1.2. Kompyuter nima? Key point. Kompyuter – ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi
elektron qurilma.
Apparat va dasturiy ta’minoti. Kompyuter apparat (hardware) va dasturiy
(software) ta’minotlardan tashkiltopgan.Apparat ta’minotini kompyuterning fizik
elementlari tashkil qilsa, dasturiy ta’minotini fizik elementlar faoliyatini amalga
oshiruvchi va topshiriqlarning bajarilishini nazoratqiluvchi dasturlar to`plami
tashkil etadi. Kompyuterning apparat ta’minoti dasturlashni o`rganishda muhim
ahamiyat kasb etmaydi, biroq, u yordamida kompyuter yoki uning
komponentalariga o`rnatilgan dasturlar tomonidan berilgan komandalarning
bajarilish jarayonini kuzatish imkonini beradi.
Kompyuter quyidagi eng muhim apparat ta’minotidan tashkil topgan:
Markaziy hisoblash bo`limi (protsessor);
Xotira (asosiy xotira);
Ma’lumot saqlovchi qurilmalar (Disklar, CDlar v.h.k.);
Kiritish qurilmalari (sichqoncha, klaviatura v.h.k.);
Chiqarish qurilmalari (monitor, printer v.h.k.);
Kommunikatsiya qurilmalari (modem, tarmoq kartasi v.h.k.).
Kompyuter komponentalari “shina” deb nomlanuvchi ichki tizimda o`zaro
bog`lanadi. Shina tushunchasini kompyuterda ma’lumotlar oqimining umumiy
yo`lagi deb ta’riflash mumkin. Shinalar shaxsiy kompyuterlarning tizimli platasiga
o`rnatilgan bo`lib, u orqali kompyuterning ichki va tashqi qurilmalari tizimli plata
orqali o`zaro bog`lanadi.