Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning belgilari. REJA:
2. Kichik biznesning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni
3. Biznes reja – kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining asosiy sifatida
1.Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning belgilari
Hozirgi kunda har bir jamiyat a’zosining, ayniqsa tadbirkorlar oldida bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini, uning O’zbekiston Respublikasida qanday amalga oshirilayotganini, bu qonuniyatlarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni, pirovard natijada talab darajasida tovar ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishning sirlarini bilib olish kabi dolzarb vazifalar ko’ndalang bo’lib turibdi.
Bozor iqtisodiyoti – tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisodiyot turidir.
Boshqacha qilib aytganda, yer yuzasidagi barcha rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lgan erkin tadbirkorlik xukmron joylarda iqtisodiyotning asosiy turi hisoblangan, mustaqil iqtisodiy faoliyat asosida kishilarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur tovar ishlab chiqarish hamda tovarlarning oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorlarning erkin, ixtiyoriy munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining tub belgilari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy plyuralizm, ya’ni mulkchilik shakllarining va xo’jalik yuritishning turli-tuman bo’lishidir. Bunda turli shakaldagi mulklar erkin, yonma-yon va teng huquqli tarzda rivojlanadi. Xo’jalik yuritishning yakka tartibda, jamoa- uyushmaga birikkan holda, sherikchilik-paychilik yoki aktsionerlik asosida o’z mablag’iga yoki qarzga olingan mablag’larga tayanib ish yuritish kabi shakllaridan keng foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyoti –erkin iqtisodiyotdir. Bunda mulk egalarining to’la mustaqilligi tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zaro munosabatlar manfaatlarni ko’zlagan holda o’rnatiladi.
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi-narxlarning liberallashuvi, ya’ni narx- navoning erkin tashkil topishidir. Aksariyat tovar va xizmatlar narxlari bozordagi talab va taklif nisbati asosida xaridor va sotuvchining kelishuviga binoan yuzaga keladi.
Muhim belgilardan yana biri bu – raqobatdir. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida, birinchidan manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchidan suhbatlar o’z faoliyatini, binobarin manfaatlarni ham muvofiqlashtirishga intiladilar.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari jumlasiga har xil shakldagi mulk resurslar egalarini, firma, korxona, tadbirkorlarni, davlat mahkama va idoralari kiradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ishonchli raqobat mavjud bo’sagina bunday oldi-sotdilar uzoq davom etadi va har ikkitomon ham manfaat topadi. Shuning uchun raqobat to’g’ri va halol bo’lishi lozim.
Bozor iqtisodiyotida raqobatdan tashqari bozor regulyatorlari (tartibga soluvchi vositalar) mavjudligi uning muhim belgilaridan biridir. Ular bozordagi o’zgarishlarni ishlab chiqaruvchilarga yetkazib, ularning bozorga moslashuvini ta’minlaydilar. Masalan, marketing orqali ishlab chiqarish iste’molga bog’lanadi.
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor. Iqtisodiyotdagi resurslar miqdori, ularning samarasiga qarab ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo’lish, yuqori turmush darajasiga erishish adolat hisoblanadi. Ammo adolat hammani tenglashtiradi degan emas, balki jamiyatning tabaqalashuviga olib keladi. Iqtisodiy sub’ektlar o’z mehnatlariga tadbirkorligiga va mulkiga qarab ularning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir-biridan farqlanadi.
Bozoriqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o’zgarishiga darhol javob bera oladi. Bozorda nima yetishmasa, shuni ishlab chiqarishga va iste’molchi talabini qondirishga undaydi.
Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim belgilaridan biri novatsiyaga (yangiliklarga) moyillikdir. U fan-texnika yangiliklarini tezda qabul qiladi, yangi texnologiyalarni qo’llash orqali tovarlar sifatini oshirishga, tannarxni pasaytirishga xizmat qiladi.
Lekin bozor iqtisodiyotining o’ziga yarasha salbiy jihatlari ham mavjuddir. U millionlab ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyati bo’lgani uchun tarqoqlik xarakteriga ega bo’lib, davlat va jamoatchilik ishtiroki cheklanganligi sababli tabiat muhofazasini, ekologik muvozanatni izdan chiqarishi mumkin.
Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin katta mablag’ talab etadigan, qaytishi sekin boradigan inshootlar qurilishini, fundamental fan, kelajak uchun muhim izlanishlar uchun ketadigan harajatlarni bozor iqtisodiyoti alohida sub’ektlari yoqtirmaydi. Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti siklli ravishda rivojlangani sababli yuksalishlar bilan birga inqirozlar ham paydo bo’lishi mumkin.
Shunday qilib bozor munosabatlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlovchi uchta kuchni yuzaga keltiradi.
Iqtisodiy faoliyat erkinligi – bu, tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar beradi.
Raqobatlar kurashi – bu, kim o’zdi qoidalarini yuzaga keltiradi va novatsiyaga undaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga olib keladi.
Daromadlarning cheklanmaganligi – bu qo’shimcha daromad topishga intilishni paydo qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishda talab va taklif qonunlariga amal qilish bilan bir qatorda har bir mamlakatning o’z yo’li mavjud bo’lib, bunga uning milliy kelib chiqishi, joylashgan hudud va boshqa omillar sabab bo’ladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston-bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li” kitobida Markaziy Osiyoda yirik mamlakat hisoblanishi davlatimizning yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish kontseptsiyasi bayon etilgan. Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov jahon tarixida milliy andoza g’oyasini olg’a suradi.
Bu g’oya uch tarkibiy qismdan iborat:
Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi;
Qat’iy markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlik tizimidan xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga o’tishning eng muhim printsiplari;
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning aniq yo’nalishlari.
Bundan tashqari I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta tamoyil mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:
Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ham ichki ham tashqi munosabatlarning mafkuradan xoli bo’lishi;
Davlat bosh islohotchi va respublikada amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarning bosh tashabbuskori ekanligi;
Qonunchilikning, huquqning ustuvorligini ta’minlash;
Fuqarolarni ijtimoiy himoyalash siyosatini olib borish;
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tib borish.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri, shubhasiz, uning ijtimoiy ishlab chiqarishni demokratlashuvini, aholi bandligini ta’minlashi, biznes va tadbirkorlikka keng yo’l ochish bo’lib hisoblanadi.
Biznes atamasi ingliz tilidagi “bisiness” so’zidan olingan bo’lib, “ish” ma’nosini anglatadi. Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilarni “biznesmen”, ya’ni – “ishbilarmonlar” deb yuritiladi.
Agar biznesning asosiy sharti biron bir foydali ish qilish bo’lsa, biznesning o’zi bozor iqtisodiyotining asoslaridan biridir.
2.Kichik biznesning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni
Insonni biznesmen bo’lishiga majbur qilib bo’lmaydi, faqatgina uning o’z g’oya va kashfiyotlarini ishga solish uchun sharoit yaratish mumkin xolos. Lekin biznes bilan shug’ullanishdan avval quyidagi uchta muhim printsiplar (qoidalar) ga rioya qilish zarur:
Biznes qonunlari va qoidalarini yaxshi bilish;
Zaruriy boshlang’ich kapitalga ega bo’lish;
Majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq hajmda bajarish.
Shuni yodda tutish kerakki, biznes har doim muvaffaqiyat va foydali emas, balki ma’lum tavakkalchilik (risk) hamdir. Biznes bu – qattiq raqobat, kurash va o’z o’rniga ega bo’lish ishtiyoqi, katta sportda bo’lganidek, doimiy trening hamda ijodda bo’lganidek, o’z qobiliyati va iste’dodini namoyish qilishdir.
Ba’zi iqtisodchilar biznes va tadbirkorlikka sinonim tushunchalar sifatida qaraydilar. Boshqalari esa ularni farqlaydilar. Bu ikki tushuncha orasida “Xitoy devori” yo’q bo’lsada, ba’zi farqlarmavjuddir.
1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |