2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/92
tarix11.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#68645
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

Takrorlash uchun savollar 
1. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat? 
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillarini sanab chiking? 
3. Naqd pulsiz hisob-kitoblar Markaziy bankning qaysi me’eriy hujjati asosida 
tashkil etiladi? 
4. To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning mazmuni va ahamiyati 
nimadan iborat? 
5. To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzallik va kachiliklari 
nimadan iborat? 
6. To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblardagi buxgalteriya 
provodkalarini ko’rsating? 
7. Aktseptning mazmuni va turlarining tavsifini keltiring? 
8. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzallik va kamchiliklarini 
sanab uting? 
9. To’lov talabnomasi bo’yicha operatsiyalar hisobining yuritilishi kanday 
tartibda amalga oshiriladi? 
10. Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarning mazmuni, kamchilik va afzalliklari 
nimalardan iborat? 
11. Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanish sxemasini 
ko’rsating? 
12. Inkasso topshirig’i bo’yicha hisob-kitoblarning xususiyatini tushuntiring? 
13. Tijorat banklarining hisob cheklari bo’yicha hisob-kitoblar kanday tashkil 
etiladi? 


65
3-Bob. Banklararo hisob-kitoblar va uning tqlov tizimidagi qrni 
 
1§. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni.
Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan 
korxona va tashkilotlar soni oshib, ular o’rtasidagi iqtisodiy va boshqa munosabatlar 
ham ko’payadi. Natijada ularga, xizmat ko’rsatuvchi muassasalar salmog’i ham o’sib 
borishi tabiiy holdir. Korxona va tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlarda vositachilik 
xizmatlarini bajarish banklar zimmasiga yuklatilgan.
Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o’z ichiga bir necha turdagi banklarni 
oladi. Bular aktsiyador, xususiy, qo’shma, impoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat 
banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona, tashkilot, 
muassasalarga hamda yuridik maqomga ega bo’lmagan tadbirkorlar va jismoniy 
shaxslarga xizmat ko’satadi. Banklar tomonidan halk xo’jaligiga xizmat ko’rsatish 
jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi. Banklararo munosabatlar 
banklararo hisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning 
mazmuni shundan iboratki, bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab 
qiluvchiga saqlanadigan hisobvarag’idan boshqa hisob varag’iga hujjatda ko’rsatilgan 
summa buxgalteriya yozuvlari orqali o’tkaziladi.
Demak, bir - birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarining hisob 
varaqalari turli banklarda joylashganligi ikkita bank o’rtasidagi hisob - kitoblarni 
yuzaga keltiradi. Agar o’zaro aloqada bo’lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank 
xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo oborotlar vujudga kelmaydi. Unda pul 
o’tkazish operatsiyalari bir bankning o’zida amalga oshiriladi.
Operatsiyalarni boshlagan bankdagi oborotlar boshlang’ich bank oborotlari 
deyiladi. Operatsiyalarni tugallangan bankdagi oborotlar yakuniy oborotlar deyiladi. 
Har bir boshlang’ich oborotga yakuniy oborot mos kelishi shart.
Respublikamiz banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish tartibi 
bir necha marta o’zgartirilgan. 
O’tgan asr 80-yillarining oxiri 90-yillarning boshlarigacha barcha banklar 
davlat mulki bo’lib bir pog’onali bank tizimi mavjud edi. Banklararo hisob-kitoblarni 
olib borish bevosita to’g’ridan-to’g’ri bir bankdan ikkinchi bankka to’lov hujjatlarini 
jo’natish orqali olib boriladi. Hujjatlarni jo’natish pochta yoki telegraf orqali amalga 
oshirilar edi. Buning uchun boshqa bankka jo’natilishi lozim bo’lgan hujjatlar asosida 
«avizo», ya’ni ogohnoma tuzilib kerakli bankka jo’natilar edi. Avizolar debet va 
kredit avizolarga bo’linardi. Boshlang’ich oborotlar 830 hisob varaqada (joriy yilning 
boshlangich avizolari) yakuniy oborotlar 840 hisob varaqada (joriy yilning yakuniy 
avizolari) olib borilar edi. Banklararo hisob-kitoblar hisoblash markazida nazorat 
qilinar edi. 
90-yillarning boshlaridan banklararo hisob-kitoblarni tashkil etish uchun hisob 
markazlari (raschetniy tsentr) bir yil o’tgandan so’ng ularning o’rnida kliring 
markazlari tashkil etildi. Lekin ularning nomi o’zgargani bilan funktsiyalari bir xil 
edi, ya’ni ular banklar o’rtasidagi hisob-kitoblarni tashkil qilar edilar. Bir shahardagi 
hisob-kitoblarni olib borish uchun 871-hisob raqami (Bir shahar ichidagi banklararo 
o’zaro hisob-kitoblar) dan foydalanilar edi. Turli shaharlarda joylashgan banklar bir-


66
birlariga vakillik hisobvarag’i ochib o’zaro munosabatlari shu hisob varaqalari orqali 
olib borilar edi.
1995 yilda Markaziy bank tomonidan xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni 
tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-
markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Kliring markazlari tugatildi. 
Pochta orqali jo’natiladitgan ogoxnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob 
tizimi «elektron pochta» to’lov tizimi joriy etildi.


67

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin