2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Ishlab chiqarilgan materiallariga qarab



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/145
tarix27.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#51645
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   145
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

1. Ishlab chiqarilgan materiallariga qarab: 
•  Qog’ozli (kartonli); 
•  Plastik; 
•  Metall. 
2. Kartaga ma’lumotlar yozilishiga qarab: 
•  Grafik yozuv; 
•  Shtrix-kodlashtirish; 
•  Magnit chiziqdagi kodlashtirish; 
•  Chip; 
•  Lazer yozuv. 
3. Emitentlariga qarab: 
•  Bank kartochlari; 
•  Xususiy kartochkalar; 
4. Mijozlarga 
qarab: 
•  Oddiy karta; 
•  Kumush karta; 
•  Oltin karta; 
•  Elektron karta. 
Texnik belgilariga qarab kartochkalar 2 yirik turga bo’linadi: 
1. Magnit lentali kartochkalar. Hozirgi paytda kartochkada 4 ta magnit yo’l 
bo’lishi mumkin. Ularning birida kartochka nomeri, amal qilish muddati, ish kodi, 
shaxsiy kodni tekshiruvchi zona, bo’sh kodlar joylashadi. Chiziq o’zida egasining 
ismi va anologik ma’lumotni aks ettiradi. Frantsiyada 2 chiziq T2 va T3 chiziqlari 
ishlatiladi. Chunki bir yozilgan ma’lumot boshqa o’zgarmaydi. Shuning uchun har bir 
hisob-kitobda mijozning schetida mablag’ bo’lishini tekshirish uchun va u yoki bu 
summada to’lovni amalga oshirishga ruxsat olish uchun kartochkaniing 
identifikatsiyasini amalga oshiruvchi avtorizatsiya markazi bilan bog’lanish kerak. 
Eng asosiy kamchiliklardan biri, ma’lumotni yangilash imkoniyati yo’q va magnit 
chiziq tez ishdan chiqadi. Shuning uchun ham bank kartochkaning 1 yillik ishigagina 
kafolat beradi. Bu kamchiliklardan elektron kasheleklar ya’ni smart - kartalar xolidir. 
2. Mikrosxema o’rnatilgan kartochkalar, «smart kartalar». Ular 1974 yili 


 
124
frantsuz injeneri Rolan Monero tomonidan yaratilgan o’z o’rnida smart kartalar 2 
turga bo’linadi: 
- xotirali kartalar ularda PZU mikrosxemalar o’rnatiladi hajmi 32 Bt dan 8 
Kbtgacha. 
- asl smart kartalar tarkibida mikroprotsessor xotira ma’lumotning kirim-chiqim 
qurilmasi, shuningdek o’z operatsion tizimini o’zida mujassam etgan mikrosxema 
bilan ta’minlangan. 
Smart kartalar o’z ishonchliligi va ishlatish xarakteristikasi bilan oddiy magnit 
kartalardan ustun turadi. 
Smart kartalar of-layn rejimida ishlaydi Smart 
kartalarning ishlashi moliyaviy ta’minlangan mijozlarning xaridini nazorat qilishga 
yordam beradi. Kartochka egasi tomonidan kartochkaga ma’lum mablag’ yoziladi. 
Sotib olingan tovar uchun to’lov rider orqali amalga oshiriladi u kartada bor 
mablag’larni tekshiradi va kerakli summani oladi. 
Hozirgi vaqtda 200 dan ortiq davlatlarda plastik kartochkalardan to’lov hisob-
kitoblarda foydalanilmoqda.  
Plastik kartochkalarning bunchalik ommaviyligining sababi nimada, uning 
afzaliklari nimadan iborat degan savollar tug’iladi. Uning afzalliklari albatta 
ommaviyligini ta’minlaydi. Ular quyidagilardan iborat. 
1.  Xavfsizlikning pasayishi, ya’ni foydalanuvchi o’zi bilan juda ko’p 
miqdorda naqd pul olib yurmasligi, boshqa tomondan to’lovni tezda amalga 
oshirishi. 
2.  Valyuta konvertatsiyasidan xavotir olmaslik, buni bankning o’zi amalga 
oshiradi. 
3.  Byudjet rejasi va nazorati yanada oshadi. 
4.  Plastik kartochka yo’qolsa, bankka xabar berib o’z hisob-kitob raqamini 
muzlatib qo’yish mumkin. 
5.  Bankka qo’yilgan qo’yilmalarga bank foiz tulaydi. 
6.  Kartochka egasi naqd pul egasidan ko’proq savdoni amalga oshirishi 
mumkin va hakazolar. 
Plastik kartochkalarining o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Mijozlar uchun 
kredit kartochkalarining salbiy tomoni shundaki, u xarajatlar bilan bog’liq bo’ladi. 
Ular quyidagilar: 
1.  Plastik kartochka yaratgan afzalliklar uchun haq to’lanishi kerak bo’ladi. 
2.  Kartochka hamma magazinlar savdo va xizmat ko’rsatish doirasida xizmat 
qilavermaydi. 
3.  Kartochkadan faqat 18 yoshga to’lganlar foydalanishi mumkin. 
Kredit kartochkaga ega bo’lishi uchun avval bank mijozga bir qancha savollar 
majmuasidan iborat maxsus blanka to’ldirishini talab etadi.  
Unda mijoz haqida, uning moliyaviy ahvoli haqida savollar mavjud bo’ladi. 
Ana shu manbalarga asoslanib, bank moliyaviy ahvolga e’tibor berib, saldo 
belgilaydi. Agar mijozning moliyaviy ahvoli bankni qanoatlantirsa mijoz kredit 
kartochka egasiga aylanadi.  
Mana shu kabi jarayonlar O’zbekistonda ham rivoj topmoqda. Deyarli mavjud 
barcha banklarning hammasida plastik kartochka emissiyasi mavjud. Bu borada 


 
125
«O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki», «Tadbirkor bank», «Asaka 
bank» kabi banklar boshqa banklarga nisbatan bu kabi kredit kartochkalar emissiyasi, 
kartochka turlari ko’pligi bilan ajralib turadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin