2. Kichik biznesning bozor



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə8/39
tarix15.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#130518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
2.Rejalashtirishning umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkichlari

Biznes rejalarni ishlab chiqish texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi hamda norma va normativlar asosida amalga oshiriladi.


Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi.
Ko’rsatkichlar jarayonlarning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi bir yoki bir nechta belgilardan va ularning miqdor xarakteristikalarini: o’lchami, nisbiy yoki absolyut kattaligini ifodalaydigan asosdan tashkil topadi.
Asoslar zaruriy kattaliklarni hisoblashda, belgilar esa zaruriy belgilarni aniqlash, ularni tanlash, guruhlashda qo’llaniladi.
Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarga quyidagi talablar qo’yiladi:

    • ishonchlilik, ya’ni ular aks ettirayotgan hodisaning obyektiv holatiga muvofiq kelishi lozim;

    • o’lchov xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni ma’lum bir o’lchamga ega hamda aniq bo’lishi;

    • yetarli bo’lishi lozim, ya’ni ishlab chiqarish va sotishning muhim tomonlarini to’liq yoritishi kerak;

    • bir ma’noli bo’lishi, ya’ni turli xilda ifodalanmasligi lozim;

    • o’zaro solishtiruvchan bo’lishi lozim;

    • moslashuvchan va rejalashtirish obyektining amal qilish sharoitidagi barcha o’zgarishlarni aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lishi;

    • operativlik – reja tuzuvchiga o’z vaqtida yetib kelishi lozim;

    • yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi;

    • iqtisodiylik – qisqa muddatlarda yig’ish va qayta ishlash ta’minlanishi lozim. Mazmuniga ko’ra rejaviy ko’rsatkichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:

  • miqdor va sifat;

  • natural va qiymat.

Miqdor ko’rsatkichlar yalpi, tovar mahsulot, foyda, ishchilar soni va boshqa ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi (so’m, tonna, metr, soat va h.k.).
Sifat ko’rsatkichlar – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni pasaytirish, samaradorlikni oshirish.
Ta’kidlash lozimki, miqdor ko’rsatkichlar ma’lum bir sifatga, sifat ko’rsatkichlar esa ma’lum miqdorga ega bo’ladi.
Natural ko’rsatkichlar korxona rejasining moddiy-buyumlashgan mazmunini xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi o’ziga xos birliklarda o’lchanadi (metr, kilogramm va h.k.).
Turlicha sifatga ega bo’lgan bir turdagi tovarlarni o’z aro solishtirish uchun shartli-natural ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bunda shartli birlik sifatida ushbu tovarning bir sorti (turi) qabul qilinadi, qolganlari esa unga o’tkazish koeffitsientlari orqali tenglashtiriladi. Masalan, barcha traktorlar markalari 15-kuch darajasi bilan, sovunlar 40% yog’lilik darajasi bilan, yoqilg’i esa 7000 kk bilan o’lchanadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha tovar xizmat yoki ishlarni pul ifodasida o’lchash imkoniyatini beradi.
Rejalarni ishlab chiqishni tashkil etishda dastlab quyidagilar aniqlanadi:
Rejalashtirish obyekti - korxona, korxona bo’linmalari yoki uning alohida faoliyat yo’nalishlari, umumiy maqsadlarni, salohiyatni, dastur va harakatlarni aniqlash.
Reja tuzuvchilarni - firmaning javobgar xodimlari, ixtisoslashgan funksional xizmatlar, tashqi maslahatchilar. Rejalashtirish vositalari kalkulyatorlar, kom’yuter texnikasi va uning dasturli ta’minoti.
Rejalarni tuzish tartibi:
Barcha xususiy rejalarni umumiy modelda bir vaqtda ishlab chiqish yoki xususiy rejalarni ketma-ketlikda o’z aro muvofiqlashtirish va uni umumiy loyihaga birlashtirish.
Rejalashtirish uslublari – odatiy usullar (jadvallar, grafiklar) va zamonaviy kom’yuterli maxsus dasturlar;
Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o’lchami va turiga boliq bo’ladi.
Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi qo’llaniladi:

  • yuqoridan pastga;

  • pastdan yuqoriga;

  • aylanma usulda.

Yirik korxonalarda markazlashgan tashkiliy rejalar yuqoridan pastga tuziladi. Bunday yondashuvda rejaviy strategiyalar boshqarishning yuqori darajasida ishlab chiqiladi – maqsadlar aniqlanadi. Korxonani rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va
bosh vazifalari belgilanadi, ularni amalga oshirish mexanizmi shakllantiriladi. So’ngra ushbu maqsadlar, vazifalar va ko’rsatkichlar quyi bo’inlarga harakatlanish davomida yana ham chuqurlashtirilgan va aniqlashtirilgan shaklda bo’linma rejalariga kiritiladi. Texnologik rejalashtirishning ushbu bosqichida barcha mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish hajmlari belgilanadi va o’z aro muvofiqlashtiriladi. Rejaviy vazifalarni aniq ijrochilar bilan kelishib ular korxona yuqori rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Rejalarni tuzish bo’yicha ishlarni pastdan yuqoriga sxemasi bo’yicha tashkil etishda rejalashtirish ish o’rinlari va bo’linmalaridan boshlanib, so’ngra umumlashtiriladi. Aylanma (qarama-qarshi) tuziladigan rejalar har ikki uslubni birlashtiradi. Bunda yuqoridan pastga rejalashtirish jarayonida bosh maqsadlar bo’yicha dastlabki rejalar tuziladi. Quyi bo’inlarda ularni aniqlashtiriladi. So’ngra rejalashtirish jarayonida quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samaraliroq echimlar qo’shib boriladi.
4.1 – jadval. Korxonada rejalashtirishni tashkil qilishning namunasi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin