2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə36/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Inkorni-inkor. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama bunday ketma-ket qo’llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o’zgarish qaysi yo’nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorni-inkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.

«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo’lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida foydalangan. Gegel, shuningdek uning o’tmishdoshlari va izdoshlari ko’rsatib bergan ba’zi bir o’ziga xos xususiyatlarni ko’rib chiqamiz.



Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo’nalishini ko’rish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur hodisa taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini bir inkor harakatining o’zidan aniqlash mushkul. SHu bois, masalan, qabul qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak.

Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, Gegelning dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon «tezis – antitezis – sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. Dialektika kontekstida rivojlanishning uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining ko’p sonli ssenariylaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Ammo Gegel qayd etgan rivojlanishning siklligi, uning chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kechishining ancha keng tarqalgan shakli hisoblanadi.

Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham bo’lmasligi mumkin: o’zgarish aylanma harakat qiladi. Inkorni-inkorda rivojlanish quyi bosqichining o’ziga xos xususiyatlari yuqoriroq bosqichda takrorlanishi yuz beradi. Avvalgi holatlarga qaytish imkoniyati, ya’ni o’tilgan holatlarning ayrim xossalari rivojlanishning yuqoriroq bosqichida takrorlanishi bilish va tarixning rivojlanishini tushunish uchun o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Demak, inkor rivojlanishni yangi sifat paydo bo’lishiga olib keladigan aniq yo’naltirilgan, qaytmas o’zgarish sifatida tavsiflanadi.

SHaklan rivojlanish bir chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-barangroq va murakkabroq, chunonchi: bir chiziqli va ko’p chiziqli, to’g’ri chiziqli va zigzagsimon, umumiy va xususiy, uyg’un va nouyg’undir.

Yo’nalish jihatidan rivojlanish progressiv va regressiv bo’ladi. Rivojlanish tizim ayrim elementlarining tanazzuli bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Butun tizim tanazzulga uchrashi, uning ayrim elementlari esa taraqqiy etishi mumkin emas. Ob’ektga nisbatan tashqi kuchlar ta’sirida yuz berishi mumkin bo’lgan harakatdan farqli o’laroq, rivojlanish o’z-o’zidan harakat, ichki jarayon bo’lib, ziddiyat, bir-birini istisno etuvchi tomonlar, tendensiyalar uning manbai hisoblanadi.

YUqorida aytib o’tilganidek, Gegel falsafasida rivojlanish tushunchasi inkor va inkorni-inkor kategoriyalarida yoritiladi. Mazkur terminologiya mutafakkirning mantiq tizimi negiziga aylantirilgan ob’ektiv-idealistik falsafasi kontekstida tasodifiy bir hol emas. Avval «inkor» kategoriyasining mazmunini aniqlaymiz. Inkor nima? Unga ikki xil – metafizik va dialektik munosabat mavjud.



Metafizik «inkor» asosiy e’tiborni eskining yo’q bo’lishiga qaratadi, yangining saqlanishi va uni yaratish jarayonlarini deyarli e’tiborga olmaydi. SHunday qilib, metafizik inkor - inkor qilish rad etish, yo’q qilishni anglatadi.

Dialektik inkor eski sifatdan yangi sifatga o’tish bo’lib, bunda eski sifatning muayyan tomonlari, mazmuni va funksiyasining elementlari o’zgargan ko’rinishda yangi sifatga o’tadi. Dialektik inkor – bu narsani butunlay yo’q qilish emas, balki eski sifatning ba’zi bir jihatlarini saqlagan va o’zgartirgan holda uni yangi narsaga aylantirishdir. U yangi va eski sifat o’rtasida aloqa mavjudligidan dalolat beradi. Dialektik inkor uch muhim jihat bilan tavsiflanadi:

1) eskini vayron qilish, buzish;

2) eskining elementlarini saqlash (vorisiylik);

3) yangini yaratish, tuzish.

Biz inkor kategoriyasi metafizik va dialektik talqinining mohiyatini aniqladik. Endi qo’sh inkor nimadan iborat ekanligini ko’rib chiqamiz.

«Qo’sh inkorni - inkor» da rivojlanish jarayoni eski sifatni inkor qilishdan boshlanadi, uni esa oradan ma’lum vaqt o’tgach yangi sifat inkor etadi. Ammo rivojlanish qanday yuz beradi? To’g’ri (yuksalib boruvchi) chiziq bo’ylabmi yoki egri chiziq bo’ylabmi? Bu masala quruq gap emas, balki u muhim ahamiyatga ega. CHunki rivojlanish jarayonida eski va yangining aloqasi bo’lmaganda, vorisiylik ham bo’lmasdi, eski butunlay yo’q bo’lar, rivojlanishni grafik ko’rinishda yangi eskidan farq qiladigan, eski esa yangida takrorlanmaydigan to’g’ri (yuksalib boruvchi) chiziq sifatida tasvirlash mumkin bo’lardi. Biroq amalda yangida eski saqlanadi, uning elementlari yangida takrorlanadi. Ammo bu takrorlanish yuqoriroq darajada yuz beradi. Eskining jihatlari, elementlari yuqoriroq asosda takrorlanishi biz muhokama qilayotgan qonunning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bundan qonunning boshqa bir xususiyati kelib chiqadi. Hamonki eskining oliy asosda qaytarilishi mavjud ekan, rivojlanish to’g’ri chiziq bo’ylab emas, balki spiralsimon chiziq bo’ylab yuz berishi, sikldan-siklga eskiga yaqinlashishi (chunki takrorlanib turishlik mavjud) va undan uzoqlashib borishi (chunki bu yangi) ayon bo’ladi.

Nima uchun bu takrorlanib turishlik muqarrar?



Gap shundaki, inkor ziddiyat bilan uzviy bog’liq, u mazkur ziddiyatning echilishi bilan belgilanadi. O’ziga xos ziddiyat bilan vujudga kelgan har qanday yangi narsani olaylik. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida narsa o’zining qarama-qarshiligiga aylanadi. Ammo inkorning mazkur bosqichida dastlabki narsada mujassamlashgan ziddiyat faqat qisman echiladi. Bu to’liqsizlik narsa o’zini inkor qilishda davom etishini belgilaydi. Birinchi inkor o’rniga ikkinchi inkor keladi va ikkinchi narsaga qarama-qarshi bo’lgan yangi, uchinchi narsa vujudga keladi, u ikkinchi narsaning inkori, ya’ni birinchi narsaning inkorining inkori hisoblanadi. Ikkinchi inkor bosqichida birinchi narsaga xos bo’lgan ziddiyat to’la echiladi.

Qo’sh inkor natijasida, dastlabki nuqtaga qaytilishi bilan rivojlanishning yuqoriroq darajasiga erishiladi, rivojlanishning boshlang’ich, lekin boyitilgan shakli tiklanadi. Rivojlanish chizig’i go’yo «spiral o’rami» aylanasini tashkil etadi, lekin uning boshi oxiri bilan tutashmaydi. SHunday qilib, rivojlanish harakatning bosqichma-bosqichligi va siklliligi jihatlarini o’zida birlashtiradi. Bu qoida ham umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o’rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi.

Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo’ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo’nalishga ega bo’ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to’g’ri chiziq, tutash doira bo’ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo’ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning siklligini aks ettiradi.

Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin