2-boshlovchi



Yüklə 21,65 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü21,65 Kb.
#116823
25-may ssenariysi


2-boshlovchi : Assalomu alaykum , mehridaryo ustozlar , mehribon murabbiylar, hurmatli ishchi aka-opalar.
1-Boshlovchi : Assalomu alaykum , bugungi “So’nggi qo’ng’iroq ” tadbiriga tashrif buyurgan aziz ota-onalar , qadrli maktabdosh do’stlar
2-Boshlovchi: Qo’limdan kelgancha aylab ta’rifin
Bitiruvchilarimizning qilib hurmatin
Taklif etmoqlikka berasiz ruxsat
Qarsak urib turing maktabdoshlarim
1-Boshlovchi : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasining asosiy sababchilari 4-sinf bitiruvchi o’quvchilarini kutib olaylik.
( MUSIQA SADOLARI OSTIDA BITIRUVCHILAR KIRIB KELISHADI )
1-boshlovchi : Assalom, ey ahli donishlar salom
Mehri ummon qalbi quyoshlar salom
Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom
Aziz ustozlarim salom assalom
2-boshlovchi : Ey olloh nazari tushgan ustozlar
E’tiqod bulog’i toshgan ustozlar
Dillarda ehtirom tillarda kalom
Deymiz biz sizlarga, salom assalom
Raqs
1-boshlovchi : Assalomu alaykum ,aziz ustozlar, qadrli mehmonlar, maktabdoshlar.
Bugun biz bitiruvchilar uchun eng hayajonli hamda quvonchli kun .
Muxsina: Tuprog’ingda daholar xoki
Ul sohibi dunyolar xoki
Bobolarki, ulug’ chinordek
Momolarki, Qutlug’ Nigoradek
Abdulaziz: Xazinamsan, taxtim o’zingsan
Qiyosi yo’q baxtim o’zingsan
Yer yuzining jannati sensan
Yaratganning san’ati sensan
Abdulloh: Jannatbog’im hazrattog’imsan
Mehrobimsan, sajdagohimsan
Sen onasan, muqaddas Vatan
Yagonasan, muqaddas Vatan
Abduaziz : Manglaydagi Durri Akbarim
Ne ko’zlarni olgan gavharim
Qora niyat, g’araz so’zlardan
Asragaymiz yomon ko’zlardan
Asalxon: Ko’ksim ichra yuragim tumor
Bu tumorda qutlug’ noming bor
Sen onasan muqaddas Vatan
Yagonasan muqaddas Vatan
1-boshlovchi : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasini ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori , muhtaram ustozimiz Ziyovuddinov Qahramon Oblokulovichga beramiz. Marhamat ustoz.


2-boshlovchi :Biz ulug’ O’zbekistonning navqiron avlodlarimiz. Bizning bu hayotda orzularimiz , ko’zlagan maqsadimiz qiladigan ishlarimiz juda ko’p, lekin eng buyuk , eng muqaddas vazifamiz xalqimiz istiqbolini ko’z qorachig’day asrash, uning xafsizligini ta’minlashdir.
Navbat raqsga marhamat



2-boshlovchi :.”Ustoz otangdek ulug`” deydilar. Hayotda yaxshi ustozdan ta`lim olishning o`zi baxt-omad.
Muborak : Birinchi ustozim
Salom deya qo`limni ko`ksimga qo`yib,
Qilaman ming ta’zim ustozim suyib.
Qalbimga bir gapni quvonib tuyib,
Qadrdonim siz mening birinchi ustozim.
Muhammadsolih: Pokiza qalbingiz har doim toza,
Yaxshi tilaklarimning barisi sizga
Quvonib mehr ila aytaman yana,
Qadrdonim siz mening birinchi ustozim.
Asadbek
Gohi hafa bo`lsak taskin berasiz,
Gohi yig`lab qolsak, mehr berasiz.
Eng qiyin paytlarda dalda bo`lasiz,
Qadrdonim siz mening birinchi ustozim


Muxlisa
  1. Ko`ngling zilol suvdek oqib ketadi
Tanangga havolar yoqib ketadi
Quyosh ham havasla, boqib ketadi
Yo`lingda Fotimaopa – ustoz uchrasa


Zarofat
2 Ezgu – orzularla ko`nglingni sof tut
Qayerda bo`lsang ham yaxshilarni kut
Ustozga ta’zim qil, g`amlarni unut
Yo`lingda Barnoopa- ustoz uchrasa


Hamida
  1. Ustoz saboq bergan dars xonalarda
Vatan kelajagi bo`lmoqda bunyod
Arofatopa ,Naimaopa Ibodatopa Voyaga yetkazmoqda barkamol avlod


Xadicha
  1. Aytsang me`zon bilmas, ustoz ta`rifi
Sha`n – u maqtoviga topilmas kalom
Ma`rifat quyoshi bor maktabimizda
Barcha ustozlarga ulug` ehtirom


BOshlovchi. Bizning omadimiz, baxtimiz ana shunday bilimdon ustozlar jam bo`lgan Yunusobod tumani 354-umumta`lim maktabida tahsil oldik.
Biz chet tillarini ham oʻrgandik.Hozir sinfdoshlarimiz sizga oʻz mahoratlarini sheʼriy tarzda ifoda qilib beradilar.Marhamat.
Inglizcha , ruscha sheʼrlar aytiladi.
Navbat raqsga. ( ________________ )


Boshlovchi: Ustozlarimizning ko’zlari hamisha sevinchdan porlab tursin. Biz, shogirdlar sizlarni hamisha ko’zimiz qarog’ida, qalbimiz ardog’ida saqlaymiz.
USTOZ kim ?
—Ustoz -ko’zlaridan mehr, yuzlaridan nur yog’ilib turgan qalbi esa oppoq ezgulikka yog’irilgan zot!
—Ustoz, hayotimiz poydevoriga asos solib, uni mustahkam quruvchi zot!
—Ustoz ildizi shu tuproq, shu zamindan suv ichib,biz, shogirdlarini bag’riga olgan metin irodali chinorga o’xshaydi!
—Ustoz, biz, shogirdlarining ota-onasi bo’lmasa-da, bilim shirasidan bol yig’ib, meva hosil etuvchi zotdir!
—Ustoz -bilim chashmasi! Dillar uning zilol, pokiza qalbidan bahra oladi.
—Ustoz -qorong’u tunimizni yorituvchi oy! Tunda ham ilm ko’zi bilan yo’limizni nurafshon etadi ! Tundagi yulduz bu uning mehr daryosidagi billur shodasi!
—Ustoz -bamisoli quyosh! Biz ulardan ziyo olib, hayot mash’alasini yoqamiz! Uning kamalakrang jilosidan umrimizning tabiatini bezaymiz!
—Ustoz – bizga otalarcha yo’l ko’rsatib, yo’l-yo’riq ko’rsatadilar. Yosh qalblarni tarbiyalab,baland parvozlarga shaylaydilar!
Qo’shiq (________________)
Taqdirlash marosimi oʻquvchilar taqdirlanadi


Qo’shiq(ey sinfdosh)
Bitiruvchilar tantanali va’da beradilar:
  1. Maktabimizning o’ziga xos an’ana, udumi bor. Hozir ustozlar ota-onalar oldilarida biz bitiruvchilar tantanali va’da bermoqchimiz.
  2. Biz boshlangʻich sinf bitiruvchilari ustozlarimiz, ota-onalarimiz, maktabdoshlarimiz qarshisida:
a)maktabimiz sha’nini ko’tarishga
b)ustozlar o’gitlarini, bergan bilimlarini oqlashga
d)mustaqil vatanimizga munosib farzand bo’lishga
e)Vatanga sodiq bo’lishga tantanali ravishda qasamyod qilamiz.
Sinfdosh haqidagi she’rlar
Maktab olib qoldi sho’x yillarimiz
Bo’ldi endi boshqa o’z yo’llarimiz
Ulg’ayib borsak-da, hali ko’ngil yosh,
Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.
Sinfxonamizda qoldirgan izlar,
Yosh to’la ko’zlarim shu izni izlar
Til esa faqat sog’inchdan so’zlar
Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.
Qayerda bo’lsang ham sog’-omon bo’lgin
Olisda yursang ham mardona turgin
Baxtli bo’l, omading kelsin ilohim
Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.
Qo’ng’iroq chalinadi(qo’shiq)
Maktab direktoriga so’z beriladi.
Bitiruvchilar tantanali chiqib ketadilar.

Yüklə 21,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin