47
Inkasso topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblarda bajariladigan buxgalteriya
yozuvlari undiruvchi va to’lov to’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi banklarning
joylashuviga bog’liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo’limi xizmat ko’rsatsa,
inkasso topshiriqnomasini to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali bajariladi:
Debet «To’lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit» hisob
varag’i.
Kredit «Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit» hisob varag’i.
Hisob varaq nomerlari undiruvchilar va to’lovchilarning qaysi mulkchilik
shakliga tegishligiga ko’ra belgilanadi. Bu buxgalteriya yozuvi to’lovchi korxona
hisobvaraqlaridan mablag’larning undiruvchi tomonning bankdagi hisobvarag’iga
o’tkazilganligidan dalolat beradi.
To’lov to’lovchi va undiruvchi tomonlar bir shahar ichidagi turli banklar
xizmatidan foydalansalar, undiruvchi tomon inkasso topshirig’ini to’lovchi bankiga 3
nusxada topshiradi. Topshiriqnomaning to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilganligi, uning
barcha rekvezitlarining mavjudligi, shu bilan birga, to’lovchining hisob varag’ida
ushbu topshiriqnomani to’lash uchun pul mablag’larining etarliligi bank mas’ul
ijrochisi tomonidan nazorat qilinadi. Shundan so’ng, birinchi nusxa asosida quyidagi
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet «To’lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit» hisob
varag’i.
Kredit «To’lovchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisob varag’i».
To’lov elektron to’lov tizimi orqali Hisob Markaziga o’tkaziladi. Inkasso
topshiriqnomalarining boshqa nusxalari yuqorida ko’rsatib o’tilganga muvofiq
ishlatiladi.
To’lov to’lovchi va undiruvchi tomonlarga turli shahardagi turli banklar xizmat
ko’rsatsalar, undiruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank inkasso topshirig’ini ijro
hujjatlari bilan birgalikda pochta aloqasi orqali to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi
bankka jo’natadi. To’lovchining banki kelib tushgan hujjatlarning to’lanishi
mumkinligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirib yuqorida buxgalteriya
yozuvini o’tkazadi va elektron to’lov tizimi orqali Hisob Markaziga to’lovni
jo’natadi. Hisob Markazi orqali to’lov undiruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankning
vakillik hisobvarag’iga kelib tushadi. Bir vaqtning o’zida kelib tushgan pul
mablag’lari undiruvchi tomonning hisobvarag’iga o’tkaziladi. Bu operatsiya kuyidagi
buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
Debet «Undiruvchiga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisobvarag’i»
Kredit «To’lovni undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit»
hisobvarag’i.
Undiruvchi bankida elektron to’lov tizimi orqali qabul qilingan elektron
inkasso topshiriqnomasi 2 nusxada qog’ozga chiqariladi. Ularning birinchi nusxasi
bankning muhr izi va mas’ul ijrochining imzosi qo’yilib, kunlik hujjatlar yig’masiga
tikiladi. Ikkinchi nusxasi esa bank muhr izi va mas’ul ijrochining imzosi qo’yilgan
holda undiruvchining hisob varag’iga ilova qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: