36.Quyidagi g‘oyalardan qaysilari vayronkor g‘oyalar hisoblanadi? *a) missionerlik g‘oyalari
37. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida “bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir” deya ta’kidlagan xolda ular son jihatdan qanchani tashkil etishini bildirdi? *a) 2 milliard kishini.
38. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining qaysi moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlar majburlab singdirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deya belgilab qo‘yilgan? *a) 31-moddasida
39. Bugun o‘zbek tili lug‘atiga kirib kelgan va tez-tez tilga olinayotgan “ommaviy madaniyat” ma'no jihatdan ko‘proq qaysi so‘zga to‘g‘ri keladi? *a) tuban, olomon madaniyati
40. Bugungi kunda jamiyatimizning sog‘lom ma’naviy muhitini buzishga urinayotgan ma’naviy va mafkuraviy hurujlarni ko‘rsating. *a) diniy ekstremizm, missionerlik va “ommaviy madaniyat”.
41. Prezident Sh.Mirziyoev o‘zining qaysi chiqishida “Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hyech qachon murosa qila olmaymiz” deya ta’kidladi?
*a) BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida.
42. “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda”, degan fikrlar kim tomonidan aytilgan?
*a) Sh.Mirziyoev
43. Pedagoglar bir vaqtning o‘zida kasbiy kompetentlilikdan tashqari yana nimaga ega bo‘lishi lozim? *a) mafkuraviy kompetentlilikka
Dostları ilə paylaş: |