2-boshlovchi: ”Davron elining jismida jon bo’lg’on”mo’tabar ustozlar Assalomu alaykum!



Yüklə 23,9 Kb.
səhifə6/7
tarix01.02.2023
ölçüsü23,9 Kb.
#82248
1   2   3   4   5   6   7
9 fevral

Yana ranju g’urbat havas aylama.
2-boshlovchi:-Aziz bobomiz jozibador baytlari bilan insoniyatga so’zning sehrini, hayotning ma’nosini, saodatning eshigini ochib berayotgandek.Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilish ekanligini anglatadi.
Sahna ko’rinishi
Yaxshidan bog’ qoladi.
Ko’klam kunlarining birida sulton Husayn saroyda yolg’iz o’tiraverib zerikibdi.Ancha vaqtdan beri Mir Alisherni ko’rmaganligi tufayli do’sti yashaydigan mahallaga yo’l olibdi.
Borib qarasa, do’sti yeng shimarib bog’da ishlayotgan ekan.
Husayn:-Hormang, do’stim! Nega shoirlar majlisida ko’rinmay qoldingiz desam, bog’bonlikni pesh qilibsizda?
Alisher:-”Ko’klam kelsa, ko’chat ek” — degan ekan mashoihlar. Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga uch-to’rt tup yong’oq ekayapman.
Husayn:-Ey do’stim-ey, qarigan chog’ingizda bog’ qilishni nima keragi bor axir?
Bu yong’oqlar qachon hosilga kiradi –yu, mevasini qachon yeysiz? Undan ko’ra shu bog’da tinchgina gazal bitib o’tiravermaysizmi?
Alisher:- Do’stim,yaxshidan bo’g’ qoladi,degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko’chatlarni o’zim uchun emas, balki mahhalla bolakaylari uchun ekayapman.Bir kun kelib “Bu bog’Mir Alisherdan qolgan!” deyishsa, shuning o’zi har qanday ne’matdan lazzatliroqdir.
Husayn:- Bo’lmasa, shu tillolarni olib qo’ying do’stim. Ko’chat olursiz!
Alisher:- Ana ko’rdinggizmi, do’stim, ekayotgan ko’chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi.
1-boshlovchi:- Mir Alisher o’z davridanoq buyuk daholar safidan mustahkam o’rin olib, o’zbek nomini jahonga mashhur qilib, xalqimiz timsoliga aylandi. Uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim o’z iste’dodiga yarasha bahramand bo’lmoqda. Zero Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob.
2-boshlovchi:-Biz shunday ulug’ mutaffakir shoirimiz borligidan fahrlanamiz, iftixor qilamiz, bugungi adabiy kechamiz Navoiyga, she’riyat dahosiga, bo’lgan ehtiromimizning bir ko’rinishidir.

Yüklə 23,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin