Har duri inoyating nisor ayla manga G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish. O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur. Ne ajabkim sarvinozim, o’n sakkiz yoshindadur. Desa bo’lg’aykim,yana ham o’n sakkiz yil husni bor, O’n sakkiz yoshinda bunchakim fitna boshindadur. Boshni fido qilg’il ato bo’shig’a Jismni qil sadqa ano qoshig’a Tun kuningga aylagali nur fosh, Birisin oy ayla,birisin quyosh. 1-boshlovchi:-Navoiy bobomiz hatto shohning vaziri bo’lganlarida ham xalq uchun ko’p yaxshi ishlar qilganlar.Maktab va madrasalar qurishga bosh-qosh bo’lganlar. O’zlarining insonparvarliklari tufayli elning nazari va mehriga tushganlar. 2-boshlovchi:-Alisher Navoiy bobomizning hikmatli so’zlarini tinglaylik. Odami ersang demagil odami, Oning kim yo’q xalq g’amidin. Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot, Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot. Haq yo’linda kim senga bir harf o’rgatmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado yuz ganj ila. Hunarni asrabon netgumdir oxir Olib tuproqqami ketgumdir oxir. Chin so’zni yolg’onga chulg’ama Chin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama. Umrni zoye etma mehnat qil Mehnatni saodantning kaliti bil. Raqs 1-boshlovchi. Alisher Navoiy 1438-yilda turkiy tilda birinchi bo’lib Xamsa yozishga kirishdilar va juda qisqa muddat ikki yilda besh yirik dostondan iborat “Xamsa”ni yozib tugatdilar. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo’r shodlik bilan qarshi oldi .Abdurahmon Jomiy Navoiy “Xamsa”siga yuksak baho berdilar. Husayin bayqoro buyuk shoirini oq otiga mindirib,unga jilovdorlik qilib Hirot ko’chalarini aylantirgan.