2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar Xarrod-Domar modeli


O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va davlat siyosati



Yüklə 89,39 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü89,39 Kb.
#207953
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy o\'sishning omillari

4.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va davlat siyosati


Respublikamizda fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish va natijalarni ishlab chiqarishga zudlik bilan qo’llash maqsadida yirik-yirik loyihalar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari respublika ta’lim tizimida keskin yangiliklar qilinmoqda. Ya’ni, respublikada ko’p bosqichli «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Ushbu dasturga asosan yoshlarni xalqaro talablarga javob beradigan darajada o’qitishni ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy o’sishga mamlakatning soliq tizimi ham sezilarli ta’sir qiladi. Soliqqa tortish stavkalarini kamaytirish va amortizatsiya ajratmalari me’yorining o’sish tomon o’zgarishi investitsiyalar hajmini ko’paytiradi va shu orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi.
Umuman, ijtimoiy va ekologik muammolar kuchaygan deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiy o’sishga eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning sharti sifatida qaralmoqda. Chunki, iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash zarurligi sababli rivojlangan mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy o’sishning miqdoriy nazariyasi o’z o’rnini iqtisodiy o’sishning sifat nazariyasiga bo’shatib berdi. Uning asosiy mohiyati kslajak avlodlar ehtiyojini va aholining kambag’al qatlamlari ehtiyojini hisobga olishdadir.
Davlat siyosati iqtisodiy o’sishning quyidagi muammolarini hal etishga yo’naltirilgan:

  • iste’mol darajasi yuqori bo’lgan, iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlashga qaratilgan omonat jamg’arish me’yorlarini tanlash;

  • aholi o’sishini tartibga solish;

  • fan-texnika taraqqiyotining ekologik jihatdan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish.

Iqtisodiy o’sishning ijtimoiy yo’naltirilganligi kuchayib borishi bilan iqtisodiy nazariya va amaliyotda xalq farovonligi tushunchasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim mezonlari sifatida yanada aniqlashmokda va kengaytirilmoqda.
Agarda ilgarilari uni moddiy ta’minlanganlikning miqdoriy ko’rsatkichlari aks ettirgan bo’lsa, hozirda birinchi o’ringa o’rtacha umr ko’rish, o’lim darajasi, shu jumladan, bolalar o’limi, ishsizlik darajasi, daromadlar tengsizligi, ta’lim darajasi, atrof-muhitning ifloslanishi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar qo’yilmotsda. Ya’ni, iqtisodiy o’sish shaxsning rivojlanib borishi uchun sharoit yaratib bsrishi lozim. 2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 8,0 foizga o’sdi.
Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tizimli va islohotlarning izchil amalga oshirilishi hisobiga erishilmoqda. Xususan,

      • tashqi va ichki bozor talablari asosida iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash jarayonlarining izchil amalga oshirilayotganligi;

      • ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish;

      • bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, hududlarni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hamda ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturiy vazifalarning o’z vaqtida bajarilayotganligi;

      • ichki talabni aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta’minlash hisobiga rag’batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

      • qishloq xo’jaligini isloh etish bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo’llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarning yaratib berilishi, qishloq xo’jaligida ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish ko’lamining kengaytirilishi;

      • respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, uning faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida keng ko’lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o’sishiga zamin yaratmoqda.

2013 yilda mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmlarining yuqori sur’atlarda o’sishi kuzatildi.
Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2012 yilga nisbatan 8,8 foizga oshdi. Sanoatda yuqori o’sish sur’atlari yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash (o’sish sur’ati 21 foiz), engil sanoat (13 foiz), qurilish materiallari (13,6 foiz) hamda oziq-ovqat (9 foiz) sanoati tarmoqlarida kuzatildi.
2013 yilda qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2012 yilga nisbatan 6,8 foizga oshdi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish 6,4 foizga, chorvachilik mahsulotlarini etishtirish esa 7,4 foizga oshdi.
2013 yilda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 13,5 foizga o’sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 53,0 foizni tashkil etdi.
Jumladan, yuqori o’sish sur’atlari kompyuter dasturlash (30,4 foiz), moliyaviy xizmatlar (29,3 foiz), sog’liqni saqlash (27,2 foiz), qurilish (25,4 foiz), maishiy xizmatlar (23,2 foiz), aloqa va axborotlashtirish (21,9 foiz), qishloq xo’jaligining texnik vositalarini ta’mirlash (18,2 foiz) hamda savdo va umumiy ovqatlanish (16,6 foiz) xizmatlarini ko’rsatish sohalarida kuzatildi.
jadval

Yüklə 89,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin