22
iqtisodiyotining izdan chiqishiga olib keladi.
To’rtinchidan, majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Bu talab naqd pulsiz hisob-kitoblarning amalga oshirilishida majburiyat shartining
ya’ni shartnoma shartlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish
imkoniyatining mavjud ekanligidir.
Shu narsani ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to’lovlarni o’z vaqtida o’tkazilishi va tijorat banklari vakillik varaqalari holati
bo’yicha nazorat o’rnatgan. Bank vakillik varaqalarida mablag’ning etarli
bo’lmasligi yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z mijozlari talabini bajara olmasa tijorat
banklariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’riladi.
Bizning mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini
Markaziy bank belgilaydi va ushbu tartibning bajarilishi bo’yicha nazorat olib
boradi. Amaliyotda bunday tartibning joriy etilishi butun respublika miqiyosida
hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: