Jilvirlash D-yuza Ø30,1mm saqlab L=25mm qora jilvirlansin
D-yuza Ø30mm saqlab L=25mm toza jilvirlansin
B-yuza Ø22,1mm saqlab L=16mm qora jilvirlansin
B-yuza Ø22mm saqlab L=16mm toza jilvirlansin
Biz tanlagan texnologik jarayon iqtisodiy jixatdan ham, zamonaviy ishlab chiqarish sanoati shart–sharoitlari talablariga to‘liq javob beradi.
Berilgan yillik dasturga asosan va detalning og‘irligiga nisbatan o‘rta seriyali ishlab chiqarish turini tanladik.
Bu turdagi ishlab chiqarish korxonalardagi sharoit ixchamlik va bozor iqtisodiyoti talablarini xisobga olgan holda moslanuvchanlikni taqozo etadi.
Zamonaviy metallarga mexanik ishlov beruvchi usullar, quyma zagotovkalarni quyish, tebratib tozalash mashinalari, bosim bilan ishlov berish usullaridan tashkil topgan texnologik jarayon yillik dasturda ko‘zda tutilgan maxsulotni yetarli darajada va o‘z vaqtida bajarishga imkon beradi.
Texnologik jarayonni loyixalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim bo‘ladi.
Arzon va ishlab chikarish mavjud bulgan dastgoxlardan foydalanish
Iloji boricha metalkesish asbob–uchkuna-lardan foydalanish.
Zamonaviy loyixani tashkillash usullaridan foydalanish.
Iloji boricha detalni bir o‘rnatishda ko‘proq yuzalariga ishlov beriladi.
Bular texnologik jarayonni arzonlashtiradi va ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxini kamaytiradi. Xozirgi bozor iktisodiyotida rakobatdan.
Shularni hisobga olgan holda mexanik ishlov berish rejasini tuzish davomida frezalash markazlash dastgoxida val detalimizni tores yuzalariga ishlov beramiz. Tokarlik dastgoxida valning tashqi silindrik yuzalariga birin-ketin ishlov beramiz va detalimizdagi faskalar talab etilgan aniqlikda ochiladi. Vertikal frezalash dastgoxida valning ko‘rsatilgan yuzalaridagi shponka ariqchasi xosil qilamiz. Valning poshipnik joylashadigan yuzalari talab etilgan o‘lcham bo‘yicha jilvirlaymiz, hamda tores yuzalaridagi teshiklar parmalash dastgoxida parmalanib, ko‘rsatilgan teshikka rezьba ochamiz.
Detalimizning ko‘rsatilmagan burchak radiuslari R=0,5mm, GOST 7505-85 ga asosan, ko‘rsatilmagan yuzalar uchun Rz40mkm va ko‘rsatilmagan o‘lchamdan chetga chiqishlari H14, h14, taьminlab mexanik ishlov berish texnologik jarayonda to‘la nazarda tutilgan.