2-Laboratoriya ishi. Mavzu: Rezina namunani X050 qurilma yordamida cho’zilishga sinash” mavzusidagi labaratoriya ishi Ishning maqsadi


Rezinalar mexanik xususiyatlarining asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152504
1   2   3
2-Labaratoriya

Rezinalar mexanik xususiyatlarining asosiy ko‘rsatkichlari 
2.1-jadval 
Rezina materialning nisbiy va qoldiq uzayishi birgalikda rezinaning elastiklik 
xususiyatini tavsiflaydi. Nisbiy va qoldiq uzayishlar orasidagi farq qanchalik katta 
bo‘lsa, rezina materialning elastiklik xususiyati shunchalik yaxshi bo‘ladi. Kauchuk va 
rezinalar mexanik xossalariga ko‘ra elastik (egiluvchan) jismlar va suyuqliklardan farq 
qiladi. Ular nisbatan kichik kuchlanishlarda ham yuqori qator deformatsiya 
xususiyatiga ega bo‘lgan yuqori molekulali birikmalardir. Bu xildagi deformatsiya 
yuqori elastik deformatsiya, materialning o‘zi esa elastomerlar deb ataladi. Kauchuk va 
rezinalarda qaytar deformatsiya bilan bir qatorda qaytmas deformatsiya ham mavjud. 
U qoldiq deformatsiya deb ham yuritiladi. Qoldiq deformatsiyaning paydo bo‘lishi 
kauchuk molekulasida ayrim qismlarning bir-biriga nisbatan o‘z joyini o‘zgartirishi 
bilan tushuntiriladi. Kauchuk vulkanizatsiya qilin- ganida (rezina hosil bo‘lishi), 
polimerning chiziqli uzun molekulalari bir-biri bilan mustahkam kimyoviy bog‘lar 
orqali birikadi va o‘zaro erkin harakat qilish xususiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun 
rezinada qoldiq deformatsiya keskin kamayadi. Shu sababli ko‘rsatilgan materiallarda 
qaytar va qaytmas deformatsiyalar nisbati har xil bo‘ladi: kauchukda qaytmas 
deformatsiya ustunlik qilsa, rezinada qaytar yuqori elastik deformatsiya ustunlik qiladi. 
Barcha kauchuklarning vulkanizatlari (ebonitdan tashqari) yuqori haroratlarda 
siljuvchanligi bo‘yicha tashqi ko‘rinishdan metallarga o‘xshash bo‘ladi. Rezinaning 
yuklangan holatda bo‘lishi natijasida qoldiq deformatsiya vujudga keladi. Rezina 
yuklanish holatida qancha ko‘p muddat bo‘lsa, qoldiq deformatsiyaning miqdori ham 
shuncha ko‘p bo‘ladi. Natijada kuchli deformatsiyalangan detallar vaqt o‘tishi bilan o‘z 
shaklini va o‘lchamini o‘zgartiradi va asl holatiga qaytmaydi. Bunday hollar yupqa 
devorli buyumlarda yana-da yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, toza rezina va hatto 


armirlangan shlanglar uzoq muddat uyum holatida saqlanganida ular ezilgan shaklga 
kiradi, shlanglar o‘tkir burchak ostida bukilgan joylaridan qirqilib qoladi, ularni qayta 
tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga 
kelish mumkin: rezina detallarini uzoq muddat yuqori ishlovchanlik xususiyatining 
saqlanishini ta’minlash uchun ularni saqlashda, shuningdek, avtomobillarni ishlatishda 
shunday sharoit yaratish kerakki, bunda detallarda hosil bo‘ladigan kuchlanish va 
deformatsiya mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim. Detallarni saqlashda bunday 
sharoitlarni yaratish nisbatan oson kechadi, avtomobillarni ishlatish jarayonida esa 
nisbatan murakkab 
2.1 - rasm.
Tabiiy kauchuk asosidagi rezinalar uchun cho‘zilishga mustahkamlik 
σ va nisbiy uzayish ε chegarasining harorat t ga bog‘liqligi. 
Rezinaning mustahkamlik chegarasi havo harorati pasayishi natijasida ortadi, 
elastikligi esa kamayadi va minus 80°C haroratda nolga teng bo‘ladi. Havo harorati 
pasayishi oqibatida kelib chiqadigan asosiy noqulaylik rezina elastikligining 
kamayishidir. Buning natijasida rezina materialning mo‘rtligi ebonitning mo‘rtligiga 
yaqinlashadi. Ko‘pchilik rezina materiallar minus 45°C haroratdayoq zarur chegaradagi 
deformatsiyalanish xususiyatini yo‘qotadi. Sovuq ta’siriga chidamli kauchuk asosida 
olingan mahsulotlargina minus 50°C va undan past haroratlarda zarur elastikligini 
saqlab qoladi. Bundan qish mavsumida rezina detallarga alohida e’tibor berilishi va 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozimligi kelib chiqadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin