2. Kichik biznesning bozor



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə23/39
tarix15.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#130518
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Jo’r o’rnatilgan jihozlar soni; Jhharakatdagi jihozlar soni; Jum umumiy jihozlar soni.
Jihozlardan intensiv foydalanish koeffitsienti ulardan quvvat bo’yicha foydalanish darajasini ifodalaydi va vaqt birligi ichidagi unumdorligni norma bo’yicha belgilangan unumdorlikka bo’lish orqali aniqlanadi:

bu yerda:
– vaqt birligi davomida ishlab chiqarilgan haqiqiy unumdorlik;
– norma bo’yicha belgilangan soatlik unumdorlik.
Intensiv yuklanish ko’rsatkichi ish o’rnida mehnatni tashkil etish darajasini, sifatini ifodalaydi. Kint 1ga qancha yaqin bo’lsa jihoz shuncha ishonchli hisoblanadi.
Jihozlardan ham vaqt, ham unumdorlik bo’yicha foydalanishning umumlashgan ko’rsatkich integral yuklanish koeffitsienti hisoblanadi.

Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilashning ekstensiv rezervlari:

  • o’rnatilgan va harakatdagi jihozlar sonini oshirish;

  • jihozlarni ta’mirlashni tashkil etishni takomillashtirish;

  • sex va uchastkalar smenalik koeffitsientini ko’paytirish;

  • jihozlarni o’rnatish siklini qisqartirish;

  • ishlab chiqarish maydonlaridan ratsional foydalanish;

  • jihozlarni to’liq ish bilan ta’minlash.

Intensiv rezervlar:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot konstruksiyasini yaxshilash;

  • zavod, sex va uchastkalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish;

  • jihozlarni yangilash, modernizatsiyalash;

  • ishlab chiqarishni texnik qurollanganlik darajasini oshirish.
Qisqacha xulosalar

Ishlab chiqarish va sotish hajmini rejalashtirish korxona ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish hisobi bilan bog’lanadi. Chunki, ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblash ishlab chiqarish dasturini asoslashning muhim tashkiliy qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvati deyilganda korxonadagi mavjud jihoz va ishlab chiqarish maydonlaridan to’liq foydalangan holda ilg’or me’yor, ilg’or texnologiyadan foydalangan holda rejada ko’rsatilgan turdagi mahsulotni yillik maksimal ishlab chiqarish bo’lgan hajmidir.
Ishlab chiqarish quvvati miqdori korxonaning texnik, texnologik va tashkiliy darajasining o’sishi bilan o’zgaradi. Korxona ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish hajmi rejalashtirilayotgan birliklarda o’lchanadi.
Masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona quvvati avtomobil sonida, to’qimachilik korxonasi quvvati mato metrida.
Nazorat uchun savollar:

  1. Quvvat deganda nimani tushunasiz?

  2. Quvvatning qanday turlari mavjud?

  3. Quvvatni hisoblash uchun qanday boshlang’ich ma’lumotlar zarur bo’ladi?

  4. Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirishning qanday usullari mavjud?

  5. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni qanday ko’rsatkichlar ifodalaydi?

  6. Smenali koeffitsienti qanday aniqlanadi?

  7. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni oshirishning qanday yo’nalishlari mavjud?

ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI REJALASHTIRISH


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin