Aloqalarning tasnifi va xususiyati
Aloqalarning asosiy turlari
|
Aloqalarnnig xususiyatlari
|
Materiyaning asosiy turlariga
va uning harakat shakllariga
xos bo’lgan aloqalar
|
Materiya
mavjudligining
asosiy shakllariga
xos bo’lgan aloqalar
|
Qonun,
Hodisani belgilaydigan
aloqalar
|
Qonun, Hodisani
belgilamaydi-gan
aloqalar
|
Ijtimoiy
|
Moddiy-
energetik
|
Makonga doir
|
Ichki
|
Tashqi
|
Biologik
|
Vaqtga doir
|
Muhim
|
Ahamiyatsiz
|
Kimyoviy
|
Strukturaviy
|
Zaruriy
|
Tasodifiy
|
Fizik
|
Informatsion
|
Genetik
|
Barqaror
|
Beqaror
|
Mexanik
|
Sababiy
|
Umumiy
|
YAkka
|
Funksional
|
Aloqalar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, ular ob’ektiv xususiyat kasb etadi, ya’ni odamlar ongidan qat’iy nazar, ob’ektiv qonuniyat sifatida mavjud bo’ladi.
Ikkinchidan, aloqalar universaldir, chunki hamma joyda va har doim, barcha hodisalarda, barcha darajalar va bosqichlarda namoyon bo’ladi.
Uchinchidan, o’zaro aloqa o’zining mohiyati va tabiatiga ko’ra serqirradir, zero har bir predmet, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan minglab rishtalar vositasida bog’lanadi, bu aloqa moddiy va ma’naviy dunyo hodisa va jarayonlari o’rtasidagi munosabatlarning oxiri ko’rinmaydigan tarmog’i bilan tavsiflanadi.
To’rtinchidan, real aloqalar o’z xususiyati, chuqurlik va murakkablik darajasi, namoyon bo’lish shakllariga ko’ra cheksiz darajada rang-barangdir. Dialektika borliqning rang-barang aloqalarini tahlil qilishga nisbatan differensiatsiyalashgan yondashuvni nazarda tutadi. Bunda u quyidagi aloqalarni farqlaydi:
- materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo’lgan aloqalar (mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy bog’lanishlar);
- materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo’lgan aloqalar (makonga doir, vaqtga doir, strukturaviy, genetik, sababiy, funksional bog’lanishlar).
Ammo aloqalarning ko’p sonli konkret shakllari orasida dialektikani borliqning barcha hodisalari va jarayonlarida namoyon bo’luvchi o’ziga xos aloqalar (bog’lanishlar xususiyati) qiziqtiradi. Aloqalarning bunday shakllari qatoriga ichki va tashqi aloqalar; muhim va ahamiyatsiz aloqalar; zaruriy va tasodifiy aloqalar; barqaror va beqaror aloqalar; umumiy va yakka aloqalar kiradi.
Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari yordamida predmet o’z tabiatini ro’yobga chiqaradi, ya’ni ular bosh rolni o’ynaydi, boshqa aloqalar esa ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. SHunga muvofiq «qonun aloqa demak» degan ibora paydo bo’lgan. Bu to’g’rimi? To’g’ri, agar qonun – bu har qanaqangi aloqa emas, deb qo’shimcha qilinsa. Qanday aloqa qonun hisoblanadi? Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo’lgan o’zaro aloqaga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |