Summary
1. 1 bayt – 8 bit.
2. 1 bit – 0 yoki 1 bo`lgan binary raqam.
3. 1 kilobayt – 1024 bayt, 1 megabayt – 1024 kilobayt, 1 gigabayt – 1024
megabayt, 1 terabayt – 1024 gigabayt.
4. C++ da satrli izoh yozish ikki chiziq (//–slesh) orqali, birnecha satrli izoh
yozish esa /* va */ belgilari oralig`ida amalga oshiriladi.
5. C++ da tuzilgan dasturning har bir bo`lagi satr so`nggidagi “;” belgisi bilan
yakunlanadi.
6. C++ da tuzilgan har qanday dastur main funksiyasi tarkibida ishlaydi.
7. C++ dasturini buyruqlar oynasi (command window) yoki Microsoft Visual
C++, Dev-C++ deb nomlanuvchi BYM (IDE)lar orqali yaratish mumkin.
8. C++ tili C tili avlodi. C++ c ning keyngaytirilgan ko`rinishi. Undagi eng
muhim xususiyatlardan biri – unda ob’yektga yo`naltirilgan dasturlash
uchun sinflarning qo`llanilishidir.
9. Cout ob’yekti “<<” belgisi bilan qo`llanilib, ekranga satrli ma’lumotlarni
chiqarishga xizmat qiladi.
10. Dasturlashda kompilyator tomonidan ishlatiladigan kalit so`zlar dastur
tarkibida boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi lozim.
11. Dasturlashdagi xatoliklarni uch guruhga ajratish mumkin: sintaksis xatolik,
bajarilishdagi xatolik va mantiqiy xatolik. Sintaksis xatolik dastur kodini
mashina kodiga kompilyatsiya qilish jarayonida kompilyator tomonidan
aniqlanadi. Uni kompilyatsion xatolik deyish ham mumkin. Bajarilishdagi
xatolik dastur dasturlash va hisoblash qoidalariga nomutanosib ravishda
tuzilganda sodir bo`ladi. Dasturda mantiqiyxatoliklar kutilgan natija
olinmaganda sodir bo`ladi.
12. Direktivalar “#” - belgisi orqali ishga tushiriladi. “#include” direktivasi
kompilyatorni kutubxonani yuklab olishga chaqiradi.
13. Kompilyator – dasturiy vosita bo`lib, dastur kodini mashina tiliga o`girib
berishda xizmat qiladi.
14. Kompyterning apparat ta’minoti uning tarkibidagi fizik jixozlar tashkil
qiladi.
15. Kompyuter 0 va 1 raqamlari asosida ishlaydi, chunki, barcha hisoblash
qurilmalari masalalarni yechishda ikkilik tizimda ishlaydi.
16. Kompyuter apparat va dasturiy ta’minotdan iborat.
17. Kompyuter dasturlash kodlar yordamida unga ko`rsatmalar berish uchun
qo`llaniladi.
18. Kompyuter ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi elektron qurilma.
19. Kompyuterning dasturiy ta’minoti uning apparat ta’minotini ishga tushirish,
unga topshiriqlar (ko`rsatmalar) berish va nazorat qilish amallarini bajaradi.
20. Kompyuterning markaziy protsessor bloki uning bosh miyasi hisoblanadi.
Xotiradan yuborilgan masalalar unda bajariladi.
21. Ma’lumotlar va dasturlash saqlash qurilmalarida saqlanadi. Kompyuter
ularga murojaat qilganda ular xotiraga ko`chiriladi.
22. Mashina tili turli toifalardagi kompyuterlar uchun bir xilda tushunarli
bo`ladi.
23. Operatsion tizim kompyuter ish faoliyatini boshqaradi va nazorat qiladi.
24. Yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan dastur – dasturiy manbaa yoki
dastur kodi deyiladi.
25. Yuqori darajali tillar ingliz tili lug`ati asosida yaratilgan bo`lib, o`rganish va
ishlatish uchun qulay.
Dostları ilə paylaş: |