2. Kichik biznesning bozor


Biznes rejaga qo’yiladigan talablar va uni tayyorlash bosqichlari 3



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə11/39
tarix15.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#130518
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
2. Biznes rejaga qo’yiladigan talablar va uni tayyorlash bosqichlari
3. Biznes reja tuzilmasi va tarkibi
4. Rezyumeni yoritish tartibi


1.Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va vazifalari

Erkin bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyati biznes rejaga asoslanadi.


Biznes reja – korxona faoliyatining texnik iqtisodiy asoslash, rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil, shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Biznes reja – yangi faoliyat turlarini o’zlashtirish, biznesni yangi shakllarini yaratish hamda korxonani qisqa muddatlarda rivojlantirish rejasi hisoblanadi.10
Iqtisod fanlari doktori professor V. esa “Biznes reja yangi korxonani shakllantirishga yoki biror–bir yangi tijorat faoliyatini amalga oshirishga yo’naltiriladigan harakatlarni asoslashga qaratilgan xujjatdir” degan edi.
Biznes rejani tayyorlash natijasida “Ishni nimadan boshlash kerak?”;“Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?”;“Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi?”;“Investorlar bilan qachon hisob–kitob qilinadi?”;“Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf–xatarni qanday kamaytirish mumkin?”;“Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?” kabi savollarga javob olinadi.
Biznes reja quyidagi maqsadlar uchun tuziladi:

  1. Korxonaning faoliyat darajasini aniqlash uchun.

  2. Tadbirkorlik faoliyatining xavf–xatarlarini kamaytirish uchun.

  3. Biznes faoliyatini kelgusida rivojlantirish yo’nalishlarini miqdor va sifat ko’rsatkichlari tizimi ko’rinishida aniqlashtirish uchun.

  4. Investor e’tibori va qiziqishini jalb qilish uchun.

  5. Jalb qilinadigan moliyaviy mablag’larning istiqbolligini aniqlash uchun.

  6. Ko’rsatkichlarni rejalashtirish bo’yicha tajribaga ega bo’lish uchun. Biznes reja quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

    1. Biznesni yuritish konsesiyasini ishlab chiqish.

    2. Korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash.

    3. Korxona strategiyasini amalga oshirish quroli.

    4. Pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.



2.Biznes rejaga qo’yiladigan talablar va uni tayyorlash bosqichlari

Biznes reja quyidagi talablarga javob bergan taqdirda samarali hisoblanadi:





  1. Biznes rejadagi har bir ko’rsatkich, element, bosqich qat’iy ravishda asoslanishi shart.

  2. Vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi.

  3. Reja ko’rsatkichlarini bajarilishini doimiy hisobga olish.

  4. Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish

  5. Fan–texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilor tajribalariga tayanish. Biznes rejani ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:11

Birinchi bosqich – biznes rejani tayyorlash uchun zaruriy axborot manbalarini aniqlash. Bunday manbalarga biznes rejalashtirishga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, xukumat materiallari, tarmoq nashrlari, auditorlik firmalari,biznes reja tuzish bo’yicha kurslar va h.k.
Ikkinchi bosqich – biznes reja maqsadini aniqlash. Maqsadlar biznes reja hal etish lozim bo’lgan muammolardan kelib chiqadi. Komaniyaning ichki va tashqi maqsadlari o’zaro bog’langan. Masalan, tashqi maqsadlar ya’ni investorlarni jalb etish maqsadiga, tijorat banklariga nafaqat kreditor sifatida balki tadbirkorlik loyihasining to’liq ishtirokchisi bo’lish taklif etilganda tezrok va to’liqroq erishish mumkin.
Ushbu holat loyihaga qo’shimcha e’tiborni yuzaga keltiradi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha tijorat banklari biznes rejalar uchun kredit ajratishdan ko’ra, ularni biznes rejani amalga oshirishda bevosita ishtirok etishi (hamkorlik, aksionerlik(hissadorlik) kapitalida umumiy ishtirok etish, foydani taqsimlash) bilan uyg’unlashtirishdan manfaatdordir.
Agar biznes rejada yuqoridagi holatlar qayd etilsa moliyaviy resurslarni olish osonlashadi.
Uchinchi bosqich biznes rejaning kimga yo’naltirilganligini aniq belgilash. Ushbu harakat orqali biznes rejaning mazmunini belgilash mumkin bo’ladi. Masalan, aksiya chiqarish va sotish hisobiga moliyalashtirishga yo’naltirilgan firma dividendlar miqdori, ularni to’lash tartibi borasida ma’lumot berishi lozim;
To’rtinchi bosqich tuzilayotgan hujjatning umumiy tuzilmasini belgilash;
Beshinchi bosqich biznes rejaning har bir bo’limini tayyorlash uchun axborot yig’ish. Ushbu bosqichda zaruriy va yetarli bilim va tajribaga ega bo’lgan insonlar, xususan, kom’aniya xodimlari, tashqi konsultantlar, moliyachilar, buxgalterlar, marketologlar, iqtisodchilar yordamiga murojaat etish lozim.
Axborot yig’ishni boshlashdan oldin biznes reja bo’limlari bo’yicha savolnoma tuzish maqsadga muvofik bo’ladi.
Oltinchi bosqich biznes rejani yozish (tayyorlash). Bunda eng asosiy qoida shundaki, tadbirkor biznes rejani mustaqil yozishi zarur. Tashqi maslahatchilar ishtiroki bundan avvalgi bosqichda to’xtatiladi. Yakuniy bosqichda ular tadbirkorga faqat ko’makchi sifatida ishtirok etadi. Ettinchi bosqichda tadbirkor biznes rejani manfaatdor shaxslarga tanishish uchun berishi mumkin.
Biznes rejaning mazmuni va hajmi turli omillarga bog’lik bo’ladi:

  • korxona o’lchamlariga (kichik biznes uchun 10–20 bet; yirik korxonalar uchun 30–50 bet);

  • tarkibiy qismlarning to’liqlik darajasiga ko’ra (yiriklashtirilgan yoki detallashtirilgan);

  • vazifasiga ko’ra (ichki foydalanish uchun, investorlar uchun, bank kreditlarini olish uchun);

  • rejalashtirish davriga ko’ra (1 yillik, bir necha yilga mo’ljallangan);

  • tuzuvchilarning malakasi va texnik iqtisodiy asoslashni tayyorlash borasidagi amaliy tajribasiga.

Rejani tuzish jarayoni va firma faoliyatini har tomonlama tahlil etish rahbarlarga o’z korxonasini chetdan kuzatishga majbur qiladi, o’xshash korxonalar bilan solishtirish esa kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan texnik va moliyaviy muammolarni oldindan ko’ra olish imkonini beradi. Agar firma bankrotlik yoqasida turgan bo’lsa, biznes reja shubhasiz tijorat o’eratsiyalaridan voz kechish, to’lov qobiliyati va rentabellik darajasini oshirish usullarini topishga yordam beradi.
Ko’pchilik kredit beruvchilar va investorlar sifatli rejani ko’rmasdan turib biznesga mablag’ sarflamaydilar.
Investorlar tadbirkorlikning quyidagi xususiyatlariga diqqatlarini qaratadilar: ishchan obro’, qarz to’lash uchun pul oqimi, kafolatni qo’shimcha ta’minlash, shaxsiy kapitalning 50 % dan kam bo’lmagan salmoi.
Ko’p korxonalar biznes rejani bir yilga tuzadilar. Biznes rejaning maqsadi va funksiyalarining turlicha ekanligi uni qat’iy tartibda tuzish lozimligini talab etadi. Axborotlar to’liq, aniq, ishchan bo’lishi lozim. Ayniqsa grammatik va orfografik xatolarni qilmaslikka harakat qilish lozim.


3.Biznes reja tuzilmasi va tarkibi

Biznes reja yuqori poligrafik darajada yozilishi talab etiladi. Titul varaida rejaning nomi yoziladi, raqami qo’yiladi.


Rejani tuzishda statistik ma’lumotlardan keng foydalanish, ularning manbaalarini ko’rsatib o’tilishi zarur. Zarur bo’lganda fotosuratlar, jadval va chizmalardan foydalanish mumkin. Investor yoki potensial hamkorga zaruriy bo’limni topishda qulaylik yaratish maqsadida mundarija ham berilishi kerak.
Biznes reja tarkibi va bo’limlarning sifat darajasini tadbirkor yoki uning nomidan ish ko’ruvchi menejer belgilaydi.
Yirik korxonalar uchun biznes reja strukturasi quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi:
- titul varai: (biznes reja muqovasi) korxona nomi, korxona rahbari familiyasi, manzili, telefon va faks nomeri.12
Rezyume: biznes rejaning qisqacha mazmuni.

  1. Biznesni ifodalash:

    1. Korxona (firma) ning joylashgan o’rni;

    2. Faoliyat maqsadi;

    3. Tarmoq va korxona turi;

    4. Faoliyat turi;

    5. Asosiy tovar (xizmat yoki ish);

    6. Bozor talabi (sotish bozorini baholash);

    7. Mahsulot iste’molchilari;

    8. Tashqi iqtisodiy aloqalarni tashkil etish;

    9. Bozorga chiqish strategiyasi.

  2. Marketing va tovar (xizmat) larni sotish rejasi:

    1. Mavjud va potensial extiyojlar;

    2. Bozorni tadqiqqilish, mahalliy, regional, milliy, jahon;

    3. Tovarni iste’molchilarga harakatlantirish usullari;

    4. Iste’molchilarga sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish (servis) va kafolat;

    5. Baholash;

    6. Raqobat va raqobatda ustunlik;

    7. Reklama;

    8. Mahsulotni sotish: transortirovka, sug’urtalash, bojxona yig’imlari.

  3. Innovatsiya rejasi:

    1. Mahsulot holati: xarakteristikasi va tavakkalchilik;

    2. Mahsulotni takomillashtirish va yangi mahsulotlar;

    3. Ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlar;

    4. Asosiy kapitalni yangilash rejasi;

    5. Korxonani kengaytirish rejasi.

  4. Ishlab chiqarish rejasi:

    1. Ishlab chiqarish quvvati: foydalanish va rivojlantirish;

    2. Ishlab chiqarish sikli, zahiralar va mavsumiy tebranishlar;

    3. Mahsulot ishlab chiqarishning ishlab chiqarish grafigi;

    4. Ta’minot strategiyasi;

    5. Xizmat sohasini rivojlantirish.

  5. Boshqarish:

    1. Korxonaning tashkiliy (strukturasi) tuzilmasi;

    2. Korxonaning bosh rahbarlari, majburiyatlari,javobgarlik;

    3. Direktorlar kengashi, mutaxassis maslahatchilar;

    4. Hamkor kom’aniyalar;

    5. Xodimlarni tanlash va mehnat motivatsiyasi.

  6. Xodimlar:

    1. Xodimlar soni;

    2. Mutaxassislarga ehtiyoj;

    3. Kadrlar tayyorlash;

    4. Mehnatga haq to’lash shakl va tizimlari;

    5. Mehnatga haq to’lash xarajatlari;

    6. Mehnat unumdorligini oshirishni rejalashtirish.

  7. Tavakkalchilikni baholash va sug’urtalash:

    1. Korxona to’qnash kelishi mumkin bo’lgan xatar turlari;

    2. Xatarni oldini olish;

    3. Xatar miqdori;

    4. Sug’urta uchun xarajatlar.

  8. Huquqiy reja:

    1. Mulkchilik shakli va uning o’zgarishi;

    2. Korxonaning huquqiy statusi;

    3. Huquqbuzarlikni oldini olish;

    4. Firmaning huquqiy hujjatlarini to’ldirish.




davri.

  1. Korxona xarajatlari:

    1. Har bir mahsulot bo’yicha tannarx va foyda;

    2. Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar;

    3. Ishlab chiqarishga xarajatlar smetasi;

    4. Balans va sof foyda;

    5. Innovatsiya hisobiga xarajatlarni kamaytirish;

    6. Yangi tovarlar va innovatsiya loyihalari bo’yicha zararsizlikka erishish




  1. Moliyaviy reja:

    1. Korxonani va bo’linmalar bo’yicha foyda va zarar;

    2. Uzoq muddatli moliyalashtirish rejasi. Amortizatsiya siyosati;

    3. Kredit rejasi;

    4. Moliyaviy xarajatlar;

    5. Faoliyat turlari bo’yicha sotuv hajmi;

    6. Korxona balansi;

    7. Korxona foydasini taqsimlash. Dividend siyosati;

    8. Ustav fondini shakllantirish va foydalanish;

    9. Korxona byudjeti (oylar va kvartallar bo’yicha);

    10. Korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlari.

Kichik korxonalar uchun tuziladigan biznes rejalar hajmi va bo’lim jihatidan

ancha qisqa bo’ladi:

      1. Rezyume;

      2. Biznesning ifodasi;

      3. Marketing rejasi;

      4. Ishlab chiqarish rejasi;

      5. Moliyaviy reja.

Rejada tijorat maqsadi aniq, tushunarli va qisqa ifodalanishi talab etiladi.


4.Rezyumeni yoritish tartibi



Rezyume biznes reja yakunlangandan so’ng tuziladi. Bunda biznes reja tuzuvchilar va rahbarlar loyihaning barcha jihatlari bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’ladilar.
Rezyumeni ishlab chiqish – bu ahamiyatga molik masala bo’lib, agar u ijobiy taassurot qoldirmasa, biznes reja o’qilmaydi va unga mablag’lar ajratilmaydi. Rezyume biznes rejaning qisqa tavsifi bo’lib, uning hajmi 4 varaqdan oshmasligi lozim. U sodda, tushunarli va aniq ifodalanishi lozim. Bunda maxsus terminlardan kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Rezyumeda katta e’tibor siz nima qilmoqchi ekanligingizga qaratilib, nima hisobiga sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotidan farq qiladi. Nima uchun iste’molchilar aynan sizning mahsulotingizni sotib olishni hohlaydilar? Rezyumening oxirgi varaintda loyihani amalga oshirish natijasida erishilishi kutilayotgan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Shuningdek, bu varaqda yaqin yillardagi sotish hajmi, yalpi foyda, xarajatlar rentabellik darajasi hamda jalb qilingan mablalarni qaytarish muddati ham ko’rsatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Biznes rejani tayyorlash davomida, 2 ta asosiy savolni ushlab turishingiz lozim. Bular “Biznes rejani samarali amalga oshirish natijasida men nimaga ega bo’laman?” hamda “pul mablalarini yo’qotish xavfi qanday?”.
Iqtisodchi olimlar va tadbirkorlar tajribasi tahlili biznes rejaning ushbu qismiga yetarli ahamiyat berilmayotganligini ko’rsatadi.
Biznes rejaning qisqa tavsifining mazmuni quyidagi masalalarga javob berishdan iborat bo’ladi:
Biznes:

  • biznes faoliyatini shakllantirish va uni rivojlanish tarixi;

  • biznes faoliyat maqsadining qisqacha tavsifi;

  • aksiyalarni taqsimlanishi va rahbarlarning strategik qarorlarni qabul qilishda ma’suliyati.

Mahsulot:

  • mahsulotni nima mukammal qiladi hamda uni farq qiluvchi xususiyatlari xususan raqobatchi mahsulotdan farq qiluvchi jihatlari.

Bozor:

    • mavjud bozor sig’imi;

    • taqsimlash kanallari;

    • o’sish prognozi;

    • ehtimol qilinayotgan bozor ulushi. Rahbar va personallar:

    • yaratiladigan ish o’rinlarining soni;

    • mutaxassis va xizmatchilarning malaka darajasi;

    • mazkur biznes faoliyatidagi mavjud tajribalarning qisqacha tavsifi. Moliyalashtirish:

    • talab qilinadigan moliyaviy mablalarning aniq maqsadi;

–daromad va sof foyda prognozi;
–kutilayotgan foyda prognozi.
Qisqacha xulosalar

Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatning rejalashtirish biznes rejaga asoslanadi.
Biznes reja – korxona faoliyatining texnik-iqtisodiy asoslash. Rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Raqamlar, grafiklar, yangi tovar (xizmat)lar namunalari xujjatlari bilan ifodalangan yetkazishning eng qulay usuli bo’lib hisoblanadi. Biznes reja xissadorlarni aktsiyalarni sotib olishga va ishni moliyalashtirishga qiziqtirish, shuningdek mablag’larni investitsiyalashning istiqbolligini isbotlash uchun ham xizmat qiladi.
Biznes reja amaldagi firmalar bilan birga yangitdan tashkil etilayotgan firmalar uchun ham tuziladi. Agar biznes reja yangi korxona uchun tuzilayotgan bo’lsa, u holda xalqaro iqtisodiy amaliyotda umumiy holda qabul qilingan uslubiyatga asoslanish talab etiladi. Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda firma faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilgandan so’ngina reja tuziladi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Biznes reja maqsadi va vazifalari mohiyati nimalar bilan ifodalanadi?

  2. Biznes reja qanday funksiyalarni bajaradi?

  3. Biznes rejaga qanday talablar qo’yiladi?

  4. Biznes reja tuzilmasi qanday bo’limlardan tashkil to’adi?

  5. Biznes reja rezyumesi qanday maqsadda tuziladi?







KORXONA VA MAHSULOT TAVSIFI


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin