Uyqu psixogigiyenasi
Insonning ish qobiliyati uchun uyquning miqdori, sifati va doimiyligi muhim ahamiyatga ega. Kam uxlash yoki uxlay olmaslik xotiraning yomonlashuviga, yomon kayfiyat va boshqa psixik buzilishlarga olib keladi, diqqatni to‘play olmaslikda namoyon bo‘ladi. Aksincha, doimiy yaxshi uxlash psixikaning ish qobiliyatini oshiradi. “I.P.Pavlov uyquni nerv sistemasi qutqaruvchisi”, Shekspir “ruh balzami”, Aristotel “hayot xizmatkori” deb bejiz aytishmagan. Uyqusizlik yoki uzoq vaqt yaxshi uxlamaslik salbiy o‘zgarishlarga, masalan, yurak-qon-tomir kasalliklariga, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Uyqu bu bosh miya po‘stloq hujayralarining faol tormozlanish jarayonidir. Miyaning ma’lum markazlari uyquning o‘z vaqtida kelishiga javob beradi, bosh miya po‘stloq hujayralari charchashning odini oladi. Lekin po‘stloq ostidagi ko‘p hujayralar uyqu vaqtida ham ishlashni davom ettiradi. Ularning ba’zilari po‘stloqdagi tormozlanish holatini mustahkamlaydi, boshqalari esa organizmning hayoti uchun muhim jarayonlar
– yurak faoliyati, nafas olish, moddalar almashinuvi kabilarning ishini ta’minlaydi. Uyqu jarayoni chuqur uyqu va tush ko‘radigan uyqu bilan doimiy almashishda kechadi. Chuqur uyquni “qisqa to‘lqinlar uyqusi” ham deb atashadi, chuki elektroensefalogramada (EEG) po‘stloqning bioelektrik faolligi qisqa to‘lqinlarda namoyon bo‘ladi. Tush ko‘riladigan
uyquda EEGda yuqori chastotali to‘lqinlar paydo bo‘ladi. Bunday uyqu ”tez to‘lqinlar uyqusi” deb ataladi, bu bosqichda inson qattiq uxlasa-da, tetiklik vaqtdagi to‘lqinlarga o‘xshaydi. Tush ko‘rayotgan vaqtda inson ko‘zi tez-tez harakatlanadi. Parodoksal uyqu (tush ko‘radigan) umumiy uyqu davomiyligining 20-30%ini tashkil etadi. Parodoksal uyquning birinchi bosqichi uxlagandan so‘ng 40-90 daqiqadan so‘ng boshlanadi, taxminan
bir xil intervalda 4-6 marta takrorlanadi. Parodokal uyquning davomiyligi 5-20 daqiqa. Uyquning sifatini baholashda tush ko‘riladigan uyquga katta ahamiyat beriladi. Chaqaloqlarda ortodoksal (tush ko‘rmaydigan) va parodoksal uyqu nisbati 8:8 ga teng.
Qariyalarda uyquning umumiy davomiyligi kamayganda bu nisbat 5:1 ga teng bo‘ladi.
Yavanovich tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, 5 kun uxlamagan insonlarga, uxlash imkoniyati berilganda, ularda parodoksal uyqu 2 martaortgan. Tajriba ishtirokchilarini tush ko‘radigan bosqichdan mahrum qilingandagi psixik jarayonlarning buzilishi kuzatilgan. Shunday qilib, tush ko‘riladigan uyqu – eng yaxshi uyqudir. Buni boshqa tadqiqotchilarning
natijalari ham tasdiqladi. Masalan, rus fiziologlari Baxur va Semenov tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, uyqu dorilar va alkogol tush ko‘riladigan uyqu bosqichlarini qisqartiradi va uyqu sifatini pasaytiradi. Bu vositalar miya tetikligi tizimiga ta’sir qilsa-da, ular tush ko‘riladigan uyquning boshlanishiga halaqit beradi. Kechasi uyqu dorilar ichgan insonlar ertasiga ertalabo‘zlarini charchoq, uxlamagandek, his qiladilar. Barcha uyqu dorilar uxlashga yordam beradigan narkotiklar hisoblanadi. Pragada o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, kechqurun uyqu dori ichgan insonlarda xotira va diqqatni bir joyga to‘plash uchdan bir qismga pasayadi. Uyquga ketishdan oldin, kofeini bor ichimliklar istemol qilish ham uxlashga to‘sqinlik qiladi. Kofeinning ta’siri 6 soat saqlanadi. Yaxshi uxlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak. Xona salqin, qorong‘iroq, yaxshi shamollatilgan bo‘lishi lozim. Kechki ovqat yengil va foydali bo‘lishi, to‘yib olib uxlamaslik lozim. Televizordan detektiv filmlarni ko‘rish, vijdon azobi bilan bog‘liq nizolar uyquga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar qatoriga kiradi. So‘nggi vaqtlarda kun davomida 10-15 daqiqalik qisqa uyqular qiziqish uyg‘otmoqda. Bunday uyqu ish unumdorligini oshiradi. Asosan ayollar ishlaydigan korxonalarda bunday qisqa uyqu bo‘lsa, ish unumdorligi kechgacha pasaymagan, bunday uyqu bo‘lmasa, kunning ikkinchiyarmida mehnat unumdorligi pasaygan. Insonning ish qobiliyati uchun uyquning miqdori, sifati va doimiyligi muhim ahamiyatga ega. Kam uxlash yoki uxlay olmaslik xotiraning yomonlashuviga, yomon kayfiyat va boshqa psixik buzilishlarga olib keladi, diqqatni to‘play olmaslikda namoyon bo‘ladi. Aksincha, doimiy yaxshi uxlash psixikaning ish qobiliyatini oshiradi. “I.P.Pavlov uyquni nerv sistemasi qutqaruvchisi”, Shekspir “ruh balzami”, Aristotel “hayot xizmatkori” deb bejiz aytishmagan. Uyqusizlik yoki uzoq vaqt yaxshi uxlamaslik salbiy o‘zgarishlarga, masalan, yurak-qon-tomir kasalliklariga, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Uyqu bu bosh miya po‘stloq hujayralarining faol tormozlanish jarayonidir. Miyaning ma’lum markazlari uyquning o‘z vaqtida kelishiga javob beradi, bosh miya po‘stloq hujayralari charchashning odini oladi. Lekin po‘stloq ostidagi ko‘p hujayralar uyqu vaqtida ham ishlashni davom ettiradi. Ularning ba’zilari po‘stloqdagi tormozlanish holatini mustahkamlaydi, boshqalari esa organizmning hayoti uchun muhim jarayonlar
– yurak faoliyati, nafas olish, moddalar almashinuvi kabilarning ishini ta’minlaydi. Uyqu jarayoni chuqur uyqu va tush ko‘radigan uyqu bilan doimiy almashishda kechadi. Chuqur uyquni “qisqa to‘lqinlar uyqusi” ham deb atashadi, chuki elektroensefalogramada (EEG) po‘stloqning bioelektrik faolligi qisqa to‘lqinlarda namoyon bo‘ladi. Tush ko‘riladigan uyquda EEGda yuqori chastotali to‘lqinlar paydo bo‘ladi. Bunday uyqu ”tez to‘lqinlar uyqusi” deb ataladi, bu bosqichda inson qattiq uxlasa-da, tetiklik vaqtdagi to‘lqinlarga o‘xshaydi. Tush ko‘rayotgan vaqtda inson ko‘zi tez-tez harakatlanadi. Parodoksal uyqu (tush ko‘radigan) umumiy uyqu davomiyligining 20-30%ini tashkil etadi. Parodoksal uyquning birinchi bosqichi uxlagandan so‘ng 40-90 daqiqadan so‘ngboshlanadi, taxminan bir xil intervalda 4-6 marta takrorlanadi. Parodokal uyquning davomiyligi 5-20 daqiqa. Uyquning sifatini baholashda tush ko‘riladigan uyquga katta ahamiyat beriladi. Chaqaloqlarda ortodoksal (tush ko‘rmaydigan) va parodoksal uyqu nisbati 8:8 ga teng.
Qariyalarda uyquning umumiy davomiyligi kamayganda bu nisbat 5:1 gateng bo‘ladi.
Yavanovich tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, 5 kun uxlamagan insonlarga, uxlash imkoniyati berilganda, ularda parodoksal uyqu 2 martaortgan. Tajriba ishtirokchilarini tush ko‘radigan bosqichdan mahrum qilingandagi psixik jarayonlarning buzilishi kuzatilgan. Shunday qilib, tush ko‘riladigan uyqu – eng yaxshi uyqudir. Buni boshqa tadqiqotchilarning
natijalari ham tasdiqladi. Masalan, rus fiziologlari Baxur va Semenov tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, uyqu dorilar va alkogol tush ko‘riladigan uyqu bosqichlarini qisqartiradi va uyqu sifatini pasaytiradi. Bu vositalar miya tetikligi tizimiga ta’sir qilsa-da, ular tush ko‘riladigan uyquning boshlanishiga halaqit beradi. Kechasi uyqu dorilar ichgan insonlar ertasiga ertalab o‘zlarini charchoq, uxlamagandek, his qiladilar. Barcha uyqu dorilar uxlashga yordam beradigan narkotiklar hisoblanadi. Pragada o‘tkazilgantadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, kechqurun uyqu dori ichgan insonlarda xotira va diqqatni bir joyga to‘plash uchdan bir qismga pasayadi. Uyquga ketishdan oldin, kofeini bor ichimliklar istemol qilish ham uxlashga to‘sqinlik qiladi. Kofeinning ta’siri 6 soat saqlanadi. Yaxshi uxlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak. Xona salqin, qorong‘iroq, yaxshi shamollatilgan bo‘lishi lozim. Kechki ovqat yengil va foydali bo‘lishi, to‘yib olib uxlamaslik lozim. Televizordan detektiv filmlarni ko‘rish, vijdon azobi bilan bog‘liq nizolar uyquga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar qatoriga kiradi. So‘nggi vaqtlarda kun davomida 10-15 daqiqalik qisqa uyqular qiziqish uyg‘otmoqda. Bunday uyqu ish unumdorligini oshiradi. Asosan ayollar ishlaydigan korxonalarda bunday qisqa uyqu bo‘lsa, ish unumdorligi kechgacha pasaymagan, bunday uyqu bo‘lmasa, kunning ikkinchiyarmida mehnat unumdorligi pasaygan. XXI asr ilm fanining eng muvaffaqiyatli yechim topayotgan tibbiy- biologik muammolari orasida uyqu muammosi birinchilar qatorida tilgaolinishi lozim. So‘nggi o‘n yillik tadqiqotlari uyqu mexanizmlari, uning yuzaga kelish sabablari, bedorlik bilan bog‘liqligi, morfologik substrati, turli uyqu bosqichlari xususiyatlari, uning psixogigiyenik mohiyatito‘g‘risida yangi tasavvurlar berdi. Bu qonuniyatlarning ochilishi eksperimentning zamonaviy metodik imkoniyatlari – butun uyqu jarayonida ensefalografiyadan foydalanish bilan yengillashadi. Biroq uyqu – bedorlik biomaromining qismi sifatida ko‘riladigan, uyqu to‘o‘risidagi qarashlar o‘zgarishi ham yaxshigina ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda onirologiya (uyqu to‘g‘risidagi fan)ning asosiy fazalari uyqu–bedorlik biomaromi tabiat maromlarining eng murakkab tizimlaridan biri bo‘lib, faqat ularning asosida a’zolar va organizmning bir butun holda funksiyalarini uzoq vaqt saqlash va qayta tiklash mumkinbo‘lgan biologik mohiyatga ega ekanligini ilgari suradi. Sutkali maromlar murakkab maromlar tizimida o‘ziga xos ahamiyatga ega. U endogen, tashqi muhitga nisbatan boo‘liq bo‘lmagan ritmik jarayonlarni tashqi muhitning ekzogen geofizik omillari bilan bir vaqtda kechishini, shuningdek organizmning tashqi sharoitga mos ravishda moslashuvini ta’minlaydi. Sutkali marom organizmning ko‘plab funksiyalari ko‘rsatkichlari tebranishida namoyon bo‘ladi: tana harorati, puls, nafas olish chastotasi, arterial qon bosimi, adrenalin sekretsiyasi, ishlash qobiliyati, ichki ko‘z bosimi, intellektual faoliyat mahsuldorligi va h.k. Bu marom S.Richter bo‘yicha uch mexanizm bilan ta’minlanadi: “periferik soatlar” alohida hujayralarda joylashgan bo‘lib, DNK bilan bog‘liq, ularning faoliyati organizmning barcha funksiyalari tebranishlarining bioximik asosihisoblanadi; periferik “biologik soatlar” faoliyati gipotalamik sohada joylashgan gomeostatik soatlar bilan boshqariladi; ritmik jarayonlarni boshqarishning shartli reflektor tarkibiy qismi bosh miya po‘stlog‘i bilan boo‘liq. Bu mexanizmlarning faoliyati turli funksional ahamiyatga ega uyquning ketma-ket kirib kelishini va ensefalografik alomatlarnita’minlaydi. Chuqurlashayotgan uyqu holati alfa-to‘lqinlari amplitudasining kichrayishi va sekin asta g‘oyib bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi A bosqich, beqaror past amplitudali faolllikka ega V1 bosqichi va yakka teta- va delta- to‘lqinlari va K- to‘plamlariga ega V2 bosqichini o‘z ichiga oladi. Yengil uyquga S bosqichi xos.Chuqur uyquda (D bosqichi) sust to‘lqinlar amplitudasi 200-300 mk V gacha ortadi. Delta-to‘lqin ko‘rinishidagi sust faolligi ustun bo‘lgan juda chuqur uyqu (Ye bosqich) ko‘zlarning tezkor harakati bosqichi bilan almashib, bu bosqich tezkor yoki paradoksal uyqu deb nomlanib, bu vaqtda ensefalogrammada past amplitudali yakka teta-to‘lqin , sustlashgan alfa- marom guruhlari va “arra- shakli” monofazali to‘lqinlar chaqnashiyuzaga keladi. Sust va g‘ayritabiiy uyqu manzarasi tun davomida bir necha marta bir- biri bilan o‘rnini almashadi. Shunday qilib, uyqu- bu organizmning o‘ziga xos holati va faoliyati bo‘lib, ularning asosi xujayralarning halqali bioximik jarayonlari hisoblanadi va ular markaziy nerv tizimining sinxronlashtiruvchi va faollashtiruvchi tuzilmalar tipologiyasi- XX asr fiziologiyasi va morfologiyasining eng muhim yutuqlaridan biridir.
Zamonaviy tizimning shakllanish jarayonida uyqu haqidagi farazlar inkor etilgan yoki avvalroq ilgari surilgan gipotezalar qatoridan joy olgan. Reoensefolografiyadan foydalanish miya tomirlarining qonga to‘lishdarajasini aniqlash va na kuchaytirilgan qon to‘lish, ilgari tahminqilinganidek, na miya anemiyasi uyqu sabablari bo‘la olmasligini belgilash imkonini berdi (uyqu davomida bemorligiga nisbatan kichik yoki kuchaytirilgan qon to‘lish davri mavjud). Uyquning vujudga kelish sababi sifatida organizmda toksik mahsulotlari to‘planishini ilgari surgan gumoral- ximik nazariya ko‘p marta tekshirildi. Bu tadqiqot natijalari qarama-qarshiligicha qolmoqda. Qonga charchagan hayvonlar miyasi ekstrakti
patologik uyquchi kasallar yoki orqa miya suyuqligini yuborish retsepiyent- hayvonlarda uzoq davom etuvchi uyquni yuzaga keltirdi va gumoral nazariyafoydasiga so‘zlaydi. Biroq unga qarshi bitta bo‘lib qo‘shilib rivojlangan egizaklarda uyquning turli vaqtda kelishi guvohlik beradi. Hozirgi vaqtda uyqu paytida miyada konsentratsiyasi ortib ketuvchi biologik faol moddalar–atsetilxolin, gamma-aminamoyli kislota, serotinin va boshqalarning ahamiyati o‘rganilmoqda. Ularning ta’siri bosh miya neyronlarining sinxronlashtiruvchi va faollashtiruvchi tizim ishidagi meditorlik ahamiyati doirasida ko‘riladi. Bugungi kunda
bedorlik holatini tutib turishda analizatorlar ahamiyati shu narsa bilan izohlanadiki, periferiyadan kelayotgan impulslar oqimi miya sopi retikulyar formatsiyasining faoliyatini kuchaytiradi, uning to‘xtashi esa, uyquning vujudga kelishini ta’minlaydi. Uyqu markazlarini qidirishga qaratilgan klinik va eksperimental ishlar, XX asrning birinchi yarmidayoq, keyinchalik bosh miya sinxronlashtiruvchi tizimining murakkab tuzilmasiga birlashtirilgan alohida sohalarni ajratish imkonini berdi. Uyqu–bedorlik biomaromini ta’minlashda asosiy rolni faollashtiruvchi va sinxronlashtiruvchi tizimlarga qaratib, zamonaviy fiziologiya, gipogen apparatlarni o‘z ichiga olgan omillarga ichki vegetativmarom, informatsion zo‘riqish, u tufayli yuzaga keladigan charchoqva shartli reflektor omillar (yorug‘lik, shovqin, kun tartibi, uyqu) to‘plamikiradi, deb hisoblaydi. Psixogigiyena uchun uyquning funksional vazifasi to‘g‘risida gizamonaviy tasavvurlar juda muhimdir. Asr boshida I.P.Pavlov tomonidan uning saqlash funksiyasi ta’kidlangan. Lekin asr boshida uyqu dezintoksikatsiya davri va miya neyronlari bilan oldinda turgan faoliyat uchun zarur bo‘lgan energetik resurslar to‘plash usuli sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib maxsus eksperiment tadqiqotchilari uyqu bilan bir qatorda uning alohida bosqichlari bilan ham boo‘liq hayotiy muhim jarayonlar to‘g‘risida gapirish imkonini beradi. Zamonaviy tasavvurlarbo‘yicha uyqu vaqtida bosh miya hujayralarida, na hujayra tuzilmasining morfologik doimiyligi, na ularning ishlashi mumkin bo‘lgan faol reparativ jarayonlar kechadi. Sust uyqu vaqtida faol jarayonlar asosan neyrologiya hujayralarida kechadi, g‘ayritabiiy uyqu vaqtida esa neyronlarning o‘zida kechadi, deb hisoblashadi (Demin N.M., Kogan A.B., Monseyeva N.I.). Ko‘ngillilarni kuzatish natijalari shuni ko‘rsatdiki, organizmni uyqudan ayirganda birinchi galda markaziy nerv tizimi azob chekadi: charchoq yuzaga keladi va ortadi, ixtiyoriy diqqat buziladi, emotsional beqarorlik va psixosensor siljishlar yuzaga keladi, ong buziladi, gallyutsinatsiyalar yuzaga keladi. X1X asr oxirida M.M.Manasseina itlardao‘tkazgan so‘nggi vaqtlarda esa M.Mancha maymunlarda o‘tkazgan tajribalarida shuni ko‘rsatdiki, uzoq vaqt uyqusizlik hayvonlarni miyaga qon quyilishiga eng muhim a’zolar (yurak va buyrak) degeneratsiyasi bilan boo‘liq o‘limga olib keladi va hatto yetilmagan, yosh organizmga salbiy ta’sir etadi. Ayniqsa, muhim ahamiyat tadqiqotchilar tomonidan uyquga, uning ijodiy jarayonlar va shaxs uyo‘unlashuvida ishtirokiga beriladi. G‘ayritabiiy uyqu zamonaviy qarashlarga ko‘ra, shaxsning ichki muammolarini o‘zida aks ettirgan va ongsiz holda boshqariladigan tushlar mexanizmi bilan bog‘liq. Insonni bu boshqaruvdan judo etish emotsional va psixik faoliyat buzilishiga olib kelishi mumkin. Namoyon bo‘luvchi uyquning faol xususiyatiga urg‘u berib, zamonamiz tadqiqotchilari, uyqudagi ta’lim va ijodiy faoliyat imkoniyatlarini tan oladilar. Italyan tadqiqotchisi Parmedjiani uyquning bu vazifasini tavsiflab deydi: “jamiyat bir butun holda uxlashni to‘xtatganda edi, u o‘zining ijodiy qobiliyatlari va xayolatini keskin qisqartirgan bo‘lardi, uyqusiz jamiyat inqirozga yuz tutib, nevrozlar tartibsizligi botqog‘iga botgan bo‘lard Hozirgi kunda uyquga individual tajriba orttirishda ham maxsus ahamiyat berilmoqda: aytishlaricha, aynan tush jarayonida kun davomida olingan axborotni saralash va uni qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‘tkazish yuz beradi. Asosiy ijtimoiy faoliyat o‘qish bo‘lgan bolalar uchun bu jarayonlar ayniqsa muhim. Keltirilgan dalillar uyquning bolalar va o‘smirlar uchuneng muhim psixogigiyenik ahamiyati va uning buzilishlari xavfi to‘g‘risida guvohlik beradi. Uyquning psixogigiyenik ahamiyati ko‘pchillik tadqiqotchilar tomonidan tan olinib, uning bolalik davrida o‘ziga xos ahamiyati ta’kidlab o‘tiladi, uning zaruriy yosh me’yori to‘g‘risidagi ma’lumotlari hali yetarli ilmiy asos topganicha yo‘q. A.M. Veyn hozirgi kunda qabul qilingan quyidagi uyqu faoliyati me’yorlarini keltirib o‘tadi. Chaqaloqlar uchun (1 oygacha)- 22 soat, 1-2 yoshdagi bolalar uchun 16-18 s, 3-4 yoshdagilar uchun – 14-16 s, 4-6 yoshdan - 13-15 s, 6-9 yoshdan 12-10 s, 9-13 yoshdash 8-10 s, o‘spirin yoshdagilar uchun 14- 19 yoshda – 8-9 s, kattalar uchun (20-30 yosh) 6-8 s, 30-40 yosh uchun – 5-7 s. Uyqu me’yorlari to‘g‘risidagi masala tobora tadqiqotchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Uyqu vaqtini qisqartirish, tabiiyki, bedorlik vaqtininguzayishi, kishining mehnat faolligini ortishiga olib kelgan bo‘lardi. Hech qanday notinchlikni his qilmay juda kam uxlaydigan kishilarning mavjudligi to‘g‘risidagi dalillar uyqu me’yorlarini qayta ko‘rish fikriga olib keladi. R.Meddis “Harakatsizlik nazariyasi”ni ilgari surib, unga muvofiq uyqu zamonaviy kishi uchun umuman “atavizm” hisoblanadi. O‘z fikrini asoslab, muallif deydiki, uyqu jonivorlar va inson uchun boshida 2 sabab tufayli zarur edi: 1) uyqu jarayonida kelasida ishlatish va oziq ovqat topish uchun quvvat to‘plangan, 2) uyqu harakatsizlik va dushmangabilinmasligi hisobiga tirik organizmni sustroq himoya qilgan. Zamonaviy jamiyatda mehnatning o‘ziga xos xususiyati o‘zgardi, endilikda u kamroq quvvat talab qiladi, uning faoliyat uchun yetarlicha to‘planishi bedorlik jarayonida amalga oshadi. Uyquning sust-himoya vazifasi ham umuman biologik ahamiyatini yo‘qotadi. Eng zarur jarayonlar uyquda juda tez kechishi mumkinligi to‘o‘risida ko‘ngillilar ustidan kuzatishlar guvohlik beradi: uyqusizlik sababli yuzaga kelgan xulqning gallyutsinatsiyaga qadar buzilishlarida funksiyalarni qayta tiklash uchun bir necha soat to‘liq uyquning o‘zi yetarli. Biroq uyqu baribir zarurdir. Bugungi kunda, uyquning biologik ahamiyati kamayishi emas, balki uning reperativ jarayonlarning individual tezligi, uyquning yosh me’yorlari asosini, uning yetarligini baholovchi mezonlarni ajratishni ta’minlovchimexanizmlari xususiyati va davomiyligi chegarasini o‘rganish to‘g‘riroqdir. Umumiy o‘zini his qilish va uyqudan qoniqishning subyektiv sezgilari shunday mezonlardan biri bo‘lib, ko‘pgina tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, hech bo‘lmaganda uyquning yetarliligi to‘g‘risidagi tasavvur ko‘pgina an’analar bilan belgilanishi sababli uyqu me’yorlarini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qila olmas ekan. Adabiy ma’lumotlarga ko‘ra bolalarda uyqu davomiyligining buzilishi uning sifati buzilishiga nisbatan kam uchraydi. Uyqu sifatining buzilishi klinik va ifoda etilish darajasi jihatdan juda xilma-xil bo‘ladi: uyquning qiyin kelishi, uyo‘onishning buzilishi, katta tushlar, noto‘g‘ri holat, ortiqcha harakatli faolllik, stereotip harakatlar vamurakkab oyparastlik va alahsirash turlarining psixik fenomenlari, vegetativ paroksizm – ko‘pincha bolalarda uyqu buzilishlarida kuzatiladi. Uyqu kasalliklarining shahar aholisi orasida tarqalganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar A.M.Veyn (1974), qishloq aholisi orasida esa, K.I.Mirovskiy(1972) tomonidan o‘rganilgan. A.M.Veyn(1974) ma’lumot- lariga ko‘ra 43 % so‘ralganlar o‘z uyqusining davomiyligi va sifati bilan qoniqmasligini aytganlar (20 % i – ham chuqurligining, ham davomiyligi, 10 % - chuqurligi, 13 %i- davomiyligi bo‘yicha). K.I.Mirovskiy aniqlashicha, uyquning chuqurligi va davomiyligi bilan qoniqmagan kishilar soni qishloq aholisi orasida 56 % ni tashkil etadi. So‘ralganlarning 20 % i muntazam yoki goh- goh uxlatuvchi vositalarni qabul qiladilar. V.M.Shpak bu buzilishlarni nevrozning majburiy simptomi hisoblanadi. B.D.Karvasarskiy ularni katta bemorlarda 39.9 % hollarda kuzatdi. Bolalarda uyqu buzilishi turli holatlarda, jismoniy va nerv-psixik kasalliklarda uchraydi. Biroq bolalar uchun uyquning katta psixogigiyenik ahamiyati hodisasi to‘liq o‘rganilmagan, ehtimol, buning sabablaridan biri uyqu buzilishining kundaligi va tezligidan iboratdir: u ko‘pgina kasalliktizimiga kiradi va shu sababli ikkinchi darajali hisoblanadi. Bunda uning bola organizmiga mustaqil va qo‘shimcha salbiy ahamiyati yetarlicha hisobga olinmagan. Ontogenezda uyquning elektroensefalografik bosqichi sekin-astayetiladi. Bola uyqusi katta odam uyqusidan elektroensefalografik o‘lchov bilangina emas, balki bolalarda yaqqolroq namoyon bo‘luvchi statik, motor va vegetativ reaksiyalar jarayoniga ko‘ra ham farq qiladi. A.S. Golbinabo‘yicha bolaning uyqudagi holati chaqaloq uchun xos bo‘lgan plastik tonus fazasi orqali fleksor to‘liq bo‘shashgan beqaror holatdan individual sevimli holat shakllanishiga o‘tadi. Boladagi uyqu kasalligi, eng avvalo, maromlar shakllanishining orqada qolish natijasi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ritmik jarayonlarni boshqaruvchi murakkab tizim tarkibiy qismlari faoliyatining dezintegratsiyasida ham kuchaytirilgan vegetativ va holat reaksiyalarining o‘z vaqtidan tashqarida namoyon bo‘lishi patologik simptom sifatida ko‘rilishi mumkin (masalan, maktab yoshidagi bolada emish harakatlari). Sirkadion biomaromlar shakllanishidagi orqada qolish bolalarda serebral rezidual-organik nuqsonlarda kuzatiladi. Bunday miya shikastlanishining turli klinik variantlarida uyqu-bedorlik maromi buzilishlari kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |