Tarixiylik tamoyili. Har qanday, narsa, jarayon mavjudligi paydo bo’lish, rivojlanish va yo’qolish bosqichlarida namoyon bo’ladi. Masalan Er taxminan 6 milliard yil ilgari issiq gazsimon tumanlikdan paydo bo’lib, hozirgi holatiga etgan. Ayni paytda olimlar qachonlardir Erning sovib, oysimon, sovuq planetaga aylanishini e’tirof etganlar.
Materialistlar tarixiylik tamoyilini “olamning moddiy birligi haqidagi monistik tamoyilga” mosligi uchun reallikning barcha sohalarida mavjud deb hisoblaydilar. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, tarixiylikni mutloqlashtirish to’g’ri emas. CHunki, ilgari Oy oddiy planeta bo’lgan, hozir esa sovuq kosmik jism, qutb yulduzining konfiguratsiyasi 50 ming yil ilgari hozirgidan boshqacha bo’lgan, insonning jismoniy tipi 40-50 ming yil ilgari to’liq shakllangan. Bunda tarixiylik to’liq namoyon bo’layotgandek. Biroq, aslida, tabiat, materiya abadiy, biz uning faqat muayyan fragmentlarini, tabiat fragmentlarining tarixini qo’ramiz xolos. SHuning uchun tarixiylik tamoyili haqida emas, balki evolyusiya tamoyili haqida gapirish to’g’riroq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |