armirlangan shlanglar uzoq muddat uyum holatida saqlanganida ular ezilgan shaklga
kiradi, shlanglar o‘tkir burchak ostida bukilgan joylaridan qirqilib qoladi, ularni qayta
tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga
kelish mumkin: rezina detallarini uzoq muddat yuqori ishlovchanlik xususiyatining
saqlanishini ta’minlash uchun ularni saqlashda, shuningdek, avtomobillarni ishlatishda
shunday sharoit yaratish kerakki, bunda detallarda hosil bo‘ladigan kuchlanish va
deformatsiya mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim. Detallarni saqlashda bunday
sharoitlarni yaratish nisbatan oson kechadi, avtomobillarni ishlatish jarayonida esa
nisbatan murakkab
2.1 - rasm.
Tabiiy kauchuk asosidagi rezinalar uchun cho‘zilishga mustahkamlik
σ va nisbiy uzayish ε chegarasining harorat t ga bog‘liqligi.
Rezinaning mustahkamlik chegarasi havo harorati pasayishi natijasida ortadi,
elastikligi esa kamayadi va minus 80°C haroratda nolga teng bo‘ladi. Havo harorati
pasayishi oqibatida kelib chiqadigan asosiy noqulaylik rezina elastikligining
kamayishidir. Buning natijasida rezina materialning mo‘rtligi ebonitning mo‘rtligiga
yaqinlashadi. Ko‘pchilik rezina materiallar minus 45°C haroratdayoq zarur chegaradagi
deformatsiyalanish xususiyatini yo‘qotadi. Sovuq ta’siriga chidamli kauchuk asosida
olingan mahsulotlargina minus 50°C va undan past haroratlarda zarur elastikligini
saqlab qoladi. Bundan qish mavsumida rezina detallarga alohida e’tibor berilishi va
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozimligi kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: