1-ma’ruza
Mavzu: Kirish. Kompyuterlar, dastur va C++ tili bo`yicha boshlang`ich
ma’lumotlar
Reja:
1. Kirish. Kompyuterning apparat - dasturiy ta’minoti va operatsion
tizimlar;
2. C++ dasturlash tili haqida;
3. Konsol oynada natija beruvchi oddiy C++ dastur yozish;
4. C++ dasturini ishlab chiqish bosqichlari;
5. Dasturlashdagi xatoliklar tavsifi.
Kalit so`zlar:
assembler tili
bayt
bit
blok
blok izoh
bog`lovchi
dastur
dastur kodi
dasturiy ta’minot
dasturlash
IDE
interpretator
kompilyatsiya xatoligi
konsol
kutubxona
mantiqiy xatolik
markaziy protsessor
bloki
mashina tili
namespace
ob’yekt fayl
operatsion tizim
paragraf izoh
preprotsessor
runtime xatoligi
saqlovchi qurilma
satrli izoh
shina
sintaksis xatolik
tizimli plata
xotira
yuqori darajali
dasturlash tili
Key Point. Mazkur mavzuning asosiy mazmunini
dastur kodining ishlab
chiqish bosqichlari va dasturlash orqali masalalarni yechish tamoyillari tashkil
etadi.
1.1. Dastur va dasturlash. Dasturlash – bu biror dasturiy ta’minot
uchun
dastur kodini yozishdir. Dasturiy ta’minot esa, kompyuter yoki boshqa mantiqiy
hisoblash qurilmalariga ishlash prinsipini ta’minlovchi yo`riqnomalar majmuidir.
Dasturiy ta’minot atrofimizda biz ko`p ham e’tibor qilmaydigan ko`plab
qurilmalar faoliyatini yuritib boradi. Biz dasturiy ta’minotni shaxsiy kompyuterda
yaratishimiz va ishlatib ko`rishimiz yoki operatsion
tizim tarkibidagi dasturlar
majmui butun boshli kompyuter faoliyatini nazorat qilib borishini bilamiz. Bundan
tashqari dasturiy ta’minotning samolyotlar parvozlarida, mashina harakatlanishida,
mobil telefonlardan foydalanish va shu kabi boshqa sohalarda ham keng
qo`llanilishini inobatga oladigan bo`lsak, dasturiy ta’minot
bugungi va ertangi
kunimizning ajralmas bir bo`lagiga aylanib borayotganligining guvohi bo`lamiz.
Shaxsiy kompyuterda biz matn yozish uchun matn protsessorlaridan,
internetdan
foydalanish uchun brouzerlardan va xabar yuborish uchun elektron pochta
dasturlaridan foydalanamiz. Dasturchilar
dasturlash tillari deb nomlanuvchi kuchli
instrumental-dasturiy muhit yordamida dasturiy ta’minotlar ishlab chiqishadi.
Dasturlash fanida dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishni o`qitish “C++”
dasturlash tili asosida olib boriladi. Bugungi kunda dasturlash
tillarining turlari
salmoqli. Bu tillarning ishlab chiqilishi ham turli sohalar va turli ob’yektlar uchun
mo`1jallangan. Ya’ni, dasturlash tillari ichida “eng yaxshi” dasturlash tili deb biror
bir dasturlash tilini ko`rsatib bo`lmaydi. Agar dasturlash bitta tilda, to`liq
o`rganilsa, boshqa dasturlash tillarini o`rganish uchun yo`l ochiladi.
Chunki
masalalarni dasturlash orqali yechish uslublari barcha dasturlash tillarida bir xildir.