musbat yo’nalishlari va aylanishlari yuqorida qayd etilgan tavsiyalarga binoan ko’rsatiladi. Stanina boshqa qo’zgalmas bloklar bilan birgalikda “Np” deb belgilanadi.


Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin