I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad - ona tili va o‘qish savodxonligida sinfdan tashqari ishlar fanining tarixiy taraqqiyoti, rivojlanish tendensiyalari, ta’limning innovatsion usullaridan foydalanish, dunyo va jaxon pedagogikasi yangiliklaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy axborot-kommunikatsiyaviy texnologiyalarini tadbiq qilish va amalga oshirishga tayyorlash, ona tili o‘qish savodxonligi madaniyatni tarkib toptirish.
Fanning vazifasi– talabalarning ilmiy bilimlari va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish, shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash, ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida matematika va ona tili ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash, ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etishga tayyorlashdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu: Boshlang‘ich sinfda ona tili va o‘qish savodxonligida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning bosqichlari
2-Mavzu: Boshlang‘ich sinfda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish turlari va mazmuni.
3-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan fakultativ mashgu‘lotlar Fakultativ mashgu‘lotlar haqida tushuncha.“Tugallanmagan gap” mashqi “Raqamli joylashuv” mashqi
4-Mavzu: Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi Iqtidorli bolalarni aniqlash. Iqtidorli bolalar bilan o‘tkaziladigan tadbirlar. Kashf qilish texnologiyalari Ta’lim berish uchun sharoit yaratish.