2. Rivojlanishning umumiy qonunlari. Hodisalarni tavsiflashdan ularning mohiyatini anglab etishga o’tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi. Bunda vazifa turli hodisalar o’rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu asos – hodisalarni «biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo’ldosh bo’lish, uyg’unlashish va muvofiqlashishga majbur qiluvchi amalda mavjud bo’lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir.
Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o’rganish natijasida erishiladi. Odatda, bu olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat chekishni talab etuvchi juda og’ir ishdir. Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim o’rganilayotgan hodisalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko’p sonli to’plamlariga tayanishiga to’g’ri keladi. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi va umumlashtirilishi lozimki, hodisalarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash imkonini beradigan tizim sifatida namoyon bo’lsin. SHundan so’ng elementlarning rang-barang munosabatlari orasida tizimning va tizim ayrim elementlarining har qanday o’zgarishlarida saqlanib qoluvchi umumiy, o’zgarmas, invariant aloqalarni aniqlash talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |