2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə35/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o’zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, sakrash-bu Erda hayotning paydo bo’lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o’rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o’tish davrini tavsiflaydi. O’z tabiatiga ko’ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug’ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.

Sakrashlarning shakllari rang-barang bo’lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati, shuningdek unda sifat o’zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan belgilanadi. Sakrashlar:

1) o’zgarishning davomliligiga ko’ra (jadal, sust);

2) o’zgarish shakliga ko’ra (bir karra, ko’p karra);

3) o’zgarishning chuqurlik darajasiga ko’ra (qisman, to’liq);

4) o’zgarishning yo’nalishiga ko’ra (progressiv, regressiv, yo’nalishsiz) farq qiladi.

Sakrashlarni tahlil qilish chog’ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi keng va tor ma’nolarda qo’llaniladi. Keng ma’nodagi «evolyusiya» asta-sekin rivojlanish jarayoni bo’lib, u miqdor o’zgarishlarinigina emas, balki sifat o’zgarishlari, shu jumladan inqiloblarni ham o’z ichiga oladi. Tor ma’noda «evolyusiya» deganda inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas, balki tubdan o’zgarish yasaydigan sakrashdir. Islohot jamiyat hayotining biron-bir muhim tomonini o’zgartirish bo’lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.

SHunday qilib, miqdor va sifat o’zgarishlarining bir-biriga o’tishi qonuni, rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me’yor», «sakrash» kategoriyalari yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi, harakati va o’zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib, ob’ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga o’tishning ichki mexanizmini yoritadi. Ko’rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy tendensiyasini, uning yo’nalishini aks ettiradi.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin