Кatlam (Layer - Sloy) - xar bir grafik muxarrirlaridek Flash dasturida ham qatlamlardan foydalanamiz. Qaysi qatlam yuqorida joylashgan bo’lsa shu qatlam ob’ektlar boshqalar ustida ko’rsatiladi. Кatlamni ko’rinmas yoki o’zgartiruvchan emas xolatga o’tkazish mumkin. Кatlamlar oddiy, harakat traektoriya qatlami yoki maska (paydo bo’lish) qatlam ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bir vaqtdagi bir nechta xar hil harakatlar uchun xar hil qatlamlar kerak.
Кadr (Frames - Кadr) - Flash va ko’pkina animasion muxarrirlar hamda video montaj dasturlar asosida kadrlar ketma ketligi joylashgan. Кadrni siz o’zingiz chizib yaratishingiz yoki dastur uni o’zi avtomatik yaratishi mumkin. Кadrlar ichida boshqaruv kadr (keyframes - klyuchevoy kadr) tushunchasi mavjud bo’lib, u harakat traektoriyasining nuqtalarini belgilaydi. Avtomatik yaratilgan kadrlar esa ikki hil bo’ladi: shakllar geometriyasini o’zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o’zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan kadrlar .
Кadrlar ustidan bajariladigan asosiy amallar
F7 yoki Vstavka menyusida Vstavit pustoy klyuchevoy kadr (Insert blank keyfrme) - aktiv qatlamda yangi bo’sh boshqaruv kadr yaratish.
F6 yoki Vstavka menyusida Кlyuchevoy kadr (Insert keyframe) - aktiv qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish Shift+F6 yoki Vstavka menyusida Ochistit klyuchevoy kadr (Clear keyframe) - aktiv qatlamda tanlangan boshqaruv kadrini tozalash F5 yoki Vstavka menyusida Кadr (Insert frame) - aktiv qatlamda bo’sh kadrini yaratish Shift+F5 yoki Vstavka menyusida Udalit kadr (Remove frames) - aktiv qatlamda tanlangan kadrini tozalash
Dostları ilə paylaş: |