Lirikasi
EY, YORI JONIM
• Oshiq bo‘libman, ey
yori jonim,
Vaslingni izlab, yo‘qdur majolim.
• Bir yo‘qlamaysan kuygan qulingni,
Ko‘zlari jallod, nozik niholim.
• Rahm ayla manga, ey bag’ri qattiq,
Diydam to‘la qon, ey sho‘xi zolim.
• Lab tashnalarga ayla nazora,
Qaddi chu shamshod qoshi hilolim.
• Olding ko‘ngulni bir-ikki so‘zlab,
Devona bo‘ldim, to‘ti maqolim.
• Har dam kuyarman, yodimga tushsang,
Bir ko‘rmaguncha yo‘qdur majolim.
• Necha zamondur, ko‘zdin nihondur,
Oshiq Muqimiy, ey xasta holim.
TOLEIM
Ohkim, afsus,
emas har ishda rahbar toleim,
Vojgundur,
imtihon qildimki, aksar toleim.
Yuz tarafdin yetkurub gardi kudurat, zangi g’am,
Aylagay oinayi tab’im mukaddar toleim.
Har necha qilsam tavallo – zori qilmas, iltifot,
Ro’yigardon teskari, tobora badtar toleim.
Ro’zgorim tiyra, iqbolim zabun, baxtim qaro,
Bo’lsa ravshan, bormukin tadbiri digar toleim?
Nogahon bersam, Muqimiy, bir musulmonga salom,
Daf’atan ikki qulog’ini qilur kar, toleim
.
Muqimiy ijodini o‘rganish, asarlarini to‘plash va
nashr ettirish u
hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov «Devoni Muqimiy»
to‘plamini (T., 1907) nashr qilgan, so‘ng 1910,1912 -yillarda «Devoni
Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan asarlari to‘plami bosilgan. Keyingi
davrlarda G‘. G‘ulom, Oybek, H. Zarifov, H. Yoqubov, H.
Razzoqov,
G‘. Karimov, A. Hayitmetov va boshqa Muqimiy
ijodini tadqiq
etganlar. She’rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan.
Qo‘qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Farg‘ona viloyatidagi
shaharcha,
Toshkent ko‘chalaridan biri, o‘zbek davlat
musiqali drama teatri
Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla «Mavlono
Muqimiy» romani va «Muqimiy» dramasini yaratgan.
Muqimiyning
aksariyat g‘azallari ashulaga aylangan.