2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/92
tarix11.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#68645
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

Tayanch iboralar
Bank tizimi 
To’lov 
Tizim 
Xavfsiz 
Hisob-Kitob 
To’lov tizimi 
To’lov tizimi elementlari
Mexanizm
To’lov kafolati 
To’lov summasi
To’lov vositasi
Pul oboroti 
To’lov obroti 


17
Tizim ishtirokchisi 
Tizimdan foydalanish 
Markaziy bank 
Tijorat banki 
Nazorat savollar 
1. To’lov tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2. To’lov tizimi kanday elementlardan tashkil topgan? 
3. Qanday to’lov vositalarini bilasiz ? 
4. To’lov oboroti deganda nimani tushunasiz?
5. To’lov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilari kimlar?
6. O’zbekiston Respublikasi to’lov tizimini shakllanishining boskichlarini gapirib 
bering?
7. Markaziy bankning to’lov tizimidagi o’rni qanday? 


18
2 Bob. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va noto’lovlar muammosi. 
 
1§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi. 
Iqtisodiyotda yuzaga keladigan pulli munosabatlarda pul shakllaridan 
foydalanish xususiyatlari va to’lov usullariga ko’ra pul aylanishi naqd pulsiz 
aylanishga va naqd pulli aylanishga bo’linadi. Chakana savdo va aholigi pullik 
xizmat ko’rsatish asosan naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli 
aylanishga kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va 
shunga tenglashtirilgan to’lovlarni to’lash, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash, 
uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun aholi tomonidan olingan kreditni naqd 
pul ko’rinishida qaytarish bilan bog’liq to’lovlarning to’lanishi kiradi. 
Iqtisodiyotda bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi 
tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz xisob-kitob shakllari asosida olib 
boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko’p tarmoqli bank 
tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va 
uni tartibga solish nuqtai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining 
ko’payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo’ladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, turli mulkchilik shaklidagi korxona va 
tashkilotlarning tovar ayriboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalar 
bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul 
mablag’larini bir hisobvarag’dan ikkinchi hisobvarag’ga o’tkazish orqali amalga 
oshirilishi tushuniladi. 
Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma’lum tizim asosida olib boriladi. 
Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o’z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish 
tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish 
oldida qo’yilgan talablarni oladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining elementlarining har birini alohida 
ko’rib chiqamiz. 
1930-1932 yillarda o’tkazilgan kredit reformasi davrida kiritilgan va sobiq 
ittifoq davrida mavjud bo’lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi 
iqtisodiyotni 
boshqarishning ma’muriy- 
buyruqbozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi birinchi 
navbatda ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejalarini bajarish nuqtai nazaridan 
mahsulot sotuvchi korxona qiziqishlariga xizmat qilar edi. Naqd pulsiz hisob-
kitoblarni tashkil qilish tamoyillari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini 
bajarish uchun iqtisodiy qiziqishlar va 
javobgarligi chegaralangan, qat’iy qilib belgilangan edi. 
Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan: 
1. Bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi va ularning bajarilishi 
ustidan nazorat qiladi; 
2. To’lov vaqti qat’iy belgilangan

ya’ni barcha to’lovlar tovar jo’natilgandan 
yoki xizmat bajarilgandan so’ngina o’tkaziladi, avans to’lovlari, tijorat kreditiga 
ruxsat etilmas edi; 
3. To’lovchining roziligi - to’lov o’tkazilishining asosi sifatida tan olinadi; 


19
4. Qaysi sohada, qaysi hollarda naqd pulsiz xisob-kitob shakllarini 
ishlatilishi oldindan belgilab qo’yilgan, bank u yoki bu hisob-kitob shakllarini 
tanlashga aralashar edi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari to’lovchining to’lovga 
va kreditga layoqatlilik qobiliyatini hisobga olmas edi. 
Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyili mulkchilik 
shaklidan qatiy nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z mablag’larini bankdagi 
hisob varaqlarida saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o’tkazishlari 
lozimligini bildiradi. Bozor munosabatlari sharoitida hisob-kitoblarning bank 
orqali o’tkazilishi bozor ishtirokchilarining iqtisodiy mustaqilligi bilan qo’shib 
olib borilishi kerak. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamoyili shundan 
iboratki, mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mablag’larini ko’chirish

ularning 
topshirig’i yoki roziligiga asosan hisobvaraqdagi mablag’lar chegarasida 
bajariladi. 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining ishlab chiqilishi va joriy 
etilishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan mijozlarning hisobraqamlari 
bo’yicha operatsiyalar o’tkazish tartibi belgilangan. Hisobvaraqlardan 
mablag’larni o’tkazish, hisobvaraq egasining topshirig’i asosida bajariladi, 
mijozlarning buyrug’isiz hisobvaraqlardagi pul mablag’lari faqat sud qaroriga 
binoan, qonunda belgilangan tartibda bank va mijoz o’rtasidagi shartnomaga 
asosan ko’chirilishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi fuqorolik kodeksiga asosan mijozlarning 
hisobvaraqlarida barcha talablarni bajarishga pul mablag’lari etarli bo’lgan 
hollarda pul ko’chirilishi bo’yicha mijozning topshirig’i va boshqa hujjatlarning 
kelib tushishi tartibida hujjatlar to’lanishi lozim. Mijoz hisobvarag’ida barcha 
talablarni to’lashga mablag’lar etarli bo’lmagan taqdirda hujjatlarning to’lanishi 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999 yil 22 yanvardagi «xo’jalik 
sub’ektlarining bankdagi» hisobvaraqlaridan pul mablag’larni ko’chirish 
to’g’risidagi 104-V sonli qarori bilan tasdiqlangan yo’riqnomaga asosan olib 
boriladi. Agar mijoz bilan bank o’rtasidagi kredit shartnomasi tuzilgan bo’lsa 
to’lovlar bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning uchinchi tamoyili shundan 
iboratki, mablag’lar to’lovchining hisobvarag’idan o’chirilgandan so’ng 
oluchining hisobvarag’iga o’tkaziladi. Tijorat banklarining hisob cheklari 
bo’yicha pul o’tkazish bundan mustasno.
Hisob-kitoblar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi o’zaro 
e’tirozlar belgilangan tartibda bank ishtirokisiz ko’rib chiqilishi hisob-kitoblarni 
tashkil qilishning to’rtinchi tamoyilidir. Banklar o’z vaqtida to’lanmagan xujjatlar 
bo’yicha penyalarni hisoblash va undirishga javobgar emas. To’lovchi yuklab 
jo’natilgan mahsulotlar uchun o’z vaqtida to’lanmagan summaga hisoblangan 
penyani to’lovchi va mahsulot etkazib beruvchi o’rtasidagi tuzilgan xo’jalik 
shartnomasida ko’zda tutilgan tartibda to’laydi. Agar bank bilan mijoz o’rtasidagi 
penya hisoblash va undirish ko’zda tutilgan bo’lsa, bu holda bank o’z vaqtida 
to’lanmagan hujjatlar bo’yicha penya hisoblash va mahsulot sotuvchi korxona 


20
foydasiga undirib berishi mumkin. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borishning beshinchi tamoyili xisob-kitob 
shakllarini tanlash bilan bog’liq. Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi hamda 
tovar pul munosabatlari rivojlanishi sharoitida xo’jalik yurutuvchi sub’ektlarning 
faoliyati naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish xo’jalik idoralari tomonidan 
hisob-kitob shakllarini erkin tanlash tamoyilidan kelib chiqadi va ular xo’jalik 
shartnomasida mustahkamlanadi. Xo’jalik organlarining shartnomaviy 
munosabatlariga bank aralashmaydi. Bu tamoyil hisob-kitob ishtirokchilarining 
o’zaro munosabatlarining ijobiy natijalari uchun moddiy javobgarligini oshirishga, 
hisob-kitob va shartnomaviy munosabatlarni tashkil qilishda iqtisodiy 
mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oltinchi tamoyili to’lovning muddatliligidir. 
Bu tamoyil katta amaliy ahamiyatga egadir. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
to’lovning qanday muddatda kelib tushishi to’g’risidagi axborotga ega bo’lgan 
holda o’z mablag’larining aylanishini ratsional tashkil qilish
g
qarz mablag’lariga 
bo’lgan zaruratni hisoblab ko’rishi
g
shu bilan birga o’z balansining likvidligini 
boshqarib borishi mumkin bo’ladi. Mahsulot sotuvchi va oluvchi tomonlar 
kelishuviga ko’ra to’lovlar muddatli, muddatdan oldin hamda muddatli 
kechiktirilgan bo’lishi mumkin.
Muddatli to’lovlar quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
- Tovar jo’natilmasdan yoki xizmatlar bajarilmasdan oldin, bunday to’lovlar 
avans to’lovlari yoki oldindan to’lov ko’rinishida amalga oshiriladi. 
- Tovar jo’natilgandan keyin, ya’ni tovarni bevosita aktsept qilish yo’li bilan. 
- Yirik summaga tuzilgan shartnomalarda ko’rsatilgan summalarni bo’lib-
bo’lib to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Muddati uzaytirilgan to’lovlar belgilangan muddatda to’lovni amalga 
oshirolmay qolgan hollarda, to’lov muddatini qandaydir muddatga cho’zish
g
ya’ni 
yangi to’lov muddatini belgilashni bildiradi. Muddati uzaytirilgan to’lovlar 
tomonlarning moliyaviy ahvoliga zarar etkazmagan holda shartnomaviy 
munosabatlar doirasida bo’lishi lozim. 
Muddati kechiktirilgan to’lovlar to’lovchi korxonaning hisobvarag’idan 
hujjatda ko’rsatilgan summani to’lash uchun pul mablag’lari bo’lmagan holatda 
yuzaga keladi. Agar korxona bankdan kredit olish huquqiga ega bo’lmasa hujjat 
korxona hisobvarag’iga pul kelib tushgandan so’ngina belgilan tartibda to’lanadi. 
Yuqorida biz korxona va tashkilotlar o’z mablag’larini bankdagi 
hisobvaraqlarida saqlashlari lozimligi ta’kidlagan edik. Banklarda mijozlarga bir 
qator hisobvaraqlar ochiladi. Bular talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar 
bo’yicha hisobvaraqlar, jamg’armali depozitlar va muddatli depozitlar bo’yicha 
hisobvaraqlardir. Talab qilungunchaga saqlanadigan depozitlar bo’yicha 
hisobvaraqlar ilgarigi hisob-kitob hisobvaraqlarga tenglashtirilgan bo’lib, 
xo’jaliklarning barcha operatsiyalari aynan mana shu hisobvaraqlardan 
o’tkaziladi. Jamg’armali va muddatli depozitlar bo’yicha hisobvaraqlar xo’jaliklar 
tomonidan qo’shimcha daromad olish yoki pul mablag’larini asta-sekin 
ko’paytirib borish maqsadida ochiladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar 


21
vaqt o’tishi bilan o’zgarib borishi mumkin. Hozirgi kunda respublikada naqd 
pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va 
halqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari 
deyilganda huquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, pul mablag’larining mahsulot 
etkazib beruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlarning 
hisobvarag’iga yozish usuli
g
hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi 
tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. 
Korxonalar o’zlariga qulay bo’lgan hisob-kitob shaklini erkin tanlaydilar va 
uni o’zaro shartnomada mustahkamlab qo’yadilar. Naqd pulsiz hisob-kitoblar 
hozirgi kunda quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi: 

To’lov topshiriqnomasi; 

To’lov talabnomasi; 

Akkreditiv; 

Inkasso topshiriqnomasi; 

Hisob-kitob cheki; 

Memorial order; 

Plastik kartochkalar. 
Hisob-kitob shakllarining har birini keyingi paragraflarda batafsil ko’rib 
chiqamiz. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar oldiga bir qator talablar qo’yiladi. Hisob-
kitoblarni amalga oshirish jarayonlarida ularga amal qilish talab qilinadi. Bu 
talablar quyidagilar : 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin